Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

 
 
 
 
 
Diqqatning asosiy vazifalari. 
 
 
 
 
 
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to‘plab, ma‘lum narsa va hodisalarga
faol yo‘naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol 
va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish 
jarayonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir. 
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning 
va ularni samaradorligini ta‘minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati 
qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas‘uliyat 
hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. 
Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush 
sharoitida, Shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat 
aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham 
uning ishtirokida sodir bo‘ladi. 
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta‘rif beriladi, uni yoritishda psixologlar 
turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to‘plab, 

Organizm aktual ehtiyojlariga ko’ra olinadigan ma’lumot tanlovini 
ta’minlash.

Bir obyekt yoki faoliyat ustida ongning tanlovi va davomli jamlanishini 
ta’minlash 

Ayni vaqtda kerakli va tormozlangan psixik jarayonlarning faollashuvi
Biologik

Diqqat boshqa psihik jarayonlar singari inson va hayvonlarning 
doimiy tarzda o’zgarib turuvchi atrof muhit sharoitida individual tarzda 
moslashuvini ta’minlaydi. 
Sotsial:
Diqqatsiz inson mexnat faoliyatini tasavvur qilib bo’lmaydi
.
 
Diqqat – ta’lim olish uchun zaruriy sharoit
. Diqqatning ta’lim olishda 
muvaqffaqiyatga erishilishiga MNS (Markaziy nerv sistemasi)ning umumiy 
funksional holati (charchash,uyquchanlik ...) ta’sir qiladi. 


127 
muayyan bir ob‘ektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I. Ivanov). P. I. Ivanovning 
fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har 
bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob‘ekti bo‘la 
oladi. 
Ma‘lumki, odamlar bir-birlaridan koʻp jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, 
ayrimlar koʻrgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq 
esga tushira oladilar. Ba‘zilar koʻzi bilan koʻrgan har qanday obyektni mayda 
detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari 
xususida aniqrok fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga oʻz his-kechinmalarini ayta 
olsa, boshqalar - har bir xikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qoʻshishga moyil 
boʻladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taassurotlari va ularni 
ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil boʻlarkan. Ikkinchi tomondan, shunday 
kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga 
imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator 
oʻz diqqatini har qanday mayda oʻzgarishlarga ham qaratishga oʻrgansa, 
konstruktor mavhum matematik hisob - kitoblarga usta boʻlib boradi. Iqtisodchi - 
moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga oʻrgansa, shoir tabiatan barcha 
hodisa va vokealarni badiiy boʻyoqlarda, oʻziga xos idrok qilishga moyilligi 
oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi 
uning iqtidori oʻsishi va professional malakalari rivojlanganligiga bogʻliq tarzda 
kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari boʻlmish bilish 
jarayonlari - idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson 
hayoti va professional oʻsishidagi roliga toʻxtab oʻtamiz. 
Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz 
borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit 
xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda 
oʻziga xos hissiy - kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, 
qorningiz och qolganda, yemishga boʻlgan talabingizni haqiqatan bor yoki 
yoʻqligini birovlardan soʻramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu 
kitobni rost bilan ham oʻzi oʻqiyotganligini boshqalardan soʻramaydi. Bunday 


128 
ishlar oʻz-oʻzidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha 
kechasi bilan mutoaala qilib, oʻrganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida 
eslay olmayotganligingiz sizni koʻproq qiziqtiradi va siz «Xotiram ustida ishlashim 
kerak» degan xulosaga kelasiz. 
Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma‘lum ma‘noda boshqariladigan 
jarayonlar boʻlib, agar siz oʻz imkoniyatlaringizni kenggaytirish yoki iqtidor 
darajangizni orttirmoqchi boʻlsangiz, bu jarayonlarga oid ma‘lum qoidalar va 
xususiyatlarni bilib olishingiz kerak. 
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan 
iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, oʻzimizni bilishimizga imkon beruvchi 
ongni oʻrganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga boʻlib oʻrgana boshlaganlar. 
Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu 
jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bogʻliqki, birini ikkinchisiz tasavvur 
qilishning oʻzi qiyin. Masalan, koʻrib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay 
koʻringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan koʻrgan yoki oʻqigan 
tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa toʻgʻrisida fikrlash uchun bizga bir 
vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki 
nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak boʻladi. Hattoki, tasodifan qoʻlimizga kirib 
ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emosiyalardan tashqari, oʻsha 
narsaning bu yerda qanday paydo boʻlganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini 
keltirib chiqaradi. 
Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning oʻz psixik 
jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma‘lumotlarni qabul qilish (an‘anaviy 
idrok deb ataluvchi jarayonga oʻxshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga oʻxshash) 
va uni saqlash (xotira) haqida koʻp gapiradigan boʻlib qoldik. Lekin bu insondagi 
tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori koʻtardi. 
Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffaqiyatli amalga 
oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan koʻra murakkabligi va odam 
anglagan ma‘lumotlaridan koʻprok narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. 
Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam koʻrmayotgan, his qilmayotgan 


129 
juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd 
etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino koʻrayotganda bir sekundda 24 
kadrni idrok qiladi va biror tasvir koʻz oʻngida gavdalanadi. Psixologlar shunday 
eksperiment qilishdi: kunlarning birida oʻziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr 
oʻrniga 25 kadr berib, oʻsha 25-kadrda «Koka - qola iching» degan yozuv berildi. 
Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilgʻamaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu 
ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu 
ma‘lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv roʻy bermagan ekan. 
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez roʻy beradi. Kimnidir uchratib 
qolamizda, oʻylanamiz: qayerda koʻrgan ekanman? Hyech eslolmaysiz, lekin yuzi, 
koʻzi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam 
koʻrgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina 
chiqara olamiz. Faqat, kasal boʻlib yoki biror narsadan qattiq tashvishga 
tushganimizda kallamizga har xil uy-fikrlar kelaveradi. Oʻshalar aslida bor 
narsalarning beixtiyor tiklanishi. 
Ongdagi ma‘lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy 
sababi - odam har qanday ma‘lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, oʻzi uchun 
«ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. 
U oʻz ongida barcha mavjud ma‘lumotni oʻziga xos tarzda qayta ishlaydi, 
oʻzgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson oʻziga xos va qaytarilmasdir - 
individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish 
uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling