149
qonunini eslab kuyishni taqlif etamiz:
Oddiy, lekin murakkab qonun, ya‘ni berilgan
materialni qanchalik chuqur
anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muhrlagan boʻlamiz.
Anatol Frans: «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish
kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda boʻlishimiz,
va uni yaxshi koʻrishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ma‘lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik koʻp boʻlsa, yangisini esda
saqlab qolish shunchalik oson boʻladi. Masalan, ilgari oʻqigan
biror kitobni
qaytadan oʻqib, uni yangidan oʻqiyotganday his qilsangiz, demak,
siz ilgarigi
tajribangiz yetishmaganligidan uni yaxshi oʻzlashtira olmaganligingizni his
qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar
ham tajribaga aylangandagina,
yangilariga zamin boʻla oladi.
Biror materialni eslab qolishdan avval, boʻlgusi aqliy ishga qanday hozirlik
koʻrgan boʻlsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan,
fizika
oʻqituvchisining barcha darslari sizga doimo ma‘kul boʻlgan boʻlsa, Siz: «Bugun
ham yangi narsa oʻrganib chiqaman», deb oʻzingizni ishontirasiz va oqibatda natija
ham yaxshi boʻladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. «Bir amallab
imtixon topshirsam, keyin qutulaman», deb darsga tayyorlangan boʻlsangiz,
imtixon
tugagach, guyoki miyangizni birov «yuvib qoʻyganday» tasavvur hosil
boʻladi. Agar materialni mutaxassis boʻlishim
uchun juda kerak, deb umringiz
oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.
Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi.
Qonunning
5. Assosiasiyalar qonuni.
4. Eslab qolishga tayyorlik qonuni.
Do'stlaringiz bilan baham: