116
dunyoga
olib ketadi, bu holatlar esa odamning psixologik va sotsial
rivojlanishlarga to‘siq buladi.
Beg‘araz qilingan passiv tasavvur ongning zaiflashgan faoliyatida kuzatiladi,
uning
buzilishi, uyqusiragan va tush ko‘rayotgan paytlarda. Passiv tasavvurning
eng katta ko‘rsatkichi bu gallyutsinatsiya holatidir, bunda odam yo‘q
narsalarni
ko‘radi, eshitada va sezadi. Gallyutsinatsiya psixologik tarafdan zaiflashgan
odamlarda kuzatiladi.
Tasavvurning qayta ishlab chiqish mexanizmlari
Tasavvurning jarayonida paydo bo‘layotgan obrazlar, yo‘q
joydan paydo
bo‘laolmaydi. Ular ortirilgan tajribadan, narsa va ob‘ektiv hayot haqidagi
tasavvurlar asosida shakllanadi. Inson
tomondan paydo qilinadigan, taasurotlar va
haqiqiy xayol haqidagi tasavvurlar har xil shaklda o‘tishi mumkin.
Obraz paydo qiluvchi tasavvur ikki xil darajada o‘tadi, birinchi bosqichda
taasurotlar va tasavvurni asosiy qismlarga bo‘lish kiradi. Boshqa so‘zlar bilan
aytganda birinchi bosqichda inson xayoldan olgan taasurotlarini shakllantirib taxlil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: