Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Idrok qilish qonunlari
Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab, xilma- xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Fon aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo‘lib, aniq obyektni ajratishga yordam beradi. 104 Shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos boʻlgan bir nechta qonuniyatlar psixolog olimlarning yozgan ilmiy adabiyotlarda keltirilgan, biz ularning ayrimlarini belgilaymiz: Bu qonunning ma‘nosi: odam ilgarigi tajribasida boʻlgan, bevosita toʻqnash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil boʻladi. Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok qilgan boʻlsa, demak, keyingi safar ham uni aynan figuraday idrok qiladi, agar fon boʻlgan boʻlsa, tabiiy, fonday qabul qiladi. Bu qonunning hayotdagi oʻrni chet davlatlarda borgan turistlar tajribasiga tayanib tushuntirilishi mumkin. Oʻzbekistonliklar Yer kurrasining qaysi burchagida boʻlmasin, oʻzbek duppisi yoki atlas koʻylakni juda tez ilgʻab oladilar va suyunib ketadilar ham. Yonidagi sheriklari oʻzbek boʻlsa ham, aynan doʻppili oʻzbekni koʻrib, koʻzlari yashnab ketadi. Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik ham milliy kuylagida yurgan boʻlishi mumkin, lekin oʻzbek turist uchun bu kiyim fon edi, fonligicha qoladi ham. Bu qonun ma‘lum ma‘noda oldingisiga bogʻliq. Ya‘ni bunda ham ilgarigi tajriba katta rol oʻynaydi. Ma‘nosi: odam oʻziga tanish boʻlgan narsalarni oʻsha xossa va xususiyatlar bilan oʻzgarishsiz idrok qilishga moyildir. Masalan, samolyot ichida oʻtirib yerga qaraganmisiz? Avtomobil yoʻllari, ularda harakat qilayotgan mashinalar kichkina koʻrinadi, lekin biz ularni hozir kichrayib qolgan, deb idrok qilmaymiz-ku? Aslida koʻz korachigʻimizdagi aks kichkina boʻlsa-da, ularni oʻzimiz «toʻgʻrilab» alohida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz. Bu oʻrinda bir etnografning Afrikadagi kuzatishi haqida misol keltirish joizdir. U kunlarning birida pigmeylar deb ataluvchi qabila vakillaridan biri bilan quyuq oʻrmondan chiqqan (bu qabilaning umri kalin oʻrmonda oʻtadi). Roʻparada yaylovda sonsiz mollar podasi oʻtlab yurgan boʻlgan. Etnograf ularni oddiy mollar Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling