Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

5. Anglanganlik qonuni.
 
4. O’zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni.


107 
doirangizdan uzoq boʻlsa, professorga qarab oʻtirgan boʻlsangiz ham uning gaplari 
qulogʻingizga kirmaydi. Shunday paytlarda «Nima deyapti oʻzi?» deb 
qoʻshnimizdan soʻrab qoʻyamiz ham, zero ma‘ruzasi oʻsha biz uchun qadrdon 
boʻlgan oʻzbek tilida gapirayotgan boʻlsa ham. Sinab koʻrish uchun oʻrtogʻingizga 
bir nechta soʻzlardan iborat qatorni bering. Ular orasida mazmunan bir-biriga 
bogʻliq boʻlmagan soʻzlar, hattoki ma‘nosiz (teskarisiga yozilgan soʻzlar) boʻlsin. 
Oraga 2-4 ta tanish oʻzbek tilidagi soʻzlardan aralashtiring. Bir daqiqa mobaynida 
qarab, eslab qolganini qaytarishni soʻrasangiz, oʻsha 2-4 ta soʻzlardan boshqalarni 
deyarli «koʻrmaganining» guvohi boʻlasiz.
Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan koʻpincha 
adashamiz, ba‘zan esa oʻzimiz uchun yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. 
Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat boʻlib, bizning 
sezgi organlarimiz orqali keladigan ma‘lumotlarning koʻlami va imkoniyatlarini 
yanada oshiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, idrok - tashqi muhit 
toʻgʻrisidagi taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir. 
 
Biz bevosita idrokimiz «tagiga yetolmayotgan», «tushunmayotgan» 
 
6. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish qonuni.


108 
narsalarni bevosita his qilgimiz, qoʻlimiz bilan ushlab koʻrgimiz, ular bilan 
ishlagimiz keladi. Ya‘ni, idrok qilinayotgan narsada noaniqlik, sir paydo boʻlsa, 
biz «Bu nima boʻldi?» degan savol asosida taxmin qila boshlaymiz va uni 
tekshirish uchun harakat qilamiz. Aynan harakatlar, amaliy ishlar idrokimiz 
imkoniyatlari va chegaralari kengaytiradi va anglashga yordam beradi. Shuning 
uchun ham har bir ishni boshlashdan avval nimaga egamiz, nima kerak va nima 
qilsak, tezroq yaxshi natijaga ega boʻlamiz, degan savol bilan oʻzimizdagi tajribada 
boʻlgan bilimlarimiz bilan unchalik aniq boʻlmagan ma‘lumotlarni tarozuga solish 
va imkon boricha nutqimiz, harakatlarimiz bilan real tajribani kengaytirishga 
intilishimiz kerak. Shunday qilib, bir qarashda oddiyroq tuyulgan idrok ham inson 
bilimlari, tushunuvchanligi va faolligi bilan bogʻliq psixologik jarayon boʻlib, u 
aslida shaxsiy tajribamizning birlamchi asosi va bazasidir.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling