Andijon mashinasozlik instituti “avtomobilsozlik ”


II-BOB. ISO 17025 bo’yicha labaratoriyalarni sertifikatlash idoralarini muvofiqligini baholash


Download 1.18 Mb.
bet6/12
Sana29.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1139068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alimjonov Bekzodbek

II-BOB. ISO 17025 bo’yicha labaratoriyalarni sertifikatlash idoralarini muvofiqligini baholash
2.1 Labaratoriyalarni tashkillashtirish boyicha umumiy qoidalar.
Umumiy talablar
Xolislik
Laboratoriyaning faoliyati xolislik asosida amalga oshirilishi, uning tuzilmasi va uni boshqaruv u xolislikni taʼminlashi kerak.
Laboratoriya rahbariyati xolislik tarafdori boʼlishi shart.
Laboratoriya oʼz laboratoriya faoliyatining xolisligi uchun masʼul boʼlishi va xolislikni xavf ostiga qoʼyuvchi tijorat, moliyaviy va boshqa tarzda bosim oʼtkazilishiga yoʼl qoʼymaysligi shart.
Laboratoriya xolislik bilan bogʼliq risklarni doimiy ravishda aniqlashi shart. Ular faoliyatni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan risklarni yoki laboratoriyaning oʼzaro munosabatlaridan, shuningdek uning xodimlari oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlardan kelib chiqadigan risklarni oʼz ichiga olishi shart. Shu bilan birga, bunday munosabatlar doim ham laboratoriya uchun xolislik borasida risk keltirib chiqaravermaydi.
ESLАTMА. Laboratoriyaning xolisligiga xavf soladigan munosabatlar mulkchilik munosabatlari, boshqaruv, xodimlar, umumiy resurslar, moliya, shartnomalar, marketing (shu jumladan, brending), shuningdek sotuvlardan vositachilik haqi toʼlash va yangi buyurtmachilarni jalb qilganlik uchun boshqa
ragʼbatlantirish shakllari va hokazolar bilan bogʼliq boʼlishi mumkin.
Xolislik borasida risk aniqlangan taqdirda laboratoriya shu riskni qanday tarzda bartaraf
etishini yoki kamaytirishini namoyish etishga qodir boʼlishi kerak.
Maxfiylik Laboratoriya faoliyat damomida olingan yoki yaratilgan axborotni boshqarish uchun javobgar boʼlishi va uning bu javobgarligi yuridik mustahkamlangan majburiyat bilan taʼminlangan boʼlishi shart.
Laboratoriya ochiq manbalarda qanday axborotni joylashtirishni rejalashtirayotgani haqida buyurtmachini oldindan xabardor qilishi shart. Buyurtmachining oʼzi ochiq manbalarda joylashtiradigan axborot yoki laboratoriya va buyurtma oshkor etish haqida kelishib olgan (masalan, daʼvoga javob berish maqsadida) axborot hamda axborotning barchasi xizmat axboroti hisoblanadigan va maxfiy tutilishi kerak boʼlgan holatlar bundan mustasno. Tijorat siri hisoblanadigan boshqa har qanday axborot maxfiy axborot deb hisoblanishi kerak.
Аgar qonunga yoki shartnomada belgilab oʼtilgan kelishuvga asosan maxfiy axborotni oshkor etishi shart boʼlsa vaqonunda man etilmagan boʼlsa, u buyurtmachini yoki uning vakilini oshkor etilgan axborotdan xabardor qilishi shart.
Buyurtmachi haqida undan emas (masalan, daʼvogardan, tartibga soluvchi organlardan), balki boshqa manbalardan olingan axborot buyurtmachi va laboratoriya oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlar doirasida maxfiy saqlanishi shart. Ushbu axborot manbai haqidagi maʼlumotlar maxfiy saqlanishi va agar manba bilan kelishilgan boʼlmasa, laboratoriya ularni mijozga maʼlum qilmasligi kerak
Xodimlar, shu jumladan komitetning barcha aʼzolari, pudratchilar, tashqi organlar xodimlari yoki laboratoriya nomidan ish koʼradigan shaxslar laboratoriya faoliyati davomida olingan yoki yaratilgan axborotning maxfiyligini saqlashlari shart, qonunda koʼzda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling