Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»


Download 0.54 Mb.
bet2/11
Sana31.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1313262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ET LAB lotin

1 - L A B O R A T O R I YA I SH I. Sanoat korxonalarining elektr yuklamalari grafiklarini tadqiq qilish..............................

8

4

2 - L A B O R A T O R I YA I SH I. Zaxiradagi manbani avtomatik ravishda ulash(AVR) sxemalarini tadqiq qilish............

14

5

3 - L A B O R A T O R I YA I SH I. Sanoat korxonalarining pasaytiruvchi podstansiyalari sxemalarini tadqiq qilish……….

17

6

4 - L A B O R A T O R I YA I SH I. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalashni tadqiq qilish..............................................

22

7

Foydalanilgan adabiyotlar....................................................

27



Kirish

«Elektr taʼminoti asoslari» fani bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalarda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashda hamda axborot o’lchash texnikasi bo’yicha tajribalarni o’tkazishga malaka hosil qilishda katta ahamiyatga ega. Talabalar laboratoriya mashg’ulotlarida o’lchash tajribasini qo’llash, asbob-uskunalarni tanlash, o’lchash natijalarini chiqarish va xulosalar qilishni o’rganadilar. Natijada talabalar mustaqil ravishda tajriba o’tkazish ko’nikmasiga ega bo’lishlari ko’zda tutiladi.


Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun talabalar xavfsizlik texnikasi qoidalari bo’yicha yo’riqnomadan o’tib, ushbu uslubiy qo’llanmadagi tegishli laboratoriya ishlari bo’yicha nazariy jihatdan tayyorlanib, ko’rsatilgan sinov savollari bo’yicha mukammal bilimga ega bo’lishlari va laboratoriya ishini o’tkazish tartiblarini o’rganib chiqishlari kerak. Talaba tajribani o’tkazishga ruxsat olgandan so’ng ish sxemasini yig’ib o’qituvchiga ko’rsatadi va uning ruxsati bilan zanjir elektr manbasiga ulanadi.
Tajriba natijalari ishni bajarish tartibi bo’yicha oldindan tayyorlangan bayonga kiritiladi va o’qituvchiga ko’rsatiladi.
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlanadi. Hisobotda quyidagilar aks ettirilishi kerak:

  • ishning nomi;

  • ishning maqsadi;

  • ishlatilgan o’lchov asbob-uskunalari va jihozlari;

  • elektr sxemalar;

  • ishni bajarish tartibi;

  • o’lchashlar va hisoblash natijalari jadvali;

  • diagrammalar va grafiklar;

  • ish bo’yicha xulosa.

Hisobotda barcha sxemalar, grafiklar va shu kabi chizmalar standart talablari asosida chizilgan bo’lishi kerak.
Hisobot keyingi darsda topshiriladi. Topshirmagan talaba navbatdagi laboratoriya ishiga qo’yilmaydi.
Darsga kelmay qolgan talaba qoida bo’yicha ruxsatnoma bilan kelib, o’tkazib yuborgan laboratoriya mashg’ulotini kafedraning maxsus jadvali bo’yicha bajaradi.
Yuqorida aytib o’tilgan talablarni va xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgan talabalar darsga qo’yilmaydi.

Elektr taʼminoti asoslari” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi


«Elektr taʼminoti asoslari» laboratoriyalaridagi laboratoriya dastgoxlari xarakatdagi elektr qurilmalari bo’lib undagi ayrim elementlar kuchlanish ostida bo’ladi. SHuning uchun ma’lum bir sharoitlarda, o’rnatilgan qoidalarni buzish natijasida, laboratoriya dastgoxlarida insonni elektr toki urishi mumkin bo’lgan yoki turli ko’rinishdagi jaroxatlanishi mumkin bo’lgan manbaga aylanadi. Talabalarni yaqinlashi, kirishi mumkin bo’lgan asboblar, mashinalar va ishga tushirish apparatlari tarkibiga kirgan laboratoriya jixozlarini montaj qilganda vaziyat yana xam jiddiylashib laboratoriya ishlarini bajarishda yana xam xavf kuchayadi.
Inson badani elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lganligi sababli kuchlanish ostida bo’lgan ikkita, elektrdan izolyatsiya qilinmagan elementga tegib ketish natijasida (shunday elementlardan biri elektr mashinasining yoki transformatorning ustki qobig’i bo’lishi mumkin) inson badanidan elektr toki o’tadi. Tokning xavfli qiymatlarida bu narsa yoki kuchli kuyishga (elektr jaroxat), yoki inson organizmidagi (jismidagi) asab, yurak va nafas olish yo’llarini lat yeyishiga olib keladi (elektr zarbasi). Elektr toki bilan shikastlanish oqibati yomon bo’lib, ba’zan o’lim bilan yakunlanishi xam mumkin.
Talabalarni elektr mashinalari bilan ishlashining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi natijasida faqatgina elektr toki bilangina shikastlanib qolmay, balki, elektr mashinalarining tormozlash (to’xtatish) qurilmalarining aylanuvchan qismlari tomonidan mexanik zarbalarga xam uchrashlari mumkin. SHu narsani esda tutish kerakki, kuchlanish ostida laboratoriya jixozlarini ko’p elementlari tegib ketishi mumkin bo’lgan masofada joylashgan: aylanuvchi qismlar esa ximoya qurilmalariga ega bo’lishiga qaramay kiyim - kechakni «ilib» tortib ketishi yoki qattiq tegib ketishi mumkin. SHuning uchun talabalar laboratoriyada o’ta extiyotkor bo’lib, quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari darkor:
1) laboratoriyalarda bo’lish paytlarida talabalar o’ta extiyotkor, intizomli va xushyor bo’lishlari kerak; o’qituvchi va laborantlarning barcha ko’rsatmalarini og’ishmay bajarishlari kerak; faqat tekshirilayotgan laboratoriya dastgoxi oldida bo’lishlari kerak;
2) boshqa qurilmalar va jixozlarga, taqsimlovchi punktlarga, pultlarga yaqinlashish va ularni, o’chirib-yoqish ishlarini o’zboshimchalik bilan qilish qat’iy taqiqlanadi; kuchlanish ostida bo’lgan sxemani uning izolyatsiya qilinmagan tok o’tkazuvchi qismiga kimdir tegib turgan bo’lsa ulash, sxema ulanishini almashtirish, elektr mashinalari ishlab turganda uni aylanuvchi qismlariga tegish yoki ustiga yaqin masofada egilish, laboratoriya qurilmasini yoki uning kuchlanish ostida bo’lgan ayrim asboblarini kuzatuvchisiz qoldirish mutlaqo mumkin emas;
3) siljigichlar yoki ishga tushirish apparaturalarining dastagi jildirilganda albatta qo’l izolyatsiya qilingan dastagiga tegib turganligiga ishonch xosil qilish kerak;
4) talabalarning kiyimida bo’yin va bosh ro’mollarining, galstuklarning; boshqa narsalarning uchlari osilib turmasligi, sochning turmaklangani va bosh kiyimi sochning osilib turmasligini ta’minlashi joiz;
5) agar sxemada kondensator bo’lsa, uni o’chirilgandan so’ng chiqish simlarini qisqa tutashtirib, zaryadsizlantirib qo’yish zarur;
6) laboratoriya qurilmasi bilan ishlaganda talabalar xar bir laboratoriya qurilmasi yonida bo’lgan rezina gilamcha ustida turishi kerak;
7) qurilmaga taaluqli bo’lgan xar bir nosozlik yoki texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi to’g’risida xar bir talaba tezda o’qituvchiga xabar berish kerak;
8) agar baxtsiz xodisa yuz bergan bo’lsa, laboratoriya qurilmasini tezda o’chirib, jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko’rsatish va o’qituvchini xabardor qilish kerak.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling