Аndijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod va qurulish fakulteti
Download 107.53 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-ish
Xom ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va
boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda Xom ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi. Xom ashyo jarayonida Xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat Xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy Xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral Xom ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) i.ch. Xom ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy Xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi Xom ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik Xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot Xom ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida Xom ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodsh toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi Xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning Xom ashyo bazasini kengaytirish va iktisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi. Foydanilgan adabiyotlar 1. Аsqаrov B.А., Аkrаmov X.N., Nuritdinov X.N. “Beton texnologiyasi”, O’quv qo’llаnmа, 1-2-qism, Toshkent-2005y. 2. Аkrаmov X.N.,Nuritdinov X.N. “Beton vа temir-beton buyumlаri ishlаb chiqаrish texnologiyasi”, O’quv qo’llаnmа 1- 2-qism.Toshkent-2007y Download 107.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling