Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Tafakkur - inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va 
hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini 
ta’minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir.


152 
psixologiyasini ham kiritgan va uni eksperimental tarzda oʻrganib boʻlmaydi, 
ularni tushuntirish mumkin xolos deb hisoblagan. Bu xulosalar aslida tafakkur va 
fikrlash jarayonlarining naqadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Lekin shunday boʻlsa ham shuni ta‘qildash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash 
jarayonlari - bu bilish jarayonlari;
* ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, 
umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;
* uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan 
oʻrganiladi;
* toʻrtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir. 
Tafakkur predmetini belgilash uchun mukammal ta‘rif O.K.Tixomirovning 
darsligida kuzatiladi: ― Tafakkur- bu oʻz mahsuloti bilan voqyelikni 
umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va 
foydalanadigan vositalariga hamda umumlashmalar yangiligiga bogʻliq ravishda 
turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir‖. Hozirgi davrda tafakkurning 
predmeti yuzasidan turli-tuman qarash va ta‘riflar mavjuddir. S.L.Rubinshteyn 
fikriga koʻra tafakkurni psixologik jihatdan oʻrganishning asosiy predmeti- 
jarayon, faoliyat tariqasida namoyon boʻlishdir, ya‘ni u subyekt faolligini 
ta‘kidlaydi. A.N.Leontyev esa tafakkurni turli koʻrinishlarga ajratib, fikr yuritish 
faoliyati ekanligini uqtiradi, lekin uni predmetli amaliy faoliyat deb nomlaydi. 
P.Ya.Galperin fikriga koʻra, tafakkur - bu oriyentirlash tadqiqot faoliyatidir. 
A.V.Brushlinskiy tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va 
nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari kabi jihatlarini 
koʻrsatib oʻtadi. U tafakkurni umumlashtirib, unda yangilikni izlash va ochish 
xususiyati mavjudligini isbotlab bergan olimdir.
Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita 
aks ettirish boʻlmay, narsalar va ularning xossalarini ular yoʻq paytda ham aks 
ettirishga imkon beradi. Masalan, Afrikaning subtropik xududlari toʻgʻrisida gap 
ketganda, umrida biror marta Afrikaga bormagan odam ham subtropiklik xossasini 
b i l g a n i uchun ham ushbu axborotni tushunib, uni qabul qila oladi. Sinov 


153 
paytida talaba kecha oʻqigan, laboratoriya sharoitida sinab koʻrgan qonuniyatlar 
xususida xuddi roʻparasida namoyon boʻlayotganday, obrazli qilib gapirib berishi, 
roʻy bergan hodisalarni yana formulalar va statistik hisob-kitoblar vositasida isbot 
qilib berishi ham mumkin. Bu operasiyalarning asosida tafakkur jarayonlari yotadi.
Tafakkur qilishimizni ta‘minlovchi organ - bu bizning miyamiz. Barcha 
hisob-kitob ishlari - eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab 
mavxum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operasiyalar miyada sodir boʻladi. 
Shuning uchun ham juda charchab turgan paytda odamdan biror qiyinrok masala 
xususida fikr bildirishini soʻrasangiz, «hozir boshim ogʻrib turibdi, juda 
charchaganman, biroz oʻzimga kelay, keyin fikrlashamiz», deb javob beradi. 
Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati oʻzaro uzviy bogʻliq ekan. 
Miyamizning fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim 
olimlarning fikricha, uning ishlash qonunlari hozir biz ishlatayotgan kompyuterlar 
emas, yana 100-200 yillardan keyin paydo boʻladigan murakkab, oʻta «aqlli» 
kompyuterlar faoliyatiga yaqin ekan.
Kallamizga kelgan barcha uy - hayollar - bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz 
tasavvur qilib boʻlmaydi, har on, har dakikada odam miyasi kandaydir fikrlar bilan 
band boʻladi. Ularni tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi 
nutq vositasida uni yechish - fikrlash jarayonidir. 
Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi ushbu turlarga boʻlinadi:
1. Mazmuniga koʻra: elementar; empirik; tushunchali; nazariy. 
2. Fikrning yoʻnalishiga koʻra: xususiydan umumiyga; umumiydan xususiyga; 
yakkadan umumiyga va undan xususiyga; umumiydan xususiyga va oʻsha 
umumiydan yanada umumiyga; kamroq umumiydan yanada umumiyga; 
yagona umumiy holatdan yanada umumiyroqqa.
Fikrlash jarayoni aslida ma‘lum bir masala, muammo, jumboqni hal qilish 
kerak boʻlganda paydo boʻladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida bitta 
yechimni berishi shart, aks xolda u boshqa jarayonga - hayol, fantaziyaga aylanib 
ketishi mumkin. Fikr, gʻoya, aniq yechim boʻlmaganda, inson miyasining 
borlikdagi narsa va hodisalar mohiyatini aks ettirishi hayol deb ataladi. Shuning 


154 
uchun ham doʻstlar davrasida ba‘zan muammo xususida tortishuv boʻlib qolganda, 
aniq bilimi yoki gʻoyasi yoʻqligi tufayli kallasiga kelgan narsani aytgan bolaga 
qarab «Juda olib qochishga ustasan-da, hayolparast» deyishadi. 
Shunday qilib, muammo yoki jumboqlar bizni fikrlashga majbur etadi. 
Masalan, shunday masalani olib koʻraylik. Sizga mixlar solingan bir karton quticha 
va ikkita sham, bolgʻacha berilgan. Vazifa: eshikka shamni oʻrnatib, yoqib qoʻyish 
kerak. Kim qanday yechadi? Albatta, birdaniga toʻgʻri yechimga kelish qiyin. Agar 
kutichani boʻshatish mumkinligi va uni shamdon sifatida eshikka kokish 
mumkinligi toʻgʻrisida fikr kallaga kelmaguncha, yechimni topish qiyin. Ayni shu 
masala ikki xil shart bilan berilgan: bittasida kuticha mixlar bilan tula deyilgan, 
ikkinchisida quticha boʻsh deb berilgan. Ikkinchi holatda bolalar uning yechimiga 
tezroq kelishgan.
Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yechish mobaynida odam uning 
shartlarini bir necha variantlarda tasavvur qilsagina yechimga kelarkan. Agar idrok 
bilan bogʻlaydigan boʻlsak, figura fonga, fon esa figuraga aylanadi, ularning 
oʻrinlari almashadi va hakozo. Bundagi individual farq shundaki, ba‘zi bolalar 
yechimga toʻgʻridan-toʻgʻri figura asosida keladi, boshqalar esa bir necha 
yechimning variantlarini koʻzoldiga keltirib, soʻngbir qarorga keladi. Kimdir juda 
tez fikrlaydi, kimdir juda sekin. Shuning uchun ham test yechish jarayonida 
yonma-yon oʻtirgan ikki bola bir xil yechimni belgilaydi, lekin oʻsha yechimga 
kelish yoʻllari har birida oʻziga xos boʻladi. Aynan shu jarayonning qanday 
kechishini tafakkur psixologiyasi oʻrganadi. Muammoning yechimi ba‘zan birdan, 
yorkin yulduzday yark etib paydo boʻladi. Bunday psixologik holat psixologiyada 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling