Andijon iqtisodiyotva qurilish instituti


Hozirgi sharoitdagi moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishlari


Download 45.37 Kb.
bet7/8
Sana09.06.2023
Hajmi45.37 Kb.
#1471936
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - 09.05.2023.

Hozirgi sharoitdagi moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishlari. Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining boshlangich nuktasi bo‘lib xizmat kiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida brinchi darajali chora tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida moliya va soliq siyosati sohasida quyidagilar ilgari suriladi;
-kattik moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti defitsitini iloji boricha hamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich kiskartirib borish;
budjet mablag‘lari daromad tushganidan keyingina taqsimlashtiradigan yo‘ldan ogishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ektiyojlari uchungina budjetdan mablag‘ ajratish;
Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan kilib ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
Soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlari barkaror suratda to‘ldirib turilishini ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, kishlok xo‘jalik mahsulotini qayta ishlaydigan va xalq is’temoli mollari ishlab chiqaradigan ko‘shma korxonalarning rivojlanishini rag‘batlantiradigan pishik-puxta soliq siyosatini olib borish.


2.3. Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solishi moliya bozori amaliyotida ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatlar kesimida moliya bozorini tartibga solishda xilma-xillik kuzatilsada, davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti maʼlum darajada umumiylik kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida xalqaro va milliy ama-liyotda moliya bozorini tartibga solish amaliyotini koʻrib chiqamiz.
Moliya bozorini tartibga solishda davlat barcha mamlakatlarda hattoki bozor iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlatlarda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunda moliya bozorini tartibga solishda davlatning ishtiroki qonun ijodkorligi faoliyati, meʼyoriy-huquqiy tartibga solish, bevosita tartibga solish mexanizmlari hisoblangan faoliyatni litsenziyalash, attestatsiyadan oʻtkazish kabi amaliyotlardan foydalanish, qonunchilikka rioya qilinishi boʻyicha nazorat kabilar vositasida amalga oshiriladi.
Moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha turli tashkilotlar faoliyat yuritishi asosida mamlakatlarni beshta yirik guruhga ajratish mumkin. Har bir guruh haqida quyida toʻxtalib oʻtamiz.
Birinchi, guruh mamlakatlarida fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish organlari bevosita qonunchilik hokimiyatiga yoki davlat yuqori mansabdor shaxslariga boʻysunuvchi nisbatan mustaqil institut-lardir. Bunga bevosita mamlakat prezidentiga boʻysunuvchi AQSH Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha komissiyasi misol boʻladi. Avstraliyada fond bozori faoliyatini tartibga solish Avstraliya Qimmatli qogʻozlar va investitsiyalar komissiyasi hamda Avstraliya prudensial nazorat kengashi, Polshada Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Vengriya moliyaviy nazorat boshqarmasi Vengriyada moliya bozori regulyatori hisoblanadi.
Ikkinchi, guruh mamlakatlarda davlat tartibga solish funksiyalarini moliya vazirliklari bajaradi. Bunda moliya vazirligi tarkibida milliy fond bozorini boshqarishga javobgar maxsus boʻlinmalar belgilanadi. Angliyada moliyaviy xizmatlar va moliya bozori ishtirokchilari tizimi moliya bozori yagona regulyatori – Buyuk Britaniya moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi Moliyaviy xizmatlar idorasi nazorat zonasiga kiradi. Bunday holat Shvetsiyada ham mavjud boʻlib, Shvetsiya moliya vazirligi huzuridagi mustaqil agentlik sifatida faoliyat koʻrsatuvchi Davlat moliya inspeksiyasi moliya bozorini tartibga solishni amalga oshiradi. Niderlandiyada fond bozorini tartibga solish funksiyalari Moliya bozori boshqarmasiga yuklatilgan.
Uchinchi, guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan markaziy banklar shugʻullanadi. Niderlandiyada Moliya bozori boshqarmasi fond bozorida professional faoliyat ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi. Umumiy holda mamlakat moliya bozorining barcha sektorlarini nazorat qilish Niderlandiya Markaziy banki vakolatlariga kiradi. Rossiya Federatsiyasida yaqin vaqtlargacha fond bozorini federal tartibga solish Moliya bozori federal xizmati va boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirilardi, lekin 2013 yil 1 sentyabrdan bunday tuzilma bartaraf etilib, ularning funksiyalari moliya bozorining yagona megaregulyatoriga oʻtkazilgan. Rossiyada megaregulyator rolini bajarish Rossiya bankiga yuklatildi.
Toʻrtinchi, guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish boʻyicha nazorat va boshqa funksiyalar tartibga soluvchi yagona organdan tashqari mahalliy hokimiyat organlari maxsus boʻlinmalariga ham yuklatilgan. Bunday amaliyot Germaniyada qoʻllaniladi.
Beshinchi, guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan bir vaqtning oʻzida bozorning alohida segmentlariga ixtisoslashgan bir necha organlar shugʻullanadi. Bunday amaliyot asosan fond bozorida tijorat banklari faol ishlaydigan mamlakatlarda, masalan Fransiyada rivojlangan.
Fond bozorini tartibga solishning shakllari va metodlari xilma-xilligidan kelib chiqqan holda uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar misolida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarishga nisbatan umumiy yondashuvlarning koʻpligiga qaramasdan har bir mamlakatda fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish institutlarining shakllanishi va rivojlanishi oʻz xususiyatlariga ega.
Oʻzbekistonda moliya bozorini tartibga solish faoliyat sohalaridan kelib chiqqan holda turli tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi. Xususan, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, shuningdek Moliya vazirligi tizimidagi Moliya bozori va davlat aktivlari boʻyicha daromadlar tushumini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Sugʻurta kompaniyalari faoliyati esa Moliya vazirligi tizimidagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan, tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar esa Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi.
Umumiy holda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud emasligi sababli mamlakatimizda ham ayni paytda markazlashgan tartibda megaregulyator orqali tartibga solish amaliyotini joriy etish masalasi koʻrib chiqlmoqda. Chunki oxirgi 20-25 yil davomida xorijiy mamlakatlarda yagona muvofiqlashtiruvchi organ orqali moliya bozorini tartibga solish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunday amaliyot qimmatli qogʻozlar, moliya, sugʻurta va mikromoliyalash xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish, monopoliyalarni cheklash, ehtimoliy spekulyatsiyalarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliya bozorlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrnini oshirish uchun samarali tartibga solish tizimi oʻrnatilishi lozim. Moliya bozorini tartibga soluvchi organlar ishtirokchilar va investorlarning firibgarlik va manipulyatsiyadan aziyat chekmasligini ta'minlashga e‟tibor qaratadi. Shuningdek, regulyatorlar bozorlarning samarali ishlashini va bozor ishtirokchilarining bozor yaxlitligiga ishonchlarini ta'minlashga e’tibor qaratadi. Likvidlilik, keng qamrovdagi ishtirokchilar hamda ishonchli ma'lumotlarning mavjudligi moliya bozorlarining samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi. Ushbu faktorlarni moliya bozorlarida yuzaga keltirish, ishtirokchilar faoliyatini mavjud xalqaro standardlarga moslashtirish mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish imkonini beradi. Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosa va takliflarni keltirish mumkin:
1. Moliya bozorlarida tartibga solish usullarini, ya’ni litsenziyalash, nazorat qilish, qoidalar ishlab chiqish, hisobotlar taqdim etish, standartlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilash kabilarni keng qoʻllash firibgarlikning oldini olish va moliya bozorini rivojlantirishda yordam beradi.
2. Moliya bozorini tartibga solishda asosiy maqsadlardan biri sifatida investitsion jozibadorlikni oshirish ta‟kidlanadi. Bunda moliya bozorini tartibga solish orqali moliya bozorining faoliyat mexanizmlarini ishlab chiqish, moliyaviy barqarorlikni ta‟minlash va investorlarning huquqlarini himoya qilish orqali investorlarni jalb qilish imkoni yuzaga keladi.
3. Hukumat tomonidan mamlakatimiz moliya bozorining Osiyodagi va xalqaro darajadagi moliya bozorlarini tartib soluvchi tashkilotlar bilan, shuningdek, jadal rivojlanayotgan davlatlar moliya bozorlari bilan integratsiyalashuvi yoʻllari koʻrib chiqilishi lozim. Bu xalqaro darajadagi talablarga mos keladigan moliya bozorini shakllantirish, xorijiy mamlakatlar moliya bozorlarini tartibga solish amaliyotini oʻrganish va milliy moliya bozorimizga moslashtirish imkoniyatini taqdim etadi.
4. Mamlakatimizda moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirishda etibor qaratilishi lozim boʻlgan jihat shundaki, moliya bozorini tartibga solish bir tomonlama boʻlmasligi kerak. Davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi bilan birga bozor orqali tartibga solish shakllarining ishlashiga yoʻl ochib berilishi lozim. Bozor regulyatorlarining ishlashi narx, raqobat, talab va taklifning yuzaga kelishida muhim jihat hisoblanadi.
5. Moliya bozorimizda axborot ochiqligi va ishonchli ma‟lumotlar mavjudligini ta‟minlash ishtirokchilarga samarali faoliyat yuritish “eshik”larini ochadi. Bu moliya bozoriga kirmoqchi boʻlgan ishtirokchilarga ishonch beradi


XULOSA:
Texnik tahlil – bu fond bozori holatini oʻrganishga qaratilgan tah-lildir. Texnik tahlil oʻtgan savdo narxlarini oʻrganish maqsadida, ularning kelajakdagi ehtimoliy rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlashdan iborat. Joriy narxlar dinamikasi oʻtgan savdo narxlari dinamikasi bilan solishtiriladi va shu orqali narxlarning kelajakdagi oʻzgarishi prognoz qilinadi.
Shuning uchun, texnik tahlil bilan shugʻullanuvchi tahlilchi bo-zorga taʼsir etuvchi tashqi omillarni eʼtiborga olmasdan, faqat uning dinamikasi koʻrsatkichlarini oʻrganadi.
Texnik tahlilning boshqacha nazariy asosi shundaki, bozorning oʻtgan savdo holatlari davriy takrorlanadi. Shu bilan birga, investor-ning vazifasi shundan iboratki, bozorning oʻtgan savdo dinamikasini oʻrganish asosida, uni keyingi oʻzgarish dinamikasini aniqlash.
Bozor konyunkturasi talab va taklifning oʻzaro harakatlanishiga bogʻliq.
Texnik tahlil talab va taklifning oʻzaro toʻgʻri kelmaslik momen-tini aniqlaydi va moliyaviy instrumentni qachon sotib olish va sotish mumkin degan savollarga javob beradi.
Texnik tahlilchi asosan bozorning qisqa muddatli dinamikasini prognoz qilishga harakat qiladi.
Tahlil mobaynida investor qimmatli qogʻoz dinamikasi va narx trendi yoʻnalishi haqida maʼlumot beruvchi grafiklardan foydala-nadi. Ularning asosiy turlari quyidagilar:
– ustunli diagrammalar;
narx harakati grafiklari;
– x-o diagrammalari.
Tahlilchi narx har bir oʻzgarishini qayd qilib boradi. Agar narx bir pogʻona oʻssa, u holda diogrammaga X belgisi qoʻyiladi. Keyingi narx oʻsishida yuqoriga yana bir X belgisi qayd qilinadi. Agar narx bir pogʻona pasaysa, u holda oʻng tomondan yangi ustun ochiladi va shu ustundan 0 belgisi bilan belgilanadi.
Texnik tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning bozor narxini moliya bozori obyektiv baholaydi, degan fikrdan kelib chiqadi. Bu usul umuman olganda aksiyalar bozori kurslari konyunkturasini konkret kompaniya aksiyalari kurslari dinamikasiga prognoz berish uchun oʻrganadi. Bunda avval kurslar dinamikasida sikllar (davrlar) yoki qaytariladigan tendensiyalarni aniqlash maqsadida oldinggi davrlar uchun bozor kurslari tadqiq qilinadi. Keyin esa avvalgi davrlarda aniqlangan tendensiyalarga oʻxshash joriy tendensiyalarni aniqlash maqsadida vaqtning oxirgi davri uchun aksiyalar kurslari tahlil qilinadi. Tahlilning oxirida hozirgi mavjud va avvalgi aniqlangan aksiyalar kurslari tendensiyalari oʻzaro solishtiriladi. Bunda narx trendlari davriy qaytariladi deb qabul qilinadi. Shunday qilib, analitik koʻrilayogan aksiyalar boʻyicha avvalgi va joriy bozor tendensiyalarini aniqlagan holda, kurslarning kelajakdagi dinamikasini yetarlicha aniq prognoz qilishga ishongan holda tahlil qiladi.



Download 45.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling