Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Xayol mahsulotining paydo bo’lishi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

 
Xayol mahsulotining paydo bo’lishi 
Bu tahlil davomida ob‘ektni abstraktlash, ya‘ni u boshqa ob‘ektlardan 
uzoqlashib va uning qismlari ham abstraktlashadi. Bu obrazlar bilan keyinchalik 
boshqa ikkita tur paydo qilinadi. Birinchidan bu obrazlar yangi aloqa va 


117 
birlashuvlarga o‘rnatiladi. Ikkinchidan bu obrazlarga yangi ma‘no berilishi 
mumkin. Har qanday holatda ham abstraktlangan ob‘ektlar ustida operatsiya 
o‘tkaziladi, ularga "sintez" deb ta‘rif beriladi. Bu operatsiyalar obraz 
shakllantiruvchi daraja bo‘lib tasavvur faoliyatini sintezlovchi ma‘no tashkil qiladi. 
SHuningdek tasavvur faoliyatini sintezlash juda ko‘p qirralikdir.
Tasavvur jarayonidagi sintezlashni eng oddiy shakli bu aglyutinatsiya, ya‘ni 
bir ob‘ektdan ikkinchi ob‘ektga uning xususiyatlari va qismlarini tasavvur orqali 
qo‘shib yangi obraz paydo qilish. Aglyutinatsiyaning misollariga shularni 
qo‘shishimiz 
mumkin: 
kentavor 
shimoliy 
Amerikaning 
hindularining 
chizmalaridagi qanotli odamlar. Qadimgi Egipet xudolar obrazi (Dumli odam 
hayvonlar va h.o.)
Aglyutinatsiya asosida yotgan jarayon turli xil. Odatda, ularni ikkita asosiy 
guruhga bo‘lish mumkin: qabul qiliyotganda tanqid va tahlilning yetishmasligi va 
ixtiyoriy jarayon, ya‘ni ong tamonidan nazorat qilinadigan fikrlashning 
umumlashuvi bilan bog‘liqdir. Kentavr obrazi, chavandoz otini katta tezlikda 
choptirib ketayotgan vaqtida ko‘zga ushbu shaklning aniq ravishda 
ko‘rinmaganligi sababli, noaniq mavjudod ko‘rinishida qabul qilinadi deb taxmin 
qilinsa, qanotli odam obrazini yasashga inson aqlining idrokan tushunib, uni 
havoda oson va tez harakatlanishiniga ahamiyat bergan.
Obrazni qayta tashkil qilishni keng tarqalgan uslubi, bu ob‘ektni va uning 
qismlarini kattalashtirish yoki kichraytirish hisoblanadi.Ushbu yol bilan turli ertak 
qahramonlari yaratiladi. 
Agglyutinatsiyani yaratilishi, yangi kontekstga aniq bo‘lgan obrazni kiritish 
uslubi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday holatda, tasavvurlar o‘rtasida 
aloqa o‘rnatiladi va aloqa yordamida obrazning barcha yaratilgan qismlari yangi 
mohiyatga ega bo‘ladi. Odatda, tasavvurda yangi kontekst yaratilishida biror fikr 
yoki maqsad turtki bo‘ladi. Ushbu jarayon hamma tamonlama nazorat qilinadi, 
albatta agar u tush bo‘lmasa, uyqu vaqtida insonning idroki nazoratga 
bo‘ysinmaydi. Aniq obrazni yangi kontekstga kiritilayotganda, inson ikkita


118 
tasavvurlar va kontekst o‘rtasidagi munosiblikga erishadi. SHu sababdan, butun 
jarayon boshidanoq aniq tushunilgan aloqaga bo‘ysinadi.
Tasavvurni qayta ishlab obraz yaratishda va ularning jiddiy alomatlarini 
umumlashtirish bu sxematizatsiyadir.
Sxematizatsiya turli sharoitda joy egallashi mumkun. holatda, tasavvur 
tasodifan sxematizatsiyalanishi mumkin, va unda ikkinchi darajali qismlar 
ajratiladi, ular tasodifan predmetni qabul qilayotganda paydo bo‘ladi. Natijada 
qabul qilishda xatolik ro‘y beradi, bu xatolik real xayoldagi obrazni ongga 
noto‘g‘ri aks ettiradi. Bunday hodisalar ko‘p holatlarda bolalarda uchraydi. 
Ikkinchidan, ob‘ektni yetarli to‘liq qabul qilish vaqtida ro‘y beradigan 
sxematizatsiyaga, uning ikkinchi darajali bo‘lak va qismlarini yoddan chiqarish 
sabab bo‘ladi. Bunday vaqtlarda, tasavvur uchun asosiy bo‘lak va qismlar birinchi 
o‘ringa o‘tadi. SHu sababli tasavvur o‘ziga xosligini yo‘qotib, umumlashib boradi.
Va nihoyat uchinchidan, sxematizatsiyaning sababi, ob‘ektning ikkinchi 
darajali qism va bo‘laklardan idrokan alahsib ketish bo‘ladi. Inson bila turib o‘z
e‘tiborini uning fikri bo‘yicha ob‘ektning asosi hisoblovchi qismlarga qaratadi va 
natijada tasavvurni aniq bir sxemaga olib keladi. 
Urg‘u berish, ob‘ektni kerakli, asosiy va aniq ishoralarini ko‘rsatib o‘tishni 
o‘zidan tashkil etadi. Ko‘p holatlarda bu usul badiiy obrazlarni yaratishda 
qo‘llaniladi. Ushbu qabul qilish obrazini tasavvur obraziga qayta ishlashni asosiy 
xususiyati undagi, real hayotni aks ettirib, uni tiplarga bo‘lib keng umumlashtirib 
beradi va ushbu ummumlashuv doim aniq bir obrazda aks etadi. SHu bilan bir 
qatorda tasavvurlarni qayta tahlil qilish, tipik obrazni yaratishda mexanik yo‘nalish 
yoki hisob kitobi bilan barpo qilinmaydi. Ushbu obrazni yaratish jarayonida 
o‘zidan murakab ijodiy jarayon tashkil etadi va insonning o‘ziga xos obraz 
yaratuvchi aniq fazilatlarni aks etadi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling