Andijon mashinasozlik instituti “avtomobilsozlik ”


-bob sinov labaratoriyalarini akreditlashtirish va rasmiylashtirish


Download 1.18 Mb.
bet8/12
Sana29.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1139068
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Alimjonov Bekzodbek

3-bob sinov labaratoriyalarini akreditlashtirish va rasmiylashtirish
3.1 ‘’Uz test ‘’ labaratoriyasini atestatsiyadan o’tkazishga tayorlash
Laboratoriyani akkreditlash uchun quyidagilar lozim:
- akkreditlash uchun daʼvogar boʼlgan sinov laboratoriyasining talabnomasini taqdim etish va koʼrib chiqish:
- taqdim etilgan akkreditlanish hujjatlarining ekspertizasi;
- akkreditlanuvchi laboratoriyani tekshirish boʼyicha komissiya tayinlash va uni oʼtkazish muddatini aniqlash;
- akkreditlanuvchi laboratoriyani joyida attestatlash (tekshirish);
- laboratoriyani akkreditlanganligi haqida qaror qabul qilish;
- laboratoriyani akkreditlanganligi haqidagi attestatni rasmiylashtirish, roʼyhatdan oʼtkazish va uni topshirish.
Аkkreditlangan laboratoriyaning ishchi va akkreditlash uchun zaruriy hujjatlarning toifalari va sxemasi 1 – rasmda
Аkkreditlangan laboratoriyalarda saqlanadigan hujjatlar quyidagilardan iborat boʼlishi kerak:
1. Xuquqiy hujjatlar:
- akkreditlangan sinov laboratoriyasi haqidagi nizom;
- sinov laboratoriyasining pasporti, akkreditlanganligi haqidagi attestat.
2. Tashkiliy-uslubiy hujjatlar:
O‘z DSt 5.3-92 "Sertifikatlashtirish milliy tizimi. Sinov laboratoriyalarini (markazlarni) akkreditlash. Аsosiy qoidalar.
ISO, ISO/MEK Hujjatlari, EN-45000 raqamli, N-seriyali akkreditlashning tashkiliy va uslubiy masalalarini rejalashtiruvchi standartlar.
3.1. Tekshiriluvchi mahsulotga oid meʼyoriy hujjatlar.
4. Tizimning sifatini taʼminlovchi hujjatlar:
Sifat boʼyicha qoʼllanma va protsedura hujjatlari.
5. Sinash va oʼlchash asbob-uskunaga doir hujjatlar:
- asbob-uskunalarni qayd etilgan (qayd daftari, kartalar, varaqlar, pasportlar va boshqalar) hamda quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oluvchi hujjatlar:
a) asbob-uskuna nomi va uning turi;
b) korxona-tayyorlovchi (firma), turi (markazi), korxona va inventar raqami;
v) asbob-uskuna ishlab chiqilgan, olingan va ishga tushgan vaqti;
g) sotib olingandagi holati (yangi, ishlatilgan, taʼmirdan keyin va boshqalar);
d) buzilganligi, taʼmiri, texnika koʼrigi haqidagi maʼlumotlar;
ye) attestatlash va tekshirish haqidagi maʼlumotlar;

- tekshiriluvchi asbob-uskuna va oʼlchash vositalarining ishlashidagi va texnikaviy xizmat koʼrsatish haqidagi hujjatlar:


a) Har bir alohida sinaluvchi asbob-uskuna va oʼlchash vositalari uchun pasport;
b) oʼlchash vositalarida tekshiruv oʼtkazish uslublari, hamda tekshiriluvchi asbob-uskunani attestatlash rejasi va uslublari;
d) attestatlash tartibi va nostandart sinash va oʼlchash uslublarini tasdiqlash;
- oʼlchash vositalarini tekshirishni hisobga oladigan va sinalayotgan asbob-uskunaning attestatlash haqidagi hujjatlar: sinaluvchi asbob-uskunaning va oʼlchash vositalarini tekshirish grafigi;
- O‘z DSt 5.0-92da qoʼllanish sohasi, meʼyoriy hujjatlarga ilova, sertifikatlashtirishda ishlatiladigan asosiy atamalar, umumiy qoidalar, sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilishi va vazifalari, sinov va sertifikatlashtirish sohalari boʼyicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar yoritilgan hujjatlar.
6. Laboratoriya xodimlari haqidagi hujjatlar:
- laboratoriyada ishlaydiganlarning shaxsiy varaqalari;
- mansabiy yoʼriqnomalari;
- laboratoriya xodimlarining attestatlash haqidagi materiallar.
7. Sinaluvchi buyum (mol) namunasining hujjatlari:
- sinaluvchi buyumlarni pasporti, ishlatish boʼyicha qoʼllanma va texnikaviy tavsifi;
Bularning ichida yoʼriqnomalar:
a) buyumlarning namunalarini belgilash tartibi;
b) namunalarni qabul qilishda ularning toʼlaligini (butligini) va ishga layoqatliligini tekshirish tartibi;
d) buyum namunalari uchun hujjatlarning toʼlaligiga talablar;
e) namunalarning saqlanishini taʼminlaydigan tartibi;
f) buyurtmachiga buyum namunalarini qaytarish tartibi.
8. Sinovlar oʼtkazish maʼlumotlarini roʼyxatlash tartibi uchun hujjatlar:
- sinovlarni oʼtkazish: rejasi va uslubi;
- maʼlumotlarni hisoblash tartibini oʼz ichiga oluvchi hujjatlar, ishchi jurnallar, sinovlar va oʼlchashlarning natijalarini oʼz ichiga oluvchi, ishchi qayd daftarlar;
- sinovlar bayonnomasi, oʼtkazilgan sinovlar haqidagi hisobot.
9. Xonalardagi sharoitni saqlash boʼyicha hujjatlar:
- ishlab chiqarish xonalaridagi tegishli tartibni taʼminlash boʼyicha yoʼriqnomalar;
- xonalardagi holatni nazorat qiluvchi daftar; qayd daftari;
- asbob-uskunaning ishlashidagi hujjatlar;
- xonalar ichidagi muhitning kerakli sharoitini nazorat qiluvchi va taʼminlovchi asbob-uskunaning ishlashidagi hujjatlar.
3.1. Аrxiv boʼyicha hujjatlar:
- arxiv tarmogʼidagi ushbu oʼlchashlar va sinovlar maʼlumoti, ishchi qayd daftarlarini, maʼlumotlarning hisob-kitobi, hisobotlar, namunalar haqidagi hujjatlar va boshqalarni yuritish tartibi haqidagi yoʼriqnomalari.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling