Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Tasavvur bu ijodiy jarayonning asosiy qismi hisoblanadi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Tasavvur bu ijodiy jarayonning asosiy qismi hisoblanadi.
Ko‘p odamlar tasavvur yorqinligi darajasi bilan farq qiladilar. Agar biz bunga tegishli shkala bor deb faraz qilsak, bir qutbda tasavvur yorqinligi juda yuqori bo‘lgan odamlar bo‘ladi va boshqa qutbda - tasavvur yorqinligi juda xira odamlar. 121 Odatda, tasavvurning rivojlanishining yuqori darajasi ijodiy mehnat qiladigan odamlarda kuzatiladi - yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar va olimlar. Odamlar o‘rtasidagi muhim farqlar xayol dominant turi tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi. Eshitish, ko‘rish motorika tasvirlashtirish tasavvuri kuchli bo‘lgan insonlar ko‘p uchraydilar. Biroq, tasavvurning barcha turlari rivojlangan odamlar ham bor. Bu odamlar aralash tur deb atalmish turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tasavvur bir turiga mansub juda ko‘p insonning individual psixologik xususiyatlarini aks ettiradi. Misol uchun, odamlar eshituv yoki motorika turidan bo‘lsa, ular vaziyatni juda chuqurlashtirishadi, yoki raqibni tasavvur qilishadi. Ta‘kidlash lozimki, inson rivojlangan tasavvur bilan dunyoga kelmaydi. Inson tasavvuri ontogenez davomida rivojlanadi va birinchi o‘rinda avval yig‘ilgan tasavvurlarning zahirasini talab qiladi va keyinchalik obrazlar yaratish uchun ashyo bo‘ladi. Eslatib o‘tish joizki, inson rivojlangan tasavvur bilan tug‘ilmaydi. Tasavvurning rivojlanishi birinchi navbatda inson ontogenezi jarayoni yordamida amalga oshiriladi va o‘y xayol namoyishi yig‘indisi talab etiladi va shu bilan birga tasavvur obrazlarini yaratish uchun muhim omil hisoblanadi. Tasavvur kishining har tomonlama rivojlanishi bilan zich bog‘liq bo‘lib, u o‘quv va tarbiya jarayonida, tasavvur, xotira, iroda va hissiyot bilan rivojlanadi. Tasavvur rivojlanish dinamikasini ifodalovchi, aniq bir yosh chegarasini aniqlash juda qiyindir. Tasavvurning o‘ta erta rivojlanish misollari mavjud. Masalan Motsart musiqa to‘qishni to‘rt yoshida boshlagan. Repin va Serov olti yoshidanoq yaxshi chizar edilar. SHu bilan birga kech tasavvur rivojlanishi, kelajakdagi rivojlanishni pas darajada bo‘lishiga ta‘sir etmaydi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, buyuk insonlar, masalan Enshteyn, tasavvur rivojlanishi bilan ajralmagan, va aksincha ularni geniy deb ataganlar. Inson tasavvurning rivojlanish etapini aniqlash juda qiyin bo‘lsa ham, uning shakllanishining muayyan qonuniyatlari mavjud. SHunday qilib, tasavvur birinchi belgilari idrok jarayoniga bog‘liqdir. Misol uchun, bir yarim yoshda bolalar eng oddiy hikoya yoki ertakni ham eshita olishmaydi, ular boshqa biror narsaga 122 chalg‘ishadi yoki uxlab qolishadi, biroq o‘z boshidan kechirgan hikoyalarni rohat bilan tinglashadi. Bu hodisa aniq tasavvur va idrok bir biri bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi Bola o‘z boshidan kechirgan voqealar haqida diqqat bilan eshitadi, chunki uning tushunchasi bu voqealar mavjud. Idrok va tasavvur o‘rtasidagi bog‘liqlik keyingi qadamda ham saqlanib qoladi. Bola o‘ynayotgan vaqtida avval olingan tasurotlarni boshqatdan ishlab chiqaradi, ko‘rinishini o‘zgartiradi. Oddiy stul, samolyot g‘orga aylanadi, korobka - avtomashinaga. Aytib o‘tish kerakki, bolaning tasavvuri ilk obrazlari uning qattiq harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bola orzu qilmaydi, u obrazni boshqatdan ishlab chiqaradi va o‘z faoliyatida o‘sha obrazni mujassam etadi, o‘sha faoliyat - o‘yinligiga qaramay. Bola tasavvuri rivojlanishining asosiy bosqichi bolaning nutqi rivojlanish davri bilan bog‘liq. Nutq bolaga nafaqat muayyan obrazlar balki, yanada xayoliy narsalarni va tushunchalarni tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, nutq bolaga oddiy tasavvuriy faoliyatdan nutqiy faoliyatga o‘tish imkonini beradi. O‘z navbatida nutqning rivojlanishi bilan bir qatorda bolaning amaliy tajribasi va e‘tibori o‘sib boradi. Buning natijasida bola endilikda predmet qismlarini alohida predmet sifatida qabul qiladi va eslab qoladi. Biroq sintez real hayotdagi noaniqliklar bilan sodir bo‘ladi. Yetarlicha hayotiy tajribaga va tanqidiy qarashga ega emasligi natijasida bola obrazlarni real hayotdagiday tasavvur qila olmaydi. Bu bosqichning e‘tiborga moyillik jihati shundaki bu paytda bolaning tasavvurida o‘zi bilmagan holda xayoliy obrazlarning paydo bo‘lishi. Ko‘p hollarda bu obrazlar vaziyatga bo‘g‘liq ravishda yaraladi. Tasavvurning keyingi rivojlanish bosqichi uning aktiv ko‘rinishlari bilan bog‘liq. Bu bosqichda tasavvur jarayoni ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Tasavvurning aktiv ko‘rinishlarining paydo bo‘lishi katta yoshlilarning tashabbusi bilan paydo bo‘ladi. Masalan, katta odam boladan biror ish qilishni so‘raganda (daraxt chizishni, kubikchalardan uycha yasashni va hak.), u tasavvur jarayonini aktivlashtiradi. Katta odamning iltimosini bajarish uchun bola avval tasavvurida 123 ma‘lum bir obraz yaratishi kerak bo‘ladi. Bunda tasavvur jarayoni ixtiyoriy hisoblanadi chunki bola bu jarayonni boshqarishga urinadi. Keyinchalik bola ixtiyoriy tasavvurni kattalarning ishtirokisiz amalga oshira boshlaydi. Tasavvurning rivojlanishi bolaning o‘yinlarida aks eta boshlaydi. Ular ma‘lum bir maqsad va ma‘noga ega bo‘ladi. Endilikda atrofdagi predmetlar nafaqat shunchaki predmet balki bolaning tasavvurlarini amalga oshirish uchun ob‘ektga aylanadi. Bola 4-5yoshdan boshlab o‘z fikriga ko‘ra chizish, qurish va narsalarni joyini o‘zgartirish amallarini amalga oshiradi. Tasavvurning rivojidagi boshqa bir muhim bosqich maktab yoshida sodir bo‘ladi. Maktab darsliklarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj bolani tasavvur jarayonini aktivlashtirishini shart qilib qo‘yadi. Maktabdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun bola o‘zining tasavvurini maksimal darajada ishga soladi bu esa unda tasavvuriy obrazlarning qayta ishlash jarayonining o‘sishiga olib keladi. Maktab yillaridagi tasavvurlarni tez avj bilan rivojlanishining yana boshqa bir sababi, o‘qish davomida bola jadallik bilan yangi, turli xil obektlar haqida va haqiqiy olamdagi hodisalar haqida tushunchalar paydo bo‘la boshlaydi. Bu tushunchalar tasavvur uchun zarurdir va maktab o‘quvchisini ijodiy g‘ayrat bilan rag‘balantirib turadi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling