Transformatorlar. Transformatorlarning sovutish sistemalari.
Transformatorlar o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartirishga xizmat qilib, asosiy va yordamchi qismlardan iborat. Asosiy qism-transformatorlarning elektromagnit jarayonlarini vujudga keltiruvchi cho‘lg‘amlardan va magnit oqimni kuchaytiruvchi magnit o‘zakdan iborat. Yordamchi qismlar esa transformatorning quvvati, kuchlanishi, turlari va x.k. larga qarab, bir necha o‘nlab bo‘laklardan iborat. Ular qatoriga moyli transformatorlarning baklari, ulamani va cho‘lg‘amlarni bog'lovchi izolyatorlar va boshqalar kiradi.
Taransformatorning yordamchi qismlariga shuningdek:
Transformatorning umumiy ko‘rinishi ;
1-cho‘lg‘amlar, 2- magnit o‘zak, 3-termosifon filtr, 4- izolyator, 5-radiatorli bak, 6-gaz chiqaruvchi truba, 7-kengaytiruvchi bak
Transformatorning magnit o‘zaklari elektrotexnik po‘latdan tayyorlanadi. Magnit o‘zakni tayyorlashda gisterezis va uyurma toklari tasiridagi quvvat isroflarini kamaytirish tadbirlari xisobga olinishi kerak. Shuning uchun magnit o‘zaklarni tayyorlashda magnit yumshoq elektrotexnik po‘latdan foydalaniladi. Uyurma toklarini kamaytirish maqsadida elektrotexnik po‘lat tunukalar bir-biridan maxsus elektr ximoyalovchi laklar yordamida qoplanadi. ximoyalovchi lakning qalinligi transformator cho‘lg‘amlarining kuchlanishiga bog‘liq bo’ladi.
Magnit o‘zakni tayyorlash uchun qo‘llanilgan elektrotexnik po‘lat tunukaning qalinligi o‘zakning magnitlanish chastotasiga bog‘liq, chastota f = 50 Gts bo’lganda po’lat tunukaning qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm bo‘ladi. Transformatorning magnit o‘zaklari asosan ikki xil konstruksiyada, ustunli (sterjnevoy) va qobiqli (bronevoy)) ko‘rinishda tayyorlanadi, keyingi paytlarda fazoviy ustunli magnit sistemalar xam tayyorlanmoqda.
а)
Transformatorning magnit o‘zagi:
Do'stlaringiz bilan baham: |