Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

insayt - oydinlashuv deb ataladi. Odam qachon ana shunday fikrlarda tiniklik, 
insayt paydo boʻlganini oʻzi ham bilmaydi. Eng iqtidorli, zukko olimlar ham 
oʻzfikr yuritish qonuniyatlariga e‘tibor berib, yangi gʻoya qachon, qanday yoʻl 
bilan paydo boʻlganiga javob topolmaganlar. Hattoki, ba‘zan shunday ham 
boʻladiki, yangilik kashf etgan olim oʻzining fikri naqadar noyob ekanligini ham 
anglash imkoniyatiga ega boʻlmaydi, qolaversa, kashfiyot goʻyoki uniki emasday, 
qayerdan kelib qolganini ham tushunmaydi. Shuning uchun ham koʻplab genial 


155 
kashfiyotlarning haqiqiy qadr - qimmati muallif oʻtib ketgandan keyin tarix 
tomonidan baholanadi. Xuddi shunday qadrga ega boʻlgan kashfiyotlar yurtimizda 
yashab oʻtgan yuzlab allomalar ijodiga taalluqli. Masalan, Ibn Sino, Alisher 
Navoiy, Abu Nasr Farobiy, Al-Fargʻoniy, Xorazmiy, Zamashhariy kabi allomalar 
oʻzlari ijod qilgan paytlarida yaratgan gʻoyalari va kashfiyotlarining qanchalik 
ahamiyatli va oʻlmas ekanligini keyingi avlod, butun bir insoniyat tarixi isbot qilib, 
tan oldi. R. Dekartning kallasiga analitik geometriya gʻoyasi kelganda, oʻzida yoʻq 
xursand boʻlgan va choʻkkalab, yigʻlab shu fikrni unga ato etgan Xudoga sajda 
qilgan ekan. Darhaqiqat, miyadagi tiniqlik, oydinlashuv avvalo Olloxning inoyati, 
qolaversa, oʻsha fikr egasining mashaqqatli mehnati, tinimsiz ilmlar dunyosida 
toʻkkan zaxmatli terlari evaziga roʻy beradi. Umuman yangiliklar ochish, ijod 
qilishga aloqador tafakkur turi uning eng ahamiyatli va shu bilan birga eng qiyin 
turidir. Chunki ijodkor, yoki kashfiyotchi nimanidir kashf qilishni xohlaydi
tinimsiz izlanadi, lekin qachon, qanday sharoitda, qanday yoʻl bilan uni ochishi 
mumkinligini oʻzi ham bilmaydi. Shu oʻrinda akademik Kedrovning Mendeleyev 
davriy jadvalini kashf qilganligi xususidagi esdaliklari juda oʻrinli. Olim uzoq vaqt 
mobaynida barcha kimyoviy elementlarni ma‘lum qonuniyat asosida jadvalga 
tushirishni oʻylab yurgan. «Kallamga kelyapti-yu, uni koʻrolmayapman», deb 
tashvishlanardi olim. Kunlardan bir kun u juda toliqib, yozuv stoli ustida uxlab 
qolganda, tushida davriy jadvalni «koʻrgan». Xursand boʻlib ketib, uygʻongan 
zaxoti moddalarni jadvalga joylashtira boshlagan. Tushdagi ishi bilan oʻngidagi 
ishining farqi shu boʻlganki, tushida yengil moddalar pastda joylashgan boʻlgan, 
Mendeleyev ularni oʻngida «toʻgʻrilab» chiqqan. Bu ham oʻsha insaytga bir misol.
Insonning fikrlash jarayoni tahlil qilinganda, uning qanday shakllarda kechishi 
ahamiyatli boʻlib, bu uning turlari va shunga koʻra fikrlashdagi individuallik 
masalasidir. 6-jadvalda tafakkurning turli mezonlar asosidagi klassifikasiyasi 
keltirilgan. 


156 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling