Andijon mashinasozlik instituti 80-21-guruh sirtqi bo`lim talabasi darxonov behruzning Transport umumiy kursi fanidan bajargan mustaqil ishi
Download 0.83 Mb.
|
DARXONOV BEXRUZ UMUMIY KURS
So‘nggi yillarda transportning ayrim turlari o‘rtasida yuk va passajir tashish hajmi keskin o‘sishi bilan birga ularni transportlararo taqsimlash ham optimallashib bormoqda. SHun-day xulosa chiqarishga, birinchidan, hozir barcha mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari rivojlanayotganligi hamda aholining tashishga bo‘lgan talablari, umuman, bajarilayotganligi, ikkin-chidan, barcha turdagi transportlar foydalilik darajasi ancha yuqori ekanligi asos bo‘laoladi. Lekin shunga qaramay, ayrim yuklarni bir transport turidan ikkinchisiga o‘tkazib tashish iqtisodiy jihatdan afzalroqdir. Masalan, neft va neft mahsulotlari quvur yuborgich transportiga o‘tkazilsa, tashish tannarxi temir yo‘l transportidagiga nisbatan 2–3 marta arzonlashadi yoki temir yo‘l transportida qisqa masofalarda (150–200 kilometrgacha) tashilayotgan yuklar avtomobil transportiga o‘tkazilsa, tashish xarajatlari kamayadi2023
Mana shunday qisqa masofalarga tashilayotgan yuklar xajmi har yiliga bir necha ming tonnadan ko‘proqni tashkil qiladi. Keltirilgan misollar transport ayrim turlari o‘rtasidagi tashishlarni yanada optimallashtirib taqsimlash imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Bunday masalalarni hal qilish uchun, avvalo, mavjud yuk tashish umumiy hajmini iqtisodiy tumanlar va viloyatlararo perspektiv davr mobaynidagi transport-iqtisodiy balanslari asosida belgilanadi. Uzoqroq davrlar uchun yuk tashish umumiy hajmi ayrim statistik materiallarni tahlil qilish asosida bashoratlash yo‘li bilan belgilanadi.2023
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling