131
Tashqi diqqat - ongimizning ob‘ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga,
ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilish, ularda faol to‘planadigan
diqqat turi.
Bedor holat - bosh miya yarim sharlaridagi tegishli
nerv markazlarining
ko‘zg‘alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat.
Shaxs
bedor holatidagina ma‘lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.
Qo‘zg‘alish markazi - markaziy asab tizimining qo‘zg‘alish jarayoni ro‘y
bergan uchastkasi.
Diqqat depretsiyasi (lot.deprezyu-pasayish) - turli tashqi va ichki omillarga
ko‘ra ob‘ektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.
Paradoks fazasi-kuchli qo‘zg‘atuvchilarga qaraganda kuchsiz qo‘zg‘atuvchilarning
kuchli reaktsiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi).
Orientir refleksining elektrofiziologik simptomlarining
barqarorlashuvi - ixtiyoriy
diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqilona instruktsiya yoki
ustanovka berish hamda vaziyatga qarab uni o‘zlashtirishorqali insonda
orientirovka refleksini qaytadan tiklashdan iborat korrektsion faoliyat.
Diqqat korrektsiyasi (lot. tuzatish) - insonda
diqqat patologik holatga
(buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: