Andijon mashinasozlik instituti “avtomobilsozlik ”
O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining
Download 1.18 Mb.
|
Alimjonov Bekzodbek
O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
-akkreditatsiya talablari va shartlariga javob bermagan holatda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini va akkreditatsiya belgisidan foydalanish huquqini toʻxtatib turish va tugatish; -muvofiqlikni baholash sohasidagi yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagisini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish; - belgilangan tartibda akkreditatsiya sohasida xalqaro shartnomalar tuzish; - ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-tinch okeani hamkorligi (АРАС), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash; - eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;treninglar, seminarlar oʻtkazish va baholovchilar, tehnik ekspertlar shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutahassislar malakasini baholash; - mehnatga haq toʻlash va xizmat koʻrsatish narxlarini hisoblash tartibini aniqlash; - akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalar shakllarini, akkreditatsiya tizimida foydalaniladigan logotip va akkreditatsiya belgilarining shakllari va oʻlchamlarini tasdiqlaydi; - yuridik va jismoniy shaxslarga faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish; - belgilangan tartibda akkreditatsiya sohasida maslahat, ekspert va yig’ilish organlarini (akkreditatsiya kengashi, Apellyatsiya komissiyasi, texnik qoʻmitalar) tashkil etish. Tizimda akkreditlashtirish ob'ektlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: -sinov laboratoriyalari; -qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari; -mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha idoralar, -menejment tizimlarini sertifikatlashtirish bo'yicha idoralar; -tekshiruv (nazorat) idoralari; -yuklash oldi inspektsiyasi bo'yicha maslahat firmalar, -sifat bo'yicha ekspert-auditorlar. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling