Andijon mashinasozlik instituti “avtomobilsozlik ”


O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining huquqiy asoslari


Download 1.18 Mb.
bet3/12
Sana29.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1139068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alimjonov Bekzodbek

O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining huquqiy asoslari.

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("Texnik jihatdan tartibga solish" agentligi) O'zbekiston Respublikasining akkreditatsiya bo'yicha Milliy organi xisoblanadi.
Akkreditlashtirish milliy tizimi tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

  • akkreditlashtirish bo'yicha kengash;

  • akkreditlashtirish bo'yicha idora (Texnik jihatdan tartibga solish Agentligi " Akkreditatsiya markazi" DUK);

  • ilmiy-uslubiy markaz (Standartlar instituti);

  • akkreditlashtirish ob'ektlari;

  • akkreditatsiya bo'yicha ekspert-auditorlar (baholovchilar).

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o'tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019 yil 24 apreldagi 349-sonli qaroriga asosan akkreditatsiya bo'yicha ishlarni olib borish " Akkreditatsiya markazi" DUK (Akkreditatsiya markazi) ga yuklatilgan.

O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
-akkreditatsiya talablari va shartlariga javob bermagan holatda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini va akkreditatsiya belgisidan foydalanish huquqini toʻxtatib turish va tugatish;
- muvofiqlikni baholash sohasidagi yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagisini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
- belgilangan tartibda akkreditatsiya sohasida xalqaro shartnomalar tuzish;
- ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-tinch okeani hamkorligi (АРАС), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
- eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;treninglar, seminarlar oʻtkazish va baholovchilar, tehnik ekspertlar shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutahassislar malakasini baholash;
- mehnatga haq toʻlash va xizmat koʻrsatish narxlarini hisoblash tartibini aniqlash;
- akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalar shakllarini, akkreditatsiya tizimida foydalaniladigan logotip va akkreditatsiya belgilarining shakllari va oʻlchamlarini tasdiqlaydi;
- yuridik va jismoniy shaxslarga faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
- belgilangan tartibda akkreditatsiya sohasida maslahat, ekspert va yig’ilish organlarini (akkreditatsiya kengashi, Apellyatsiya komissiyasi, texnik qoʻmitalar) tashkil etish.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling