Andijon mashinasozlik inistituti
iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarning turli darajadagi amaliy tatbiqi
Download 151.66 Kb.
|
ИҚТ НАЗАРИЯ КУРС ИШИ 2021
iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarning turli darajadagi amaliy tatbiqi bilan ham shug‘ullanadi. U davlatning iqtisodiy siyosatini shakllantirish, iqtisodiy islohotlami samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nazariy qoida va amaliy tavsiyalami ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining bugungi kundagi ahamiyati yosh avlodda vatan va el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat hissini, turli mafkuraviy xurujlarga o‘z fikri bilan qarshi tura olish qobiliyatini tarbiyalash kabi muhim vazifalami bajarish orqali tobora oshib bormoqda. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining ahamiyati uning metodologik vazifasi orqali ham namoyon bo‘lib, fanning o‘zi, tahlili va tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini chuqur o‘rganish, uning qoida va tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlami o‘zjashtirish va yanada rivojlantirishning garovi hisoblanadi. Lekin hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotining ichki sir-asrorlarini, uning haqiqiy qiyofasini, unda sodir bo‘lib turadigan nomutanosiblik, ishsizlik va inqirozlar kabi nohush voqea va hodisalaming sabablarini sinchiklab o‘rganishga intilayotgan o‘quvchi va talabalarimiz, iqtisodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan o‘zbek tilidagi adabiyotlar, qo‘llanmalar, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tayyorlangan darsliklar yetarli emas. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yetishmasligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va kollejlardagi ahvol o‘rganilib, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisidagi m a’ruzasida darslik, maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni o‘rganib, turli darsliklami yaratish, ulami boshqa tillarga tarjima qilish, o‘quv yurtlari, kutubxona va axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha mazkur darslik qayta tayyorlandi. Albatta, bu vazifaning uddasidan chiqish oson ish emas. Qo‘yilgan vazifaning murakkabligi shundan iboratki, shu davrgacha dunyodagi hech bir mamlakat iqtisodiy jarayonlami boshqarish va harakatlami uyg‘unlashtirishning bir mexanizmidan butunlay boshqasiga birdaniga o‘tgan emas. Bu uzoq davmi talab qiladigan jarayon bo‘lib, alohida davmi taqozo qiladi. Uning hamma uchun bir xil bo‘lgan o‘lchami va nusxalari ham yo‘q. Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti davrini va mamlakatimizda hozirgi davrdagi iqtisodiy islohotlami, o‘zgaruvchan xo‘jalik tizimini faqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlarida mavjud bo‘lgan, ko‘plari eskirib ketgan, o‘z mamlakatlarida ham inqirozlaming oldini olish, iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llarini ko‘rsata olmagan va munozarali bo‘lib, bizning real iqtisodiy hayotimizdan ancha uzoq bo‘lgan nazariyalar asosida iqtisodiyotning rivojlanish yo‘lini yoritib bo‘lmaydi. Shuningdek, bizning iqtisodiy tafakkur tariximizda uzoq vaqt hukmron boigan, iqtisodiy hodisalami asosan sinfiy nuqtai nazaridan va sinfiy kurash jihatlaridan olib qaragan, iqtisodiy taraqqiyotning umuminsoniy tomonlarini keyingi o‘ringa surgan eski marksistik yo‘nalishdagi aqida va qoidalarga asoslanib ham bozor xo‘jaligi hamda hozirgi zamon iqtisodiyotidagi bir qator hodisalami tushuntirib bo‘lmaydi. Mazkur darslikni tayyorlashda AQSHda, Yevropa mamlakatlarida, Yaponiya, Xitoy, Malayziya, Singapur va boshqa qator mamlakatlarda mavjud bo‘lgan adabiyotlardagi g‘oyalar, shuningdek, klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarining asosiy g‘oyalarini tanqidiy o‘rganib, ulaming foydali ratsional mag'zini olishga harakat qilingan. Shu bilan birga, jahonga mashhur alloma, davlat arbobi sifatida tanilgan o‘tmishdagi vatandoshlarimiz tomonidan ilgari surilgan iqtisodiy g‘oya va fikrlar, qoidalaming asosiy mazmuni darslikka kiritilgan. Bunda u yoki bu guruhning yoki sinfning manfaati emas, birinchi navbatda, umuminsoniy, umumdavlat manfaatlari va qadriyatlar, Vatanimiz iqtisodiy rivoji manfaati asos qilib olingan va unga bir qadar ustuvorlik berilgan. 1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayo- tining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayon- lari boimasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladi- gan ne’matlaming o'zi bo‘lmaydi. Har qanday jamiyat-da insoniyat iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti va hukumati mustaqillikka erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarish jarayonini aholi turmush darajasi va sifatini oshirishning asosiy manbai va yo‘li deb qarab uni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis pala- talarining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida - “Iste’mol tovar- lari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo‘yicha keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni to‘liq ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi”, deb ta’kidladilar. Prezidentimizning bu gaplari aholining o‘sib boruv- chi talablarini mavjud imkoniyat va resurslarimizni real hisobga ol- gan holda 2030-yilgacha YalM hajmini 2 baravarga oshirish vazifasi qo‘yilgani va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyalar hajmining asosiy qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarf- lanayotgani bu sohaga qaratilgan katta e’tiboming dalilidir. Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ay- rim ilmiy ishlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab chiqarish ja- rayonining mazmun-mohiyatini yoritish tamomila e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalaming mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini tu- shunmaslikka olib keladi, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi, uchinchidan esa, butun jahonda sodir boMayotgan iqtisodiy inqirozlaming tub sababini tushunmaslikka olib keladi. Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish o‘zining turlari, sifati, hajmi bo‘yicha talabga javob bermasligi ya’ni muomaladagi pul miqdori bilan tovarlar va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi. Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan munosabatlar va muammolami ko‘rib chiqamiz. Ishlab chiqarishning omillari tavsi- fi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi, uning natijalari va samara- dorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni yoritiladi va «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, keyin- gi qo‘shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonuni kabi marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi, ulaming kamchilik ji- hatlari ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlami modemi- zatsiyalash, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, diversifikatsiyalash hamda muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yo‘li sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng avvalo, ishlab chiqarish omillari va ulaming tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 151.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling