Andijon mashinasozlik instituti 80-21-guruh sirtqi bo`lim talabasi DARXONOV BEHRUZning Transport umumiy kursi fanidan bajargan mustaqil ishi Ma’ruza rejasi 1. Transport ayrim turlari o’rtasida yuk oborotinitaqsimlash. 2. Passajir tashishda transport turlari ishini muvofiqlashtirish va harakat tezligini oshirish. 3. Transport turlari o’rtasidagi tashishni optimallashtirish - 1.Transportning ayrim turlari o‘rtasida yuk oborotini taqsimlash
-
- YUk tashish hajmining tobora o‘sib borishi barcha trans-port turlari o‘rtasida tashish ishlarini maqsadga muvofiq taqsimlashni va shu munosabat bilan transportning ayrim turlarini yanada rivojlantirishni to‘g‘ri belgilashni taqozo etadi.
- Barcha transport turlarining kompleks rivojlanishi va ular o‘rtasidagi yuk tashishning oqilona taqsimlanishi trans-portga sarflanadigan mablag‘larning samaradorligini oshiradi va yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakat iqtisodiyoti xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
2023
U yoki bu transport turida yuk tashishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik maslasi har bir transport turining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va yuk tashishdagi ishlab chiqarish shart-sharoitlari hisobga olingan holda hal qilinadi. Hozir mamlakatimiz temir yo‘l transportida yuklar katta masofalarga tashilishi bilan birga, anchagina yuklar qisqa masofalarga ham tashilmoqda. qisqa masofaga yuk tashishda, shu jumladan, katta hajmdagi yuklarni tashishda avtomobil transporti muhim rol o‘ynamoqda. SHu munosabat bilan O‘zbekiston sharoitida avtomobil va temir yo‘l transportlari o‘rtasida yuk tashish ishlarining maqsadga muvofiq taqsimla-nishi juda katta ahamiyatga egadir. Buni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz
2023
Do'stlaringiz bilan baham: |