Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Ixtiyoriy diqqat - ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy 
va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan ob‘ektga yo‘nalishi va unga 
to‘planishdan iborat diqqat turi. 
Ixtiyoriydan keyingi diqqat - diqqatning muayyan ob‘ektga, avvalo, 
ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o‘z-o‘zidan 
qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya 
faniga N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan. 


130 
Diqqat chalg’ishi - ma‘lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob‘ektdan 
boshqa bir ob‘ektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat salbiy xususiyati. 
Diqqatning hajmi - diqqatning bir vaqgning o‘zida qamrab olishi mumkin 
bo‘lgan mustaqil ob‘ektlar miqdori bilan o‘lchanadigan xususiyati. Diqqatning 
xajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil ob‘ektga tengdir. Diqqatning ob‘ektlari 
o‘rtasida qanchalik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik 
keng bo‘ladi va aksincha. 
Diqqat ob’ekti - ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va 
faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat ob‘ekti faqat ob‘ektiv narsalar emas, 
balki sub‘ektiv hodisalar, o‘z his tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira 
tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda 
muayyan ob‘ektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan iborat diqqat turi. 
Ixtiyorsiz diqqat ob‘ektlari narsa va hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi, 
sifati va boshqalardir. 
Diqqatsizlik - diqqatni ob‘ektga yo‘naltira va to‘play olmaslik, atrofdagi 
kishilarga nisbatan diqqatsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati. 
Diqqatning o‘zgarib turishi - idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida 
diqqatning ma‘lum vakt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat 
konuniyat; diqqat ba‘zan dakikaga 25-30 marta xam o‘zgaradi. Diqqatning 
o‘rtacha o‘zgarish tebranish chastotasi 2-3 sekundga tengdir. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling