Andijon iqtisodiyotva qurilish instituti


II.bob: Moliya bozorini tartibga solish


Download 45.37 Kb.
bet5/8
Sana09.06.2023
Hajmi45.37 Kb.
#1471936
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - 09.05.2023.

II.bob: Moliya bozorini tartibga solish


2.1. Moliya bozorini tartibga solishning zarurligi va nazariy jihatlari
Moliya va uning alohida segmentlari hisoblangan qimmatli qo-gʻozlar bozori, valyuta bozori, hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha yangiliklar, mish-mishlar, dunyo miqyosida yoki alohida mamlakatdagi siyosiy yoki iqtisodiy holatlarning oʻzgarishi, fors-major holatlari (katastrofalar, avariyalar, ob-havo bilan bogʻliq holatlar) moliyaviy intrumentlar bahosida ham oʻz aksini koʻrsatadi. Oʻz navbatida bu jihatlar bozor ishtirokchilari, investorlar, emitentlar moliyaviy holatiga bevosita taʼsir qiladi. Baholardagi bunday keskin reaksiya yuqoridagilardan tashqari qonunchilikka zid xatti-harakatlar, turli koʻrinishdagi moliyaviy firibgarliklar uchun asos hisoblanadi.
Moliya bozoridagi holat nafaqat alohida kompaniya va investorlar, balki yaxlit iqtisodiyot, davlatlar, mintaqalar, butun jahondagi holatga bogʻliq. Moliya bozorlarini qonunchilikka zid xatti-harakatlar va firibgarliklardan himoya qilish masalasi jahon hamjamiyati uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Aynan shuning uchun moliya bozori rivojlangan barcha davlatlarda birinchi navbatda davlat tomonidan tartibga solishni ham oʻz ichiga olgan tartibga solish tizimi shakllangan. Moliya bozorini tartibga solishning eng qatʼiy tizimlaridan biri AQSHda qoʻllaniladi. Mamlakatda moliya bozorida faoliyatning barcha jihatlari barcha detallari bilan qonunchilik asosida tartibga solingan va unga amal qilish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.
Moliya bozorini tartibga solish – moliya bozori barcha ishtirokchilari (banklar, moliyaviy vositachilar, emitentlar, investorlar, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari va boshqalar) faoliyatini tartibga solishdir. Unda moliya institutlari faoliyati turli davlat organlari tomonidan tartibga solinishi mavjudligi holatlarida oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda tartibga solish amaliyoti qoʻllaniladi.
Moliya bozorini tartibga solishda ichki va tashqi mexanizmlardan keng foydalaniladi.
Ichki tartibga solish ichki meʼyoriy hujjatlar (ustav, faoliyatni amalga oshirish qoidalari, faoliyatga doir standantlar, etika qoidalari va boshqalar) asosida moliya bozori ishtirokchilari faoliyati tashkil etilishini nazarda tutadi.
Moliya bozorini tartibga solishning tashqi mexanizmlari sifatida megaregulyator va makroregulyator keng qoʻllaniladi. Moliya bozorini megaregulyator orqali tartibga solish xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan talablar, tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Makroregul-yator esa bevosita davlat tomonidan tartibga solishni nazarda tutadi va odatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilanadi. Jamoatchilik tashkilotlari orqali moliya bozorini tartibga solish amaliyoti ham jahon amaliyotida tashqi mexanizm sifatida keng qoʻllaniladi.
Moliya bozorlarini tartibga solishning bosh maqsadi bozorning shaffofligi va samaradorligini taʼminlash uchun ishtirokchilar huquqlarini himoya qilishdir. Bunda maqsaddan kelib chiqqan holda belgilanadigan vazifalar quyidagilardan iborat:
- moliya bozori va uning barcha ishtirokchilari samarali ishlashi uchun sharoit yaratish;
- moliya bozoridagi tartibni saqlab turish;
- moliya bozorining barcha ishtirokchilarini alohida shaxslarning
firibgarliklaridan, jinoyatlaridan, umumiy holda noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish;
- moliya bozorining barcha segmentlarida moliyaviy instrumentlar boʻyicha baholar shakllanishini erkin talab va taklif asosida tashkil etish;
- pul mablagʻlarini qayta taqsimlash mexanizmi sifatida moliya bozori va uning yangi segmentlari rivojlanishini ragʻbatlantirish;
- moliya bozori ishtirokchilari zimmasidagi majburiyatlar (masalan, axborotlarni oshkor qilish boʻyicha)ning bajarilishi boʻyicha nazoratni amalga oshirish qilish va boshqalar.
Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi moliya bozorining normal ishlashini taʼminlovchi tizimlardan biridir. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tartibga soluvchi organlar (davlat tartibga soluvchi organlari va oʻzini oʻzi tartibga soladigan tashkilotlar);
- tartibga soluvchi funksiyalar va jarayonlar (registratsiya, litsensiya, attestatsiya, nazorat);
- huquqiy infratuzilma (moliya bozori ishlashi uchun meʼyoriy-huquqiy baza);
- moliya bozoridagi kasbiy etika;
- amaliy odatlar va anʼanalar.
Moliya bozorini tartibga solish davlat va oʻzini oʻzi tartibga
solishga boʻlinadi. Oʻz navbatida qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) va bilvosita (iqtisodiy) tartibga solishga ajratiladi.
Davlat tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) tartibga solish moliya bozori ishtirokchilariga nisbatan majburiy talablarni belgilash, faoliyat turlarini litsenziyalash (bank faoliyati, qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat, sugʻurta faoliyati, investitsiya fondlari faoliyati va boshqalar), qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, oshkoralik va bozor ishtirokchilarining oʻzaro teng holatda xabardorligini taʼminlash va hokazolar orqali amalga oshiriladi.
Moliya bozorini bilvosita (iqtisodiy) tartibga solish esa byudjet-soliq siyosati, pul-kredit siyosati, xususiylashtirish (davlat mulkini boshqarish) siyosati kabilar vositasida amalga oshiriladi.
Umumiy holda moliya bozorini tartibga solishda davlat quyidagi funksiyalarni bajaradi .
Yana shuni ham taʼkidlash kerakki, davlat moliya bozorini tartibga soluvchi institut ekanligidan tashqari moliya bozorining muhim ishtirokchisi hamdir. Bunda davlat qimmatli qogʻozlar emitenti hamda yirik investor sifatida moliya bozori ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Shu nuqtai nazardan davlatning oʻzi ham moliya bozorida maʼlum bir majburiyatlarga va huquqlarga ega boʻladi.
Moliya bozorida davlat tomonidan tartibga solishdan tashqari oʻzini oʻzi tartibga solish amaliyoti ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda tartibga solish oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar sifatida faoliyat turlari boʻyicha moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy professional birlashmalari faoliyat koʻrsatadi. Bunday birlashmalar oʻz aʼzolari tomonidan professional faoliyatni amalga oshirishda bajarilishi shart boʻlgan majburiyatlarni, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish boʻyicha standartlarni belgilaydi va ularga amal qilinishini nazorat qilib boradi.
Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar moliya bozori ishtirokchilarining professional faoliyatni amalga oshirishlari uchun sharoitlarni taʼminlash, faoliyatni amalga oshirish qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat qilish, professional ishtirokchilar mijozlari manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarni hal qiladi. Buning uchun esa oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar davlat tomonidan qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga zid boʻlmagan moliya bozorida professional faoliyatni amalga oshirish boʻyicha standartlar va qoidalarni tasdiqlash huquqiga ega hisoblanadi. Ular tomonidan
tasdiqlangan standartlar va qoidalar aʼzolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Jahon amaliyotida oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyatining asosi moliya bozorini tartibga solish boʻyicha davlat vakolatlarining bir qismini ularga oʻtkazish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar oʻz aʼzolarining faoliyatini nazorat qilishda, mutaxassislarni oʻqitishda va malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻz navbatida moliya bozorini tartibga solish boʻyicha davlat organlari xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, moliya bozorini rivojlantirishda professional ishtirokchilar manfaatdorligini kuchaytiradi, professional faoliyat standartlari va qoidalariga rioya qilish taʼminlanadi.

Download 45.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling