Andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi


Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati


Download 61.31 Kb.
bet7/19
Sana17.06.2023
Hajmi61.31 Kb.
#1530177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
97-Mavzu Moliya, moliya munosabatlari va moliya tizimi.

Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati
Moliya o`z vazifalarini ma`lum moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Bu vositalarning asosini moliyaviy resurslar tashkil etadi. Korxonaning modiyaviy resurslari bu pul daromadlari va mablag`larining tushumi bo`lib, xujalik subyektining har xil moliyaviy majbutriyatlarni bajarish, xarajatlarni moliyalash, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, korxona xodimlarini moddiy rag`batlantirishni ta`minlash uchun manba`dir.
Moliyaviy resurslar mikro va makro resurslarga bo`linadi. Makroresurslar umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet tarkibida yoki budjetdan tashqari jamg`armalar tarkibida tashkil topadi.
Mikroresurslar markazlashmagan resurslar hisoblanib, ular korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida bo`lib, xo`jalik yuritish subyektlariga tegishli bo`lgan yoki ular tomonidan qarzga olingan pul mablag`laridan iborat.
Moliyaviy resurslar shakllanishiga ko`ra guruxlanadi :
O`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar hisobiga ;
Qarzga olingan mablag`lar hisobiga ;
Boshqa manbalar hisobiga (Davlat budjeti, moliya bozoridan jalb etish va boshqalar).
Korxonaning o`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lariga qo`yidagilar kiradi:

Korxonaning qarzga olingan mablag`lari jumlasiga bank kreditlari va boshqa ayrim qarzlar kiradi.
Korxonaning moliya bozoridagi ishtiroki asosida aksiya va boshqa qimmatli qog`ozlarni sotish orqali mablag`lar kelib tushadi. Bundan tashqari moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash natijasida, sug`urta kompaniyasi va boshqalardan pul resurslari, budjet subsidiyalari va boshqa resurslar ko`rinishida ham kelib tushadi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar mavjud moliyaviy resurslardan qanchalik samarali foydalanishni ta`minlasa shunchalik yuqori natijalarga erishish imkoniyati yaratiladi.
Resurslarni iqtisod qilish muammolari to`g`risida gapirganda, moliyaviy resurslarni tejash, berilgan kreditlarni o`z vaqtida qaytarilishi masalasiga ham aloxida e`tibor qaratish xarur – degan edi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 fevraldagi yig`ilishidagi ma`ruzasida.

Download 61.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling