Andijon mashinasozlik instituti 80-21-guruh sirtqi bo`lim talabasi SOBIRJONOV LOCHINning Transport umumiy kursi fanidan bajargan amaliy mashguloti Amaliy mashg’ulot №-1 MAVZU : Transport tizimining umumiy tavsifi. (4 soat) I.Ishdan maqsad: O`tilgan mavzular bo`yicha savol va topshiriklarni seminar shaklida tayyorlab amaliy mashgulotlarhi mazmun va mantiqqa ega bo’lishi talab etiladi. II Ishni bajarish tartibi: Mavzu bo`yicha quydagi savol va topshiridagi taqsimot asosida amaliy dars seminar tariqasida berilgan savollarga talabalar navbat bilan chiqib amaliy darsda ximoya qiladilar: 1.Transport tizimi nima? 2. Transport ishining asosiy ko’rsatkichlari Transport tizimi - tashish jarayonida bir-biriga bog’liq bo’lgan barcha - Transport tizimi - tashish jarayonida bir-biriga bog’liq bo’lgan barcha
- turdagi transportlar kompleksidir. Odatda “transport tizimi” termini biror davlatga,
- region yoki katta shaharga taalluqli ma’noda ishlatiladi. Hozirgi davr transport tizimi
- tarkibiga quyidagi transport turlari kiradi: temir yo'l; dengiz; daryo; avtomobil;
- havo; quvur orqali yuborgich transporti.
- Shuningdek, transport tizimi tarkibiga shahar transporti va sanoat transporti
- vositalari ham kiradi.
- Shahar ichida harakatlanuvchi turli transport komplekslari shahar transporti
- deyiladi. Sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqa korxona
- ichki ishlarini bajaruvchi transportlar sanoat transporti deyiladi.
Transport ishining asosiy ko’rsatkichlari - Transport ishining asosiy ko’rsatkichlari
- Har qanday transport turining asosiy ish ko’rsatkichi tashilgan yuk hajmi yoki
- passajirlar soni va bajarilgan yuk yoki passajirlar oborotidir.
- Barcha transport turlarining ish ko’rsatkichlari qatoriga yuk yoki passajirlarni
- tashishda, ularni manzilga yetkazib borish tezligi kiradi.
- Agar temir yo’l transportidagi yuk tashish tezligi 100 foiz deb qabul qilinsa,
- transportning boshqa turlaridagi bu tezlik quyidagicha bo’ladi: havo transportida -150-300 foiz, uzoq manzillarga avtomobilda yuk tashishda-180-200 foiz, daryo
- transportida-60-70 foiz, quvur orqali yuborish transportida-40-50 foizdir.
- Texnik tezlik - transport vositalarining harakat vaqtidagi o’rtacha tezligidir.
- Texnik tezlik tashish masofasini o’rtacha harakat vaqtiga bo’lish yo’li bilan
- aniqlanadi.
Ekspluatatsion tezlik - transport vositalarining yo’lda hamda boshlang’ich - Ekspluatatsion tezlik - transport vositalarining yo’lda hamda boshlang’ich
- va so’nggi joylarida to’xtashini ham hisobga olgan holdagi harakat tezligidir. Temir
- yo’l transportida ekspluatatsion tezlik o’rnida uchastka tezligi termini ishlatiladi.
- Transport vositalarining yo’ldagi oraliq bekatlarda passajirlarni tushirish-chiqarish
- vaqtida to’xtashini hisobga olgan holdagi tezligi passajirlarning manzilga yetib
- borish yoki aloqa tezligi deyiladi va u passajirlar yo’lda bo’lgan vaqtni belgilaydi.
- Uzoq masofalarga qatnashda passajirlarning manzilga yetib borish tezliklari
- aeroport va vokzallarga kelish, yengil avtomobillar va avtobuslar tunda dam olib
- borishini hisobga olgan holda transport vositalari texnik ko’rsatkichlariga nisbatan
- ancha kichikdir.
Marshrut tezligi termini temir yo’l transportiga xos bo’lib, bunda poezd - Marshrut tezligi termini temir yo’l transportiga xos bo’lib, bunda poezd
- sostavlarini tuzish vaqtidan to ularni ajratishgacha bo’lgan vaqtga to’g’ri keluvchi
- harakat tezligi tushuniladi. Ba’zi bir hollarda transport birligining marshrut tezligi
- va yuklarni tashish tezligi miqdor jihatdan teng bo’lishi mumkin.
- Kreyserlik tezligi deyilganda havo transportida samolyotlar harakatni yerda
- tezlatib bo’lgandan so’nggi uchish tezligi tushuniladi.
- Barcha transport turlarining iqtisodiy samaradorligini belgilovchi
- ko’rsatkichlarga so’m hisobida o’lchanuvchi tashish tannarxi va keltirilgan tonnakilometrlarda o’lchanuvchi transport vositalari unumdorligi kiradi.
Xulosa - Xulosa
- Transport - muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. U ishlab chiqarish munosabatlari va qishloq xo'jaligini ta'minlaydi, yuk va yo'lovchilarni tashiydi, geografik mehnat taqsimotining asosidir. Transportning almashinuvi va tuzilishi, qoida tariqasida, iqtisodiyotning darajasi va tuzilishini, transport tarmog'i va yuk oqimlari geografiyasi ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashishini aks ettiradi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |