Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Xotira va shaxs tajribasining boyligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

6.4. Xotira va shaxs tajribasining boyligi 
Odam koʻrgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina 
eslab qola oladi. Ma‘lum boʻlishicha, bir vaqtning oʻzida odam ongida 7 tadan 
ortiq belgiga ega boʻlgan ma‘lumotning qolishi qiyin ekan ekan. Bu yettita soʻz, 
son, belgi, narsaning shakli boʻlishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili 
boʻlganda, uni yodda saqlash ancha qiyin boʻlarkan. Demak, ongning 
tanlovchanligi va ma‘lumotlarni saralab, terib ishlatishi yana bir psixik jarayonni - 
xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
Odatda biz biror bir materialni oʻqiydigan boʻlsak, uni hyech bir oʻzgarishsiz 
eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari material 
ma‘lum oʻzgarishlarga yuz toʻtib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq 
boʻlib saqlanadi. Ba‘zi bir material yoki ma‘lumot xoxlasak ham xotiradan 
oʻchmaydi, boshqasi esa juda qattiq xoxlasak ham kerak paytda yodimizga 
tushirolmaymiz Bu kabi savollar, inson bilish jarayonlaridagi eng muhim savollar 


143 
boʻlib, ba‘zan oʻz taraqqiyotimiz va kamolatimizni ham ana shunday omillarga 
bogʻlagimiz keladi.
Ma‘lum boʻlishicha, inson miyasi har qanday ma‘lumotni saqlab qoladi. Agar 
shu ma‘lumot biror sabab bilan odamga kerak boʻlmasa, yoki oʻzgarmasa, u 
ongdan tabiiy tarzda yoʻqoladi. Lekin har doim ham bizning professional 
faoliyatimiz manfaatlariga mos ma‘lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning 
uchun ham koʻpchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shugʻullanadi. 
Inson xotirasining yaxshi boʻlishi, ya‘ni his-kechinmalarimiz, koʻrgan - 
kechirganlarimizning mazmuni toʻlaroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga 
bogʻliq: 
 esda saqlab qolish bilan bogʻliq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga; 
 shaxsning 
oʻzi 
shugʻullanayotgan 
ishga 
nechogʻlik 
qiziqish 
bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga; 
 shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining 
qandayligiga; 
 shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; 
 irodaviy kuchi va intilishlariga. 
 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling