Andijon mashinasozlik inistituti


Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi


Download 151.66 Kb.
bet3/15
Sana30.04.2023
Hajmi151.66 Kb.
#1412235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ИҚТ НАЗАРИЯ КУРС ИШИ 2021

Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish sodir bo‘lishi uchun uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurs- lardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi unsurlami oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblangan pul resurslari iste’mol mollari zaxiralari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili boia ol- maydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun ulaming har biriga alohida ta’rif berib o‘tamiz.
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ish­chi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning mehnatga bo‘lgan qobiliyatidan iboratdir. -
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bu- larga turli xildagi mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, usku- nalar va boshqalami misol keltirish mumkin.
Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi.
Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo boiishi mumkin. Masalan, tabiatda o‘sib turgan turli xil o‘simliklar, daraxtlar, o'rmonlar, yer osti boyliklari va boshqalar tabiatda tay­yor uchraydigan mehnat predmeti bo‘Isa, qazib olingan temir, mis, qo‘rg‘oshin, neft, ishlab chiqarilgan paxta g‘alla sut kabi mahsulotlar inson mehnati ishlovidan o‘tgan xomashyolardir.



Download 151.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling