Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»


- L A B O R A T O R I YA I SH I (2 soat)


Download 0.54 Mb.
bet9/11
Sana31.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1313262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ET LAB lotin

4 - L A B O R A T O R I YA I SH I (2 soat)


Reaktiv quvvatni kompensatsiyalashni tadqiq qilish


I. I SH N I N G MAQSADI
Ish xisob - kitob xarakterda bo‘lib, unda asinxron dvigatel uchun
cos = f ( I ) bog‘lanishi xisobi va bu bog‘lanishni dvigatel iste’mol qiladigan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilgandan oldin va keyin eksperimental ravishda aniqlab chiqiladi.

II. N A Z A R I Y Q I S M


Elektr energiyasini iste’molchilarining eng muxim xarakteristikalaridan biri quvvat koeffitsienti bo‘lib, u iste’molchilarning rekativ quvvatni sarflashini xarakterlab beradi. Reaktiv quvvat elektr energiyasi iste’molchilarida magnit maydoni xosil qilish uchun sarf bo‘ladi. Uning asosiy iste’molchilari asinxron dvigatellar (AD), transformatorlar, reaktorlar, induksion o‘choqlar (pechlar) bo‘lib, ularda tok kuchlanishdan faza bo‘yicha orqada qoladi. Tok faza bo‘yicha oldinda bo‘ladigan qurilmalar reaktiv quvvat manbalari buladi. cos ni oshirish muxim xalq xo‘jalik axamiyatiga ega bo‘lib, u elektr energiyasining tarmoqlardagi yo‘qotishni kamaytirish xisobiga elektrostansiyalardagi generatorning quvvatini bo‘shatish, yonilgi sarfini iktisod qilish, elektr uzatish liniyalari (LEP) o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi.


Asinxron dvigatellar reaktiv quvvatning keng tarqalgan iste’molchilardan bo‘lib ular reaktiv quvvatning 60 % qismini ishlatadi.
AD nominal ishlash rejimidagi iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatini pasportidagi berilgan ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin:

·n ( 1 )


Bu erda Rn - nominal quvvat, kVt


n - dvigatelning nominal yuklanishdagi


foydali ish koeffitsienti, nisbiy
birlikda (n.b.)

tg(n ) - burchakning nominal tangensi.


Bu quvvat dvigatelning asosiy magnit maydoni xosil qilish ( Q0 ) va chetga tarqaluvchi magnit oqimi xosil qilishga ( Q0 ) sarf bo‘ladigan quvvatlardan tashkil topadi. Nominal rejimdan farq qiladigan rejimda reaktiv quvvatni iste’molini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:


( 2 )


Bu erda - dvigatelning aktiv quvvat bo‘yicha yuklash


koeffitsienti, K3 = 1,0 bo‘lganda

( 1 ) va ( 2 ) ifodalarni solishtirib, dvigatelning yuklanish koeffitsienti qancha kichik bo‘lsa, quvvat koeffitsienti shuncha kichik bo‘lishini ko‘rish qiyin emas. Eng kichik cos dvigatelning salt yurish rejimiga to‘g‘ri keladi.


Shuning uchun quvvat koeffitsienti cos oshirishning asosiy usullari quyidagilar:

1. Korxonadagi texnologik protsessni tartibga solish, kam yuklanish bilan ishlayotgan dvigatellarni kichik nominal quvvatlisi bilan almashtirish.


2. Dvigatellarni salt yurishini qisqartirish.


3. Agar texnik-iktisodiy nuqtai nazaridan o‘zini oqlasa, asinxron dvigatellarni sinxron dvigatellar bilan almashtirish.


4. Kompensatsiya qurilmalarini, shu jumladan kondensator batareyalarini o‘rnatish. Bu tadbirlar, ishlab chiqarilayotgan reaktiv quvvatini 25 % ni iste’mol qilayotgan, kuch transformatorlari va reaktorlarga xam taalluqlidir. Shu narsani ta’kidlash kerakki, transformatorlar uchun iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat (2) bo‘yicha xisoblanadi, asosiy magnit oqimini va chetga tarqalish oqimini xosil qilayotgan quvvatlar transformatorlar nominal quvvat, salt yurish toki va qisqa tutashuv kuchlanishini funksiyasidir:


( 3 )


Bu ishda asinxron dvigatellarning yuklanish darajasini quvvat koeffitsientiga ta’siri, xamda quvvat koeffitsientini cos ni, sanoat korxonalarida reaktiv quvvatning manbai sifatida keng tarqalgan kondensator batareyalari yordamida oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.


III. I SH N I B A J A R I SH T A R T I B I


Ishning tajriba qismi, reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari va manbalari bilan tanishilgandan keyin, asinxron dvigatel uchun cos= f( p ) yoki cos= f( ) bog‘lanishli stendda olish bilan boshlanadi , uning uchun V1 va V2 ( 1 - rasm ) uzgich bilan elektr energiyasi sexning elektr tarmog‘iga beriladi v a magnit yurgizgich (магнитный пускатель) orqali asinxron dvigatel yurgiziladi. Mexanik qo‘l tormozi dvigatel yuklamasi salt yurishdan to 1,1 nominal yuklanishgacha o‘zgartiriladi. Tok yuklamasining o‘zgartirish pag‘onasi 0,5 - 1,0 A. Dvigatelning ish rejimi zanjiriga tok transformatorlari orqali ulangan ampermetr, quvvat koeffitsientini qayd etuvchi fazometr xamda voltmetrlar yordamida kuzatiladi. Olingan natijalar asosida 1-jadval va bo‘yicha cos = f ( P ) bog‘lanishi quriladi.


Tajriba yo‘li bilan cos = f ( P ) yoki cos = f ( ) bog‘lanishlari olingandan keyin, bu bog‘lanishlarni hisoblash yo‘li bilan xam ko‘rish talab etiladi.

Hisoblash tartibi quyidagicha :


1. ( 1 ) formula yordamida ni aniqlanadi.


Bunda salt yurish quvvati


kVap


topiladi.

2. Dvigatelning salt yurish toki ( Ixx ) o‘lchash natijalaridan qabul qilinadi.


3. ( 2 ) ifodadan dvigatelning nominal yuklanishida Qp xisoblab topiladi :




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling