Andijon Iqtisodiyot va Qurilish instituti Iqtisodiyot va Qurilish fakulteti


-Rasm, O’zbekiston xorijiy davlatlardan qarzi


Download 0.66 Mb.
bet3/6
Sana07.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1173601
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat krediti

1-Rasm, O’zbekiston xorijiy davlatlardan qarzi.

O‘zbekiston qarzdor bo‘lgan davlatlar keyingi o‘rinlarda, mos ravishda quyidagicha joylashgan:1
Fransiya - 27 million AQSh dollaridan 573,1 million AQSh dollariga (21 barobar) o‘sgan;
Janubiy Koreya - 114,1 million AQSh dollaridan 568,2 million AQSh dollariga (deyarli 5 barobar) o‘sgan;
Rossiya - 69,8 million AQSh dollaridan 120,5 million AQSh dollariga (deyarli 2 barobar) o‘sgan;
AQSh - 28,9 million AQSh dollaridan 26,7 million AQSh dollariga kamaygan. 2020 yilning boshida O‘zbekiston davlat qarzining umumiy summasi 21,3 milliard AQSh dollari bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Bundan, 15,3 milliard AQSh dollari tashqi qarz hisoblanadi va u quyidagicha taqsimlangan:
2-Rasm, O’zbekiston davlat qarzining umumiy summasi. Mlrd. AQSH dollar

Xorijiy davlatlardan - 6,7 milliard AQSh dollari;
Xalqaro moliya institutlaridan - 7,7 milliard AQSh dollari;
Investorlardan - 1 milliard AQSh dollari.
Xalqaro moliya institutlari bo‘yicha qarzdorlik esa quyidagicha taqsimlangan:
Osiyo taraqqiyot banki - 3,929 milliard AQSh dollari;
Jahon banki - 2,795 milliard AQSh dollari;
Islom taraqqiyot banki - 869,7 million AQSh dollari.2
Davlat makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish uchun 2020 yilda yangi qarzlarni olishga limit o‘rnatmoqchi.
Endi hukumat nomidan yoki uning kafilligi ostida olinadigan qarzlar miqdori 4 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligi, maqsadli davlat dasturlari uchun jalb qilingan zayomlar miqdori esa 1,5 milliard AQSh dollaridan oshmasligi kerak. Bu kelasi yil uchun belgilangan limit miqdori.
Avvalroq, xalqaro reyting agentliklarida, O‘zbekistondagi davlat qarzlarining kamligini (YaIMning 25 foizidan kam) davlatning o‘z majburiyatlarini bajarish imkoniyatlarini baholashda ijobiy faktor sifatida ko‘rilgan.
2019 yilning mart oyiga kelib Reax Europe xalqaro agentligi mamlakat reytingini milliy va xorijiy valyutalarda “B+”(hukumatning kreditga layoqatligining yetarlicha past darajasi) dan “BB-” (hukumatning kreditga layoqatligining yetarli darajasi) ga ko‘tardi. Sentabr oyida esa, Reax Europe agentligi O‘zbekistonning mustaqil reytingi “BB-” darajada ekanligini tasdiqladi va bu ko‘rsatkich, MDH davlatlari orasida eng past ko‘rsatkichlardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Davlat qarzining joriy holati 2019 yilning yanvar'-sentyabr' oylarida jami davlat qarzi 4,5 mlrd. AQSh dollar ekvivalentiga yoki yil boshiga nisbatan 30,9 foizga oshib, joriy yilning 1 oktyabr' holatiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz1 qoldig‘i 19,2 mlrd. AQSh dollari ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 33,6 foizni tashkil etdi.
Давлат қарзи - Ўзбекистон Республикасининг ички ва ташқи маблағларни жалб қилиш натижасида вужудга келган мажбуриятлари. Манба: Ўзбекистон Республикасининг Бюджет Кодекси.”
Xususan, o‘tgan 9 oy davomida davlat tashqi qarzi 3,7 mlrd. AQSh dollariga yoki yil boshiga nisbatan 37,4 foizga oshib, 1 oktyabr' holatiga 13,6 mlrd. AQSh dollariga yoki YaIMga nisbatan 23,8 foizga yetdi. Shundan: Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 9,6 mlrd. AQSh dollari; Hukumat kafolatlagan tashqi qarz - 4 mlrd. AQSh dollari. Davlat ichki qarzi yil boshidan 830,9 mln. AQSh dollari ekvivalentiga yoki 17,3 foizga oshib, 1 oktyabr' holatiga 5,6 mlrd. AQSh dollarini yoki YaIMga nisbatan 9,9 foizni tashkil etdi. Shundan: Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 1 947 mlrd. so‘m; Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 5,4 mlrd. AQSh dollari.3

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling