Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Tasavvurning paydo bo’lishi 
Ko‘plab odam o‘z rejalarini kelajakga munosabati va orzularini ruyobga 
chiqarish yo‘llari orqali aniqlaydi. Bu holatda orzu aktiv, ixtiyoriy va ongli jarayon 
deb ataladi. 
Ammo shunday odamlar borki ular uchun orzu faqat harakatning o‘rin 
bosaridir. Bularda orzu shunchaki orzuligicha qoladi. Buning sabablaridan biri 
shundaki ular doimo muvaffaqiyatsizlikka uchrashi. Oqibatda bir necha 
omadsizlikdan keyin odam o‘z rejalarini amaliyotda bajarishdan bosh tortadi va 
orzularga berilib ketadi. 
Agar ixtiyoriy yoki aktiv, tasavvur oldindan belgilangan bo‘lsa, ya‘ni 
odamning irodali taraflari bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda tasavurning passiv tomoni 
oldindan belgilangan va belgilanmagan bo‘lishi mumkin. Oldindan belgilangan 
passiv tasavvur o‘z xohishi bilan bog‘lanmagan obrazlar yaratadi. Bu obrazlar orzu 
nomini olgan. Bunda odamning tasavvuri va hojatlari orasida yorqin aloqa paydo 
bo‘ladi. Ushbu holatda odamning u uchun muhim paytda nima orzu qilayotganini 
payqab olishi judayam oson. Odamlar uchun yoqimli va jiz etadigan narsalar 
haqida o‘ylash xos narsadir. Lekin orzu harakatni o‘rnini bosishni boshlasa bu 
psixologik buzilish hisoblanadi. Odamning psixologik jarayonida orzuning 
ustunligi uning haqiqatdan uzoqlashishiga olib keladi, va o‘zi o‘ylab chiqqan 


116 
dunyoga olib ketadi, bu holatlar esa odamning psixologik va sotsial 
rivojlanishlarga to‘siq buladi.
Beg‘araz qilingan passiv tasavvur ongning zaiflashgan faoliyatida kuzatiladi, 
uning buzilishi, uyqusiragan va tush ko‘rayotgan paytlarda. Passiv tasavvurning 
eng katta ko‘rsatkichi bu gallyutsinatsiya holatidir, bunda odam yo‘q narsalarni 
ko‘radi, eshitada va sezadi. Gallyutsinatsiya psixologik tarafdan zaiflashgan 
odamlarda kuzatiladi. 
Tasavvurning qayta ishlab chiqish mexanizmlari 
Tasavvurning jarayonida paydo bo‘layotgan obrazlar, yo‘q joydan paydo 
bo‘laolmaydi. Ular ortirilgan tajribadan, narsa va ob‘ektiv hayot haqidagi 
tasavvurlar asosida shakllanadi. Inson tomondan paydo qilinadigan, taasurotlar va 
haqiqiy xayol haqidagi tasavvurlar har xil shaklda o‘tishi mumkin. 
Obraz paydo qiluvchi tasavvur ikki xil darajada o‘tadi, birinchi bosqichda 
taasurotlar va tasavvurni asosiy qismlarga bo‘lish kiradi. Boshqa so‘zlar bilan 
aytganda birinchi bosqichda inson xayoldan olgan taasurotlarini shakllantirib taxlil 
qiladi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling