Andijon mashinasozlik instituti “avtomobilsozlik ”


I bob. Akkreditlashtirishning qonuniy va me’yoriy asoslari


Download 1.18 Mb.
bet2/12
Sana29.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1139068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alimjonov Bekzodbek

I bob. Akkreditlashtirishning qonuniy va me’yoriy asoslari

    1. O’zbekiston Respublikasida akkreditlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.

“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 martdagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga dori qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Bu shart-sharoitlar O'zbekiston Respublikasining xalqaro akkreditlashtirish tizimi (ILAC, IAF) ga qo'shilishi va tan olish bo'yicha kelishuv tuzishda asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.


“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasining faoliyati muvofiqlikni baholash organlarining muvofiqligini tasdiqlash, muvofiqlikni baholash ishlarining natijalariga ishonchni taʻminlash va natijada savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish uchun shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. DUK ISO/IEC 17011:2017 talablariga muvofiq ishlaydi. Asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻlib, akkreditatsiya boʻyicha ishlar majmui hisoblanadi, unga dastlabki akkreditatsiya, davriy baho (inspeksiya nazorati), takroriy akkreditatsiya, akkreditatsiya sohasini kengaytirish va/yoki qisqartirish kiradi.
“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK muvofiqlikni baholash organlarining vakolatlarini quyidagi standart talablariga muvofiq akkreditatsiya qiladi:

  • sinov va kalibrlash laboratoriyalarini ISO/IEC 17025:2017;

  • tibbiy laboratoriyalarini ISO 15189:2012;

  • mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17065:2012;

  • xodimlarni sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17024:2012;

  • inspeksiya organlarini ISO/IEC 17020:2012;

  • malakani tekshirish provayderlarini ISO/IEC 17043:2010;

  • menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17021-1:2015.




    1. Download 1.18 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling