Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Xayol mahsulotining paydo bo’lishi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Xayol mahsulotining paydo bo’lishi Bu tahlil davomida ob‘ektni abstraktlash, ya‘ni u boshqa ob‘ektlardan uzoqlashib va uning qismlari ham abstraktlashadi. Bu obrazlar bilan keyinchalik boshqa ikkita tur paydo qilinadi. Birinchidan bu obrazlar yangi aloqa va 117 birlashuvlarga o‘rnatiladi. Ikkinchidan bu obrazlarga yangi ma‘no berilishi mumkin. Har qanday holatda ham abstraktlangan ob‘ektlar ustida operatsiya o‘tkaziladi, ularga "sintez" deb ta‘rif beriladi. Bu operatsiyalar obraz shakllantiruvchi daraja bo‘lib tasavvur faoliyatini sintezlovchi ma‘no tashkil qiladi. SHuningdek tasavvur faoliyatini sintezlash juda ko‘p qirralikdir. Tasavvur jarayonidagi sintezlashni eng oddiy shakli bu aglyutinatsiya, ya‘ni bir ob‘ektdan ikkinchi ob‘ektga uning xususiyatlari va qismlarini tasavvur orqali qo‘shib yangi obraz paydo qilish. Aglyutinatsiyaning misollariga shularni qo‘shishimiz mumkin: kentavor shimoliy Amerikaning hindularining chizmalaridagi qanotli odamlar. Qadimgi Egipet xudolar obrazi (Dumli odam hayvonlar va h.o.) Aglyutinatsiya asosida yotgan jarayon turli xil. Odatda, ularni ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin: qabul qiliyotganda tanqid va tahlilning yetishmasligi va ixtiyoriy jarayon, ya‘ni ong tamonidan nazorat qilinadigan fikrlashning umumlashuvi bilan bog‘liqdir. Kentavr obrazi, chavandoz otini katta tezlikda choptirib ketayotgan vaqtida ko‘zga ushbu shaklning aniq ravishda ko‘rinmaganligi sababli, noaniq mavjudod ko‘rinishida qabul qilinadi deb taxmin qilinsa, qanotli odam obrazini yasashga inson aqlining idrokan tushunib, uni havoda oson va tez harakatlanishiniga ahamiyat bergan. Obrazni qayta tashkil qilishni keng tarqalgan uslubi, bu ob‘ektni va uning qismlarini kattalashtirish yoki kichraytirish hisoblanadi.Ushbu yol bilan turli ertak qahramonlari yaratiladi. Agglyutinatsiyani yaratilishi, yangi kontekstga aniq bo‘lgan obrazni kiritish uslubi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday holatda, tasavvurlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi va aloqa yordamida obrazning barcha yaratilgan qismlari yangi mohiyatga ega bo‘ladi. Odatda, tasavvurda yangi kontekst yaratilishida biror fikr yoki maqsad turtki bo‘ladi. Ushbu jarayon hamma tamonlama nazorat qilinadi, albatta agar u tush bo‘lmasa, uyqu vaqtida insonning idroki nazoratga bo‘ysinmaydi. Aniq obrazni yangi kontekstga kiritilayotganda, inson ikkita, 118 tasavvurlar va kontekst o‘rtasidagi munosiblikga erishadi. SHu sababdan, butun jarayon boshidanoq aniq tushunilgan aloqaga bo‘ysinadi. Tasavvurni qayta ishlab obraz yaratishda va ularning jiddiy alomatlarini umumlashtirish bu sxematizatsiyadir. Sxematizatsiya turli sharoitda joy egallashi mumkun. holatda, tasavvur tasodifan sxematizatsiyalanishi mumkin, va unda ikkinchi darajali qismlar ajratiladi, ular tasodifan predmetni qabul qilayotganda paydo bo‘ladi. Natijada qabul qilishda xatolik ro‘y beradi, bu xatolik real xayoldagi obrazni ongga noto‘g‘ri aks ettiradi. Bunday hodisalar ko‘p holatlarda bolalarda uchraydi. Ikkinchidan, ob‘ektni yetarli to‘liq qabul qilish vaqtida ro‘y beradigan sxematizatsiyaga, uning ikkinchi darajali bo‘lak va qismlarini yoddan chiqarish sabab bo‘ladi. Bunday vaqtlarda, tasavvur uchun asosiy bo‘lak va qismlar birinchi o‘ringa o‘tadi. SHu sababli tasavvur o‘ziga xosligini yo‘qotib, umumlashib boradi. Va nihoyat uchinchidan, sxematizatsiyaning sababi, ob‘ektning ikkinchi darajali qism va bo‘laklardan idrokan alahsib ketish bo‘ladi. Inson bila turib o‘z e‘tiborini uning fikri bo‘yicha ob‘ektning asosi hisoblovchi qismlarga qaratadi va natijada tasavvurni aniq bir sxemaga olib keladi. Urg‘u berish, ob‘ektni kerakli, asosiy va aniq ishoralarini ko‘rsatib o‘tishni o‘zidan tashkil etadi. Ko‘p holatlarda bu usul badiiy obrazlarni yaratishda qo‘llaniladi. Ushbu qabul qilish obrazini tasavvur obraziga qayta ishlashni asosiy xususiyati undagi, real hayotni aks ettirib, uni tiplarga bo‘lib keng umumlashtirib beradi va ushbu ummumlashuv doim aniq bir obrazda aks etadi. SHu bilan bir qatorda tasavvurlarni qayta tahlil qilish, tipik obrazni yaratishda mexanik yo‘nalish yoki hisob kitobi bilan barpo qilinmaydi. Ushbu obrazni yaratish jarayonida o‘zidan murakab ijodiy jarayon tashkil etadi va insonning o‘ziga xos obraz yaratuvchi aniq fazilatlarni aks etadi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling