Andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi
Download 61.31 Kb.
|
97-Mavzu Moliya, moliya munosabatlari va moliya tizimi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi: _________________________ ANDIJON 2022 MAVZU: MOLIYA, MOLIYA MUNOSABATLARI VA MOLIYA TIZIMI. REJA: KIRISH.
- XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. KIRISH. Mavzuning dolzarbligi
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Moliya, moliya munosabatlari va moliya tizimi. Bajardi: ____________________________ Qabul qildi: _________________________ ANDIJON 2022 MAVZU: MOLIYA, MOLIYA MUNOSABATLARI VA MOLIYA TIZIMI. REJA: KIRISH. ASOSIY QISM. Moliyaning mohiyati, ahamiyati va vazifalari. Moliya munosabatlari, ularning obyekti va subyekti. O’zbekistonning moliya tizimi. Respublika moliya tizimidagi islohotlarning borishi. Moliya bozori. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. KIRISH. Mavzuning dolzarbligi: Jahon iqtisodiyoti globallashuvi, mamlakatlarning о‘zaro integratsiyalashuvi va xalqaro ixtisoslashuvning kuchayishi har bir milliy iqtisodiyot oldiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va jahon bozorida munosib о‘rin egallash vazifasini qо‘ymoqda. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir bо‘layotgan jarayonlar va, birinchi navbatda, qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez о‘zgarayotgani, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari, dunyoning kо‘plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va о‘sish sur’atlarining pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham о‘zining salbiy ta’sirini о‘tkazmasdan qolmaydi, albatta» . Shu boisdan, mamlakatimizda moliya sektorini barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda о‘sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda о‘zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda. Xususan: – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; – sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali va zamonaviy ishlab chiqarish obektlarini ishga tushirish, ushbu sohada keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi; – iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kо‘lamining yanada kengaytirilishi; – banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; – ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda о‘sishiga zamin yaratmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakat moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini chuqur tadqiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar о‘tkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi.Mamlakatda barqaror iqtisodiy о‘sish sur’atlariga erishish va uning uzluksizligini ta’minlashda moliya sektorining rivojlanishi muhim о‘rin tutadi. Download 61.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling