Andijon mashinasozlik instituti avtomobilsozlik fakulteti “EM” yo’nalishi 76/21-guruh talabasi mutalibov sirojiddinning “mkmt” fanidan


Download 76.26 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi76.26 Kb.
#1175533
Bog'liq
4 AMALIY MASHG\'ULOT MKMT

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI AVTOMOBILSOZLIK FAKULTETI “EM” YO’NALISHI 76/21-GURUH TALABASI Xolmirzayev Azamatbek “MKMT” FANIDAN

Amaliy mashg’uloti

Amaliy mashgulot-4


ZAMONAVIY METALLOGRAFIK MIKROSKOPLARNING TUZILISHINI O’RGANISH

Umumiy ma’lumotlar


Talabalarni metallografik mikroskoplarni tuzilish va ishlashi bilan amaliy jihatdan tanishtirishdir.
Metal va qotishmalarning strukturasini tekshirish uchun metallografik mikroskoplardan foydalaniladi. Metallografik mikroskoplarning biologik mikroskoplardan farqi shundaki, metallografik mikroskoplarda qaytgan nurlar asosida, biologik mikroskoplarda esa o’tgan nurlar asosida strukturalar tekshiriladi.
Hozirgi vaqtda 1500 martagacha kattalashtiradigan vertikal Mir- 46 MIM- 7,
MMU- 3 va gorizontal MIM-8 markali metallografik mikroskoplar ishlatiladi.
Metallografik mikroskop yordamida tekshiriladigan, masalan AV jism(shlif) linzalar sistemasidan iborat bo’lgan ob’ektiv oldiga qo’yiladi. Shlifdan qaytgan va ob’ektivdan o’tgan nur sinib xaqiqiy tuzilishning kattalashtirgan aksini «A», «V»ni beradi. Tekshiriladigan shlif okulyar yordamida kuzatiladi.
MIM-7 mikroskopning optik sxemasi va tuzilishi MIM-7 metallografik mikroskopi fotokamerasi bo’lgan vertikal xolatida ishlaydigan mikroskopdir. Mikroskopda 60 martadan 1600 marttagacha kattalashtirib strukturani kuzatish mumkin.
Kuchi 170 VT va kuchlanishi 17v bo’lgan transformator TR-17ga ulangan bir chiroqdan (lampochkadan) nur kollektorga o’tadi va oynaga tegadi, so’ngra oynadan, apertura diafragmasidan, linzadan, prizmadan va linzadan o’tib qaytaruvchi plastinkaga keladi va obьektiv orqali shlifga tegadi.
Nur shlifdan qaytib obьektivga keladi, aromatik linzadan o’tib va oynadan qaytib okulyarga keladi.
Lampochkaga tok kuchlanishi 220v, chastotasi 50-60 bo’lgan o’zgaruvchan tok manbasidan 39 transformator orqali beriladi. Qo’l ushlagich lampochka tolalarini qizishini (cho’g’lanishini) saqlash uchun xizmat qiladi.
 
Amaliy mashg’ulotini o’tkazishda talabalar quyidagilarni bajaradilar:
- talabalar metallografik mikroskopning vazifasi bilan tanishadilar;
- talabalar metallografik mikroskopni tuzilishi bilan tanishadilar;
- metallografik mikroskoplar turlari haqida ma’lumot oladilar;
- mikroskopni kattalashtirish darajasi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar;
- mikroskopda tasvir hosil qilish jarayoni bilan tanishadilar.
Download 76.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling