Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»
V. T E K SH I R I SH U CH U N S A V O L L A R 1
Download 0.54 Mb.
|
ET LAB lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 - L A B O R A T O R I YA I SH I (2 soat) SANOAT KORXONALARINING PASAYTIRUVCHI PODSTANSIYALARI SXEMALARINI TADQIQ QILISH I.
V. T E K SH I R I SH U CH U N S A V O L L A R
1. Transformatorlardagi qisqa tutashuv va salt ishlashda aktiv va reaktiv quvvat yo‘qotishlari nimaga bog‘liq bo‘ladi va qanday paydo bo‘ladi ? 2. Transformatorni G - simon almashtirish sxemasini chizing va u yordamida transformatordagi yo‘qotishni fizik ma’nosini tushuntirib bering. 3. TMZ - 1000/10 tipidagi transformator konstruksiyasini va ishlash prinsipini tushuntirib bering . A D A B I YO T L A R 1. Феодров A.A., Каменева В.В. Основы электроснабжения промышленных предприятий.M.: Энергоатомиздат,1984 (рус тилида). 2. Микосеев Ю.A. Электроснабжение промышленных предприятий. M.: Энергия,1973. 3 - L A B O R A T O R I YA I SH I (2 soat) SANOAT KORXONALARINING PASAYTIRUVCHI PODSTANSIYALARI SXEMALARINI TADQIQ QILISH I. I SH N I N G M A Q S A D I Ishni bajarish vaqtida talabalarning "Sanoat korxonalarini elektr ta’minoti"fanining sanoat korxonalarining ta’minlash podstansiyalarini joylash o‘rnini aniqlash bo‘limidan olgan bilimlarini mustaxkamlash. Ish xisob-tajribali xarakterdadir. Ishning asosiy maqsadi, boshlang‘ich pasaytiruvchi podstansiyani maqsadga muvofiq joylashish o‘rnini aniqlash masalasini echishdir. II. N A Z A R I Y Q I S M Podstansiya (boshlang‘ich pasaytiruvchi, tarqatuvchi, sexlardagi xar qanday sanoat korxonalaridagi elektr energiyasi bilan ta’minlash sistemasining asosiy zvenosi xisoblanadi. Shuning uchun sanoat korxonalarining territoriyasida podstansiyalarni eng qulay joyga o‘rnatish masalasi, ratsional elektr bilan ta’minlash sistemalarini yaratishda muxim rol o‘ynaydi. Xar turdagi sanoat korxonalarini elektr bilan ta’minlash sistemalarini ko‘rishda, shu ob’ektlarni bosh planlari yaratiladi, shu planlarda xamma sanoat ishlab chikarish sexlari ko‘rsatiladi. Sexlarni joylanishlari ishlab chiqarish texnologiyasi asosida aniqlanadi. Bosh planda sanoat korxonasining xisoblangan yoki belgilangan quvvati ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, loyixada yuqorida ko‘rsatilgan sex va butunlay korxonaning elektr nagruzka grafiklari xam bor. Loyixalashning yana bir muxim vazifalaridan biri BPP, BTP, TP larni korxona territoriyasida eng qulay joyga o‘rnatishdir. Bu narsa, barcha podstansiyalarni joylashtirish elektr ta’minoti sistemalarini ko‘rishda eng ratsional mablag‘ sarflashga olib kelishi kerak. Elektr ta’minoti sistemalarini loyixalash vaqtida BPP,BTP, TP larning o‘rnatish joylarini aniqlash uchun, korxonaning bosh planlarida yuklamalar kartogrammasi ko‘rsatiladi. Yuklamalar kartogrammasi degani, bosh plandagi aylanalar bo‘lib, bu aylanalarning yuzasi bilan chegaralangan maydon, sexlarning xisoblangan yuklamalarini tanlangan masshtab bo‘yicha tasvirlashga aytiladi. Xar bir sex uchun o‘zining aylanasi ko‘rsatiladi, qaysiki bu aylananing markazi sexning yuklama markaziga to‘g‘ri keladi. Sexning yoki korxonaning yuklama markazi deb, sexning (korxonaning) iste’mol qilayotgan elektr energiyasining shaptli markazidir. BPP,BTP,TP larni iloji boricha yuklama markaziga yaqin joyga o‘rnatish kerak bo‘lib, bu narsa yuqori kuchlanishli elektr energiya iste’molchisini markazga yaqinlashtirishga xamda korxonaning yuqori kuchlanishi tarqatuvchi tarmoqlarning va sexning elektr tarmoqlarni uzunligini sezilarli darajada kamaytirishga, o‘tkazgich materiallar sarflarini va elektr energiyasini yo‘qotilishini qisqartirishga olib keladi. Elektr yuklama kartogrammasi loyixachiga korxonaning maydonida elektr energiyasini taqsimlanishini aniq yaqqol tasvirlashga imkon beradi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, korxona yuklamasining kartogrammasi aylana va doiradan iboratdir, bu doira aylana bilan o‘ralgan bo‘lib, tanlangan (m) masshtab bilan mos kelgan sexning xisoblangan yuklamasiga tengdir: ( 1 ) ifodadan aylananing radiusini aniqlash mumkin. (2) Bu erda ri - aylanani topish masshtabi. Korxonaning bosh planidagi kartogrammada albatta, aloxida - aloxida aktiv va reaktiv yuklamalar ko‘rsatilishi shart. Buning sababi shuki, aktiv va reaktiv yuklamalar iste’moli aloxida - aloxida olingan manbalardan etkazib beriladi. Xozirgi paytda qator matematik usullar bo‘lib, sex va korxonalarning elektr yuklama markazlarini analitik yo‘l bilan aniqlab beradi. Agar yuklamani maydon bo‘yicha teng taqsimlangan desak, yuklamaning markazini sexning plandagi ko‘rinishi figurasining og‘irlik markazi bilan bir xil deb qabul qilish mumkin. Agarda yuklamani sexdagi tarsimlanishini xaqiqiysini xisobga olinsa unda yuklamaning markazi sexning plandagi og‘irlik markaziga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun yuklamaning markazini topish og‘irlik sistemasining markazini aniqlashga olib keladi. Massa bilan sexlarning yuklamasini (Pp) qiyoslab, ularning markaz koordinatlarini quyidagi formulalar yordami bilan aniqlash mumkin. Korxonaning bosh planida elektr yuklamasining markazi (EYUM) figuraning murakkab formasida ifodalanadi. Shuning uchun sexning (korxonaning) EYUM ni bosh plandagi bitta mustaxkam nuqta deb emas, uni EYUMni tarqalish zona deb qaralsa to‘g‘ri bo‘ladi. EYUMni tarqalish zonasini talab qilingan aniqlikda topish uchun xar xil formulalar bo‘lib, ular shartli EYUMni aniqlashga imkon beradi. Shu narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, korxona elektr ta’minoti sistemasini qurish bilan bog‘lik muammolar, optimallashtirishga taalluqli bulib, turli xildagi matematik usullar yordami bilan echish mumkin (dinamik, chiziqliy programmalashtirish, tajribali planlashtirish va x.k.) EYUMni tarqalish zonasini aniqlash uchun eng avvalo EYUMni tarqalish zonasi koordinatlarini aniqlash qonunini topish kerak. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, EYUMni tasodifiy tarqalish koordinatlari normadagi tarqalish qonuniga bo‘ysinadi (Gauss-Laplas qonuni): Bu erda ax, ay - tasodifiy koordinatlarning matematik ko‘rinilishi; - tasodifiy koordinatlarining tarqalishi. Bu erda hx va hy - quyidagi tasodifiy mikdorlarning aniqlash o‘lchami. Tasodifiy koordinatning tarqalish extimoligining zichligini to‘g‘ri burchakli koordinat sistemasi normal tarqalish egri ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Tasodifiy bog‘lanmagan koordinatlarining ikkilanma o‘lchami zichligi quyidagi formula bilan ifodalanadi: Bu ifoda shu shart bilan olinganki, koordinataning boshlanishi, matematik ko‘rinilish bilan birlashtirilgan bo‘lib, tarqalishning normal qonuniga bog‘lik bo‘lmagan koordinataning to‘rtta parametrlari bilan ifodalanadi, bular : matematik ko‘rinilish ( ax va ay ), EYUM ni shartli xolatini va o‘rtacha kvadpatik farqning (x, y ) yoki aniqlikning o‘lchami ( hx , hy ) dir. Odatda tarqalishning nazariy qonunini aniqlash bu noaniq qiymatlar bo‘lib, ular tarqalishning tajriba yo‘li bilan aniqlangan qiymatlariga mos keladi deb olinadi. Tajriba yo‘li bilan aniqlangan tarqalishning sonli xarakteristikalarini quyidagicha aniqlash mumkin : EYUM ning tasodifiy koordinatlarining tarqalish qonuni va sonli xarakteristikalarini aniqlagandan keyin EYUM ning tarqalish zonasini aniqlash mumkin. Buning uchun normal taqsimlashish yuzasini gorizontal tekislik, parallel tekislik bilan ko‘ndalang kesib o‘tamiz. Xosil bo‘lgan kesimning yuzasi, shunday egri chiziq bo‘lib chegaralanadiki, uni quyidagi ifoda bilan ko‘rsatish mumkin : yoki bu erda Bu formulalardan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalari EYUM ning tarqalish zonasi ellipsidan iboratdir. Ellipsning formasi va qiymatlarining o‘zaro nisbatiga bog‘lik bo‘ladi. Sanoat ob’ektlarining tarqalish zonasini aniqlash uchun, koordinat o‘qini parallel ko‘chirish kerakki, to yangi sistemaning boshlanishi matematik ko‘rinilish ax va ay ga mos kelishi kerak. Agar elektr yuklamalari sanoat korxonalari bo‘yicha teng taqsimlangan bo‘lsa, masalan ular bir - ikki yoki undan ko‘p joylarga to‘plangan bo‘ladi. Bu xolatda EYUM ning tarqalishi zonalarini aloxida - aloxida aniqlashga to‘g‘ri kelib, ularni bosh planda territoriya bo‘yicha aloxida - aloxida to‘plangan yuklamalar bo‘yicha aniqlashga to‘g‘ri keladi. Bunday xolatlarda bir nechta BPP yoki BTP quriladi. Sanoat korxonalarining EYUM tarqalish zonasini ko‘rishda shu narsani xisobga olish kerakki, sexlarning EYUM ni xam tarqalish ellipsini, aloxida yoki gruppa iste’molchilaridan tashkil topgan deb xisobga olish kerak. III. ISHNI BAJARISH TARTIBI Stendda sanoat korxonasining bosh plani ko‘rsatilgan bo‘lib, unda 12 ta sex joylashgan. Bu erda 6 ta korxonaning bosh plani variantini tuzish mumkin. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan xar bir gurux studentlari bittadan variantni bajarishadi. Variantlarni ulash tumbler orqali bo‘ladi va bosh planda shu variantga tegishli sexlarning lampalari yonadi. Sanoat korxonasining BPP sini ratsional joylashtirish zonasini xisoblash uchun dastlabki ma’lumot sifatida sexlarning joylashish koordinatlarini ( ), quvvatini ( ) qiymatini 1 va 2 jadvallardan olinadi. EYUM ni tarqalish zonasini variantlari 3 - jadvalda va elektr yuklamaning grafiklari ko‘rsatilgan 2 - rasmda berilgan. L a b o r a t o r i ya i sh k u y i d a g i t a r t i b d a b a j a r i l a d i : 1. O‘qituvchidan topshiriq, ya’ni variant nomeri olinadi. 2. EYUM tarqalish zonasini koordinatlarini aniqlash usuli bilan tanishib chiqiladi. 3. EYUM ning koordinatlarini EXM da aniqlash uchun, 3 - rasmda ko‘rsatilgandek soddalashtirilgan blok-sxema tuzilib, bunda dastlabki ma’lumotlar 1,2 - jadvallardan olinadi ( = 0,264 ; = 2,13 * 10 (-3) , kabelli liniyalar uchun ). 4. Tuzilgan programma bo‘yicha hisob qilinadi. 5. Xisob to‘g‘ri bo‘lishi uchun 4 ta tekshiruv nuqtasi bo‘yicha qo‘lda nazorat o‘tkaziladi ( o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ). 6. Hisob bilan topilgan ma’lumotlar yordamida EYUM ning tarqalish zonasi koordinatini ko‘rib, to‘g‘ri qurilganligi tumbler yordamida lampalarning ishga tushiish orqali tekshiriladi. 7. O‘qituvchidan EYUM ning mumkin bo‘lgan siljishi koordinatlarini aniqlab, elektr ta’minot sistemasining qiymatlashishini, 6 - rasmdagi tuzilgan blok - sxema asosida xisoblanadi. Berilgan variant bo‘yicha sanoat korxonasi BPP ning ratsional joylashish orasidagi farq solishtiriladi. IV. H I S O B O T G A T A L A B Ishning hisoboti quyidagi materiallardan tashkil topishi kerak: 1. Xisob - kitob uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar aniqlanadi; 2. EXM ga xisob uchun programma tuziladi ; 3. Korxonaning bosh planida EYUM ning tarqalish zonasi ko‘rsatilgan bo‘lishi xamda tarqalish zonasi siljishi bilan bog‘lik xoldagi qiymatlashishning xisoblari ; 4. Yuklamalar kartogrammasi berilgan bosh planda ko‘rsatiladi. V. U Y V A Z I F A S I 1. Amaliy ishning nazariy qismi bilan tanishish xamda asosiy xisob formulalarini o‘rganish ; 2. Yuklamaning kartogrammasini ko‘rishni o‘rganish ; 3. BPP ning ratsional joylashish o‘rnini aniqlashni o‘rganish ; 4. Tekshirish savollariga javob berish va laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish. VI. T E K SH I R I SH S A V O L L A R I 1. Ta’minlovchi podstansiyalarni optimal joylashtirish zonasini qanday ko‘rish mumkin ? 2. EYUM ni koordinatalarini qanday aniqlash mumkin ? 3. Elektr yuklamasining kartogrammasi nimaga kerak ? 4. Kartogrammada yoruglik va elektr yuklama qiymatlari qanday tasvirlanadi ? 5. Sexning quvvati va maydoni aniq bo‘lgan taqdirda aylananing radiusini qanday aniqlash mumkin ? 6. Ellipsning radiusi qanday aniqlanadi ? 7. BPP ni joylashish o‘rinlarini o‘zgartirish faktorlarini aytib bering ? A D A B I YO T L A R 1. Фёдоров A.A. "Основы электроснабжения промышленных предприятий" . M."Энергия" , 1979 (рус тилида). 2. Фёдоров A.A. " Теоритические основы электроснабжения промышленных предприятий " . M."Энергия" , 1976 (рус тилида). Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling