Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Tafakkur shakllari va operatsiyalari


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

6.6. Tafakkur shakllari va operatsiyalari. 
Tafakkur qilish shakllari yoki formasiga tushunchalar, xukmlar va xulosa 
chiqarish kiradi. 
Masalan, «ong» tushunchasini oladigan boʻlsak, uning eng muhim va boshqa 
tushunchalardan farq qiladigan jihatlarini ajratishimiz kerak: faqat insonga xoslik, 
oliy darajadagi aks ettirish, olamni bilish mexanizmi ekanligi va hakozo.

Masalan, «Inson ongli mavjudot» degan hukm - fikr «odam, inson», «ong» va 
«mavjudot» tushunchalari oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday 
hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda koʻp ishlatiladi va ular tabiatan turli 
bogʻliqliklarni yo tasdiqlaydi, yoki inkor qiladi, rost yoki yolgʻon boʻladi. 
Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa
hayotiy haqiqatlarga toʻgʻri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo 
toʻgʻri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz «bama‘ni, gapida jon bor, haqiqatguy» 
deb ta‘riflaymiz. 
 
Xukmlar - atrofimizdagi narsalar va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
aks ettiradi.
 
Tushunchalar - tafakkurning shunday shakliki, unda narsa va 
hodisalarga xos bo‘lgan eng umumiy va xarakterli xususiyatlarni o‘zida 
aks ettiradi. Ular umumiy va juz‘iy, konkret yoki mavxum bo‘ladi.


160 
 
Masalan: 1- xukm: Oʻzbekiston - mustaqil davlat. 
2- xukm: Qirgiziston - mustaqil davlat. 
3- xukm: Qozogiston - mustaqil davlat. 
4- xukm: Turkmaniston - mustaqil davlat. 
5- xukm : Tojikiston - mustqil davlat. 
Demak, Barcha Markaziy Osiyo davlatlari - mustaqildir. 
Shunga oʻxshash biz ba‘zan ayrim fikrlardan umumiy bir fikr keltirib 
chiqaramiz (bu - induktiv xulosa chiqarish), ba‘zan esa aksincha, umumiydan 
juz‘iy - alohida fikr chiqaramiz (fikrlashning bunday harakati deduksiya deb 
ataladi).

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling