Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Xayolning paydo bo’lishi
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o‘laroq original va qimmatli moddiy, ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat xayolning turidir. 4.Tasavvurning asosiy turlari Ixtiyoriy tasavvur inson uchun katta ahamiyatga ega. Tassavurning bu turi, inson oldida birov tomondan keltirilgan, yoki insonning o‘zi belgilagan aniq obraz yaratish vazifasi turganida paydo bo‘ladi. Bunday holatlarda, tasavvur jarayoni insonning o‘zi tomonidan nazorat qilinib yaratiladi. Tasavvurning bunday ishlashining asosi ostidan kerakli tasavvurni chaqirish va o‘zgartirish deb ataladi. Ixtiyoriy tasavvurning turlari va formalari ichida yaratuvchi tasavvuri, ishlab chiqaruvchi (ijodiy) tasavvur va orzuni ajratish lozim. Yaratuvchi tasavvur, inson, ob‘ektni iloji boricha uning tasavvuriga mos qilib yaratishga harakat qilganday bo‘ladi. Bu tasavvur turiga inson, geografik joylar, tarixiy hodisalar va adabiy qahramonlar haqida o‘qiganda duch keladi. SHuni aytib o‘tish lozimki, yaratuvchi tasavvur nafaqat ko‘rish tasavvurini shakllantiradi, balki sezish va eshitish hamda boshqa tasavvurlarini ham oshiradi. A.S. Pushkinning "Poltava Jangi" ni o‘qiganimizda urush qurollarini otilishi, askarlarning qichqirishi, miltiq o‘qining hidi, barabanlar jarangini aniq tasavvur qila olamiz. Ko‘p holatlarda yaratuvchi tasavvur bilan, so‘zlar orqali tasvirlanganda, tasavvurni yaratish uchun to‘qnash kelamiz. 114 Biroq shunday holatlar borki, inson, so‘zsiz biror predmetni tasavvurida obraz yaratishning muvaffaqiyati, insonning fazoviy tasavvuri qobiliyatlarida aniqlanadi. Ya‘ni, insonning obrazli hajmini joyda yarata oladi. Bu demakki, yaratuvchi tasavvurning jarayoni insonning fikrlash va xotirasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ixtiyoriy tasavvurning keyingi turi - ishlab chiqaruvchi ijodiy tasavvurdir. Uning tarifi shundaki, inson tasavvurni o‘zgartiradi va yangisini paydo qiladi. Berilgan namuna bo‘yicha emas, balki mustaqil ravishda, yaratilayotgan obrazning chizmalarini hamda kerakli materiallarni tanlagan holatda paydo qiladi. Ishlab chiqaruvchi tasavvur, yaratuvchi tasavvur kabi xotira bilan chambarchas bog‘liq, chunki uni paydo qilishda inson o‘zining tajribasini ishlatadi.Tasavvurni bu ikki turlari o‘rtasida aniq chegaralar yo‘q. Yaratiluvchi tasavvurda, tomoshabin, kitobxon yoki eshituvchi o‘zining ijodiy tasavvurini ishlatgan holda obrazini to‘ldirishga harakat qiladi. Tasavvurning alohida bir shakli orzu bo‘ladi. Ushbu shaklini asl ma‘nosi shundaki mustaqil ravishda xayolan yangi qiyofa yaratishdir. Lekin orzu ijodiy tasavvurdan bir necha farqlar bilan ajratiladi. Birinchidan, orzuda odam doimo o‘zi istagan qiyofani yarataoladi, ijodda esa ilg‘or g‘oyalarni gavdalantirib ko‘rsatish doimo yaratuvchining xohishiga bo‘ysinmaydi. Orzuda odam o‘zining xohishini va intilayotgan narsalarini joylashtirishga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, orzu ijodiy faoliyatni o‘z ichiga olmagan jarayon bo‘ladi, ya‘ni darrov va be‘vosita ob‘yaktiv mahsulotni ijodiy asaridir. Orzuning asosiy fazilati shuki, u faqat kelajakka yo‘nalgan bo‘ladi, ya‘ni orzu - bu, kelajakda istagan narsamizga yo‘naltirilgan tasavvur. Bunda bir necha turlarini farqlash lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling