Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Muxandis kadrlar shaxsining bilish faoliyatida diqqatning oʻrni
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
6.3. Muxandis kadrlar shaxsining bilish faoliyatida diqqatning oʻrni.
Idrok va xotira jarayonlarining samaradorligi va ularni boshqarish yana bir psixik jarayon diqqatga bogʻliqdir. Diqqat – shunday psixik jarayonki, u shaxs ongining narsa va xodisalarga yoʻnalganligini aks ettiradi. Hosil boʻlish va amal qilish xususiyatiga koʻra diqqat ikki turli: ixtiyorsiz va ixtiyoriy boʻladi. Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil boʻladi. Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqarilayotgan va tartibga solingan boʻladi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo boʻlishi psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Ixtiyoriy diqqat shaxs faoliyatida namoyon boʻladi. Shu diqqat turi borligi tufayli kishi xotiradan oʻzi uchun zarur ma‘lumotlarni faol tarzda, tanlab ajratib olishga, toʻgʻri qarorlarni tanlashga, faoliyat jarayonida paydo boʻladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli boʻladi. Diqqatning xususiyatlariga: 124 koʻchishi, barqarorligi, taqsimlanishi va koʻlami kiradi. Diqqatning salbiy jihati ham mavjud. Bu parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning tez-tez va oson boʻlinib turishida namoyon boʻladi. Bu esa oʻqish va ishda susayishga olib keladi. Shuning uchun har bir talaba oʻz ta‘lim faoliyatini samaradorligini oshirishi uchun diqqat xususiyatlarini bilishi bilan birga, uni boshqarish va rivojlantirish omillarini topa olishi kerakdir. Diqqatni ilmiy tadqiq etish N.V.Dobrinin, N.V.Kuz‘minina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, F.N.Gonobolin kabi bir qator olimlar tomonidan olib borilgan. Diqqat jarayonining fiziologik asoslarini tushuntirishda esa rus fiziologlari I.P.Pavlov, A.A.Uxtomskiylarning olib borgan ishlari muhimligi bilan ajralib turadi. Ularning ta‘limotlariga asosan, diqqatning xolatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining oʻzaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida hukm suruvchi qoʻzgʻaluvchanlik bilan uygʻunlikka egadir. Diqqat muammosini boshqa psixik jarayonlar bilan bogʻliq jihatlarini N.N.Lange, A.R.Luriya va boshqalar ham oʻrganganlar. N.N.Lange diqqat muammosini oʻrganishda qadimgi davrdan boshlab, to 19 asrgacha boʻlgan rivojlanish bosqichini sakkizta turkumga ajratgan holda tahlil qiladi. 125 Diqqat xususiyatlarini bilish har bir shaxsning faoliyatida ma‘lum samaraga olib kelgani bois, uni oʻrganish va diagnostika qilish shaxsga albatta yordam beradi. Kasbiy psixologiya va umumiy psixologiya fanlarida diqqatga har xil ta‘rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir ob‘ektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir xodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob‘ekti bo‘la oladi. Demak, har qanday kasbiy faoliyat peredmetlari diqqatning ob‘ekti bo‘la oladi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xususiyatini saqlab turadi. Bunday aktivlik, kasbiy faoliyatda Shaxs ongining biron bir ob‘ektga yo‘nalishining kuchayishi va ma‘lum vaqt davomida diqqat yo‘naltirilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saqlanishini ta‘minlaydi. Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlar har qanday kasbiy faoliyatda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta‘sir etadi. SHu boisdan diqqat qaratilgan ob‘ektlar ong to‘plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat-aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta‘minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson kasbiy faoliyatining zaruriy shartidir. Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohazalar uchraydi. Jumladan, frantsuz olimi 126 Kyuvьe geniallikni chidamli diqqat deb ta‘riflashi, Nьyutonning kashfiyot fikrini doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiyning diqqat psixik hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorkin misol bo‘la oladi. Kasbiy rivojlanishda diqqat, sezgi xotira, idrok, tafakkur xususiyatlarining o‘rni. Diqqatning funktsiyalari va turlari Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling