Talabalarning gapirish malakasini baholashda kommunikativ yondashuv


Download 24.02 Kb.
bet1/2
Sana14.09.2023
Hajmi24.02 Kb.
#1678048
  1   2
Bog'liq
Turobova M. 2tezis


TALABALARNING GAPIRISH MALAKASINI BAHOLASHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV
Turobova Malika Baxrom qizi
Stajor-tadqiqotchi
Milliy taʼlim tizimida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
+998974474037
E-mail: malikaturobova@gmail.com
Annotatsiya. Dunyoda chet tillarni baholashning nazariy asoslarini tushunish, nazorat qilish amaliyoti va tajribasini takomillashtirish bo’yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar tomonidan qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunda chet tillarni bilishni nazorat qilish, professional darajada baholash, olimlar va amaliyotchilarning xalqaro guruhini tuzish asosida pedagoglarning kompetensiyasini takomillashtirishda an’anaviy va noan’anaviy (assessment) baholash usullarini qo’llash metodlaridan foydalanish va sinovdan o’tkazish alohida ahamiyatga molikdir.
Kalit so’zlar: gapirish malakasi, baholash, kommunikativ yondashuv, og’zaki nutq, kommunikativ kompetensiya, gapirish malakasini baholash.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi «Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-4623-son, 31 dekabrdagi «Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ 4939-son, 2021 yil 19 maydagi «Oʼzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʼrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-5117-son qarorlarida belgilab berilgan[1]. Chet tillarini oʼqitishnining amaliy maqsadi sifatida xorijiy til va adabiyot yoʼnalishi bitiruvchi talabalarni chet tilini bilish darajasi xalqaro standartlar boʼyicha madaniyatlararo muloqot qila olish darajasida kasbga yoʼnaltirilgan mutaxassislar yetishtirib chiqishdan iborat. Аlbatta, bitiruvchi oldiga qoʼyilgan chet tilini yuqori kasbga yoʼnaltirilgan darajada bilishlik talabi, chet tillarini oʼqitishning zamonaviy va samarali oʼqitish metodikasini ishlab chiqishni talab etmoqda. Buning uchun filologiya yoʼnalishidagi talaba gapirish koʼnikmasini rivojlantirishi, sohaga tegishli boʼlgan vaziyatli va maqsadli gapirish koʼnikmasini rivojlantirishi zarur.
Boʼlajak chet tili mutaxassisi suhbatga kirishish jarayonida nutq madaniyati normalariga alohida eʼtibor berishlari va bu borada chuqur bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishlari zarur. Shu jumladan lingvomadaniy koʼnikmalarni egallashlari va uning mazmunini tushunib yetishi va kerakli joyda qoʼllashi muhim vazifa sifatida qoʼyilgan.
Yurtimizda ingliz tilini chuqur oʼqitishga katta eʼtibor qaratilib, ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirishda bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, «Mamlakatimizda bir necha xorijiy tillarni biluvchi zamonaviy kadrlar tayyorlash, xorijiy tillar boʼyicha ilmiy ishlar olib borish, til oʼrgatish metodologiyasini takomillashtirish» kabi vazifalar belgilangan. Bunda pedagog kadrlarning kasb mahoratini uzluksiz yuksaltirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashda pedagoglarning baholash kompetentsiyasini takomillashtirish va taʼlim jarayonida talabalarning malaka va koʼnikmalarini baholashning yangi, xalqaro standartlarga asoslangan tizimini ishlab chiqish kabi muhim vazifalar belgilandi.
Respublikamizda ta’limning barcha bosqichlarida chet tilini o’qitishning asosiy maqsadi o’rganuvchilarning ko’p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdan iborat. Chet tili kommunikativ kompetensiyasi- o’rganilayotgan chet tili bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo’llash qobilyatidir.
Ingliz tilini o’qitish dasturida to’rtta ko’nikma talab qilinadi. Ular o’qish, gapirish,tinglash va yozuvdir. Ushbu ko’nikmalarga asoslanib, gapirish til o’rganishdagi muhim omillardan biridir. Ingliz tilida so’zlash EFL (chet tili sifatida ingliz tili) talabalar uchun amaliyot muhitining yo’qligi sababli ular uchun bu murakkabdir. Ingliz tilida gaplashishni o’rganish har doim EFL talabalari uchun eng kata to’siqlardan biri bo’lib kelgan. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib shuni aytishimiz mumkinki, hayotdagi har qanday holatda nutq juda muhim [4, 46].
Chet til o’qitishda yaqin paytlargacha “gapirish” o’rnida “og’zaki nutq”, hatto “nutq” terminlari qo’llanilib kelardi [2, 236]. Gapirish, nutq faoliyatining turi sifatida, og’zaki fikr bayon etish demakdir. Gapirishning psixologik mazmuniga kelganda, uning hosilasi tarzida “fikr” (mulohaza) ifodalanishini qayd etish zarur. Soddaroq qilib, “gapirish” metodik tushunchasi qamroviga (1) fikr bayon etish jarayoni, (2) aytish, (3) og’zaki muloqot, (4) fikr izhori natijasini kiritish mumkin. Gapirish oqibatida fikr aytiladi, ushbu fikrni bayon etish niyyati (ichki turtkisi) esa gapirishga sabab bo’ladi.
Muloqot kundalik hayotdagi asosiy aloqa vositasidir. U shaxslarni bir biri bilan bog’lashga xizmat qiladi. Jalolovning fikriga ko’ra og’zaki fikr bayon etish malakalari og’zaki shaklda tekshiriladi. Unda talabaning chet tilda fikr bildirishga harakati (o’z-o’zidan gapirib ketishi), nutqida qo’llanmish materialning o’zlashtirilgan darajasi (gapirish tezligi), to’xtab/to’xtamay gapirishi, nutq vaziyatiga muvofiq/nomuvofiq fikr bayon etishi kabilar nazorat qilinadi. Nutq mazmunini qisman yozma shaklda tekshirish ham mumkin.
Gapirish malakalarini yakka, yalpi, shuningdek, guruhiy tekshirish joriy etilgan. Yoppasiga og’zaki tekshirish doimiy nazorat chog’ida qulaylik tug’diradi. Yoppasiga tekshirish muallim rahbarligida o’tadi va guruhning umumiy ulgurishini aniqlashda ma’qul keladi. Guruhiy nazorat yoppasiga tekshirishning bir ko’rinishi sifatida istifoda qilinadi [2, 306]. Talabalarning gapirish malakalarini o’rganish va baholashda kommunikativ yondashuv muhim o’rin egallaydi. Chunki, kommunikativ yondashuv o’quv jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu talabalarga ingliz tilida so’zlashda faol bo’lish, so’zlarni ma’nosini tushunish, o’qish matnlarini tushunish, topshiriqlarni bajarish, gapirish uchun tildan to’g’ridan-to’g’ri foydalanish, bahslashish, fikr almashishga yordam beradi.
Bugungi globallashgan dunyoda ravon muloqot ko‘nikmalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani chet tillarini o‘qitishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Talabalarga sinfdan tashqarida turli interaktiv real vaziyatlarda talab qilinadigan muloqot ko'nikmalarining to'g'ri asosi berilishi kerak. Talabalar qog'ozda yuzaki imtihon topshirishga yordam berish o'rniga, haqiqiy hayot stsenariylariga tayyor bo'lishlari kerak.
Kommunikativ o'qitish usullari hozirda mashhur muhokama nuqtasi bo'lib, ularning samaradorligi butun dunyo bo'ylab til o'qituvchilari tomonidan hisobga olingan. Kommunikativ tilni o’rgatishning paydo bo’lishi bilan, o’quvchilarning gapirish malakasini rivojlantirish bo’yicha tadqiqotlar hozirgi o’quv amaliyotchilari va tilshunoslar orasida keng tarqalgan.
Kommunikativ yondashuv ko’proq o’quvchilarga yo’naltirilgan bo’lib, unda o’quvchining ehtiyojlari va qiziqishlari muhim o’rin tutadi. Kommunikativ yondashuv asosida talabalarning gapirish malakasini baholashda va rag’batlantirishda mana shu omillar eng kerakli deb hisoblanadi.
Kommunikativ tilni o’qitishda og’zaki nutqni baholash o’z-o’zidan atrofdagi tabiiy muhitdan kelib chiqadi va o’qituvchi o’quvchining bilim darajasini baholaydi. Binobarin, kommunikativ ta’lim va kommunikativ baholash o’zaro bog’liq bo’lib qoladi. Muloqotni talab qiladigan va o’quvchiga taalluqli bo’lgan haqiqiy, real hayotiy vaziyatlar va tadbirlar, o’yinlar, intrvyular, muammoni hal qilish faoliyati va shunga o’xshashlar talabaning tildan to’g’ri foydalanishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, kommunikativ yondashuv o’quvchining samarali muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan va grammatikani o’rganish kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan vositalardan biri sifatida qaraladi[3].
Maykl Kanale “Kommunikativ qobiliyat to’rtta kompetensiya bilan shakllanadi: 1) Grammatik, 2) sotsiolingvistik, 3) nutq va 4) strategiya”. Grammatik kompetensiya til tizimini o’zlashtirish bilan bog’liq, masalan, so’z birikmasi, so’z yasalishi. Sotsiolingvistik kompetensiya- bu nutq sodir bo’lgan kontekstga muvofiq to’g’ri aytishni tushunish va ishlab chiqarish qobiliyati. Diskurs kompetensiyasi tilning shakli va ma’nosini uyg’unlashtirish qobiliyati bilan bog’liq. Strategiya kompetensiyasi to’siqlarni yengib o’tish va bir vaqtning o’zida aloqa samaradorligini oshirish qobiliyatini anglatadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, gapirishni baholash oliy o’quv yurtlarida ko’p e’tiborga olinan. Uning amalga oshirilishi talabalarning o’quv jarayonini ko’rsatish va nutq salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Baholash mezonlariga murojaat qilishdan tashqari, o’qituvchilar bir qator interaktiv, haqiqiy, kommunikativ tadbirlarga tayanishlari lozim, bu esa o’quvchilarning gapirish malakasini doimiy ravishda davom ettirishni kafolatlaydi. O’qituvchi va talabalar baholash jarayonida faol rol o’ynashlari kerak. Bunda kommunikativ yondashuv usullari ko’mak bo’la oladi.

Download 24.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling