Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

 



MUNDARIJA 
Kirish………………………………………………………………………….……5 
Kasbiy psixologiya faniga kirish…………………………………………………..7 
Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari………………………………………....29 
Kasbiy psixologiyaning klassifikatsiyasi va ularni tanlash……………………….51 
Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish. shaxsning individual, shaxsiy 
rivojlanishining oʻzaro ta‘siri……………………………………………………..60 
Shaxsning faolligi. faoliyat turlari………………………………………………...78 
Kasb tanlashda shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi……………………………….95 
Muxandis kadrlar faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviyva shaxs 
xususiyatlarning oʻrni……………………………………………………………185 
Kasbiy faoliyat psixodiagnostikasi………………………………………………197 
Kasbiy faoliyatda individual tipologik xususiyatlar……………………………..207 
Reorientatsiyа - psixologiyаning asosiy muammosi sifatida………………..223 
Shaxsning kasbiy kamoloti………………………………………………………236 
«Kasbiy psixologiya» fanidan glossary………………………………………....261 
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati va elektron manzillar roʻyhati….………....305 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 7 
fevral 2017 yil 
farmoni bilan 2017—2021 yillarga moʻljallangan Oʻzbekistonni rivojlantirishning 
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqilishi 
ta‘lim 
sohasini davlat siyosatida ustuvor oʻrin tutishi bilan birga keng jamoatchilik 
ishtirokini ham talab qilishiga alohida e‘tibor qaratadi. 
Shu oʻrinda talabalarni 
kasbga yoʻnaltirishda
―Kasbiy psixologiya‖ fani kategoriyalarini oʻrgatish eng 
muhim vazifa sanaladi.
―Kasbiy psixologiya‖ oʻquv kursi texnik oliy ta‘lim muassasalari talabalarida 
kasbiy psixologik sifatlarini shakllantirish, ularni kasbga tayyorlashda muhim oʻrin 
tutadi. Zamonaviy sharoitda fanni oʻqitish talaba yoshlarni ilm-fan, texnika va 
texnologiya sohalarida erishilayotgan ilgʻor yutuqlar, umuminsoniy gʻoyalar, milliy 
qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik - psixologik madaniyatni 
rivojlantirish, ijodiy-texnik tafakkurni tarkib toptirish, yetakchi faoliyatini toʻgʻri 
tashkil etish malakalarini hosil qilishga yoʻnaltirilgan. 
―Kasbiy psixologiya‖ fani talabalar ta‘lim jarayonini samarali tashkil etish, 
yosh avlodda yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir zamonaviy 
psixologik bilimlar, amaliy koʻnikma va malakalarning zarur hajmini, muhandis 
shaxsda namoyon boʻlishi zarur boʻlgan umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni 
muvaffaqiyatli 
egallashlari 
lozim. 
Bakalavrlar 
– boʻlgʻusi muhandis 
texnologlarning kasbiy tayyorgarligi ta‘lim va ishlab chiqarish amaliyoti 
integratsiyasi, umumiy hamda mutaxassislik fanlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik, 
milliy va jahon psixologiyasining eng ilgʻor gʻoyalari uygʻunligi, zamonaviy ilm-
fan, texnika, texnologiyalarning soʻnggi yangiliklariga tayangan holda 
ta‘minlanadi. 
―Kasbiy psixologiya‖ fanida talabalarni psixologiyaning mohiyati, uning 
metodlari va printsiplari, shaxsning bilish jarayonlari, individual-tipologik 
xususiyatlari, faoliyati, muloqot va shaxslararo munosabatlar, muhandislik 
psixologiyasining nazariy va amaliy asoslari haqidagi bilimlarni uygʻunlashtiradi. 
―Kasbiy psixologiya‖ fani hali yosh va bu sohalarda rivojlanib borayotgan fan 



boʻlib, umumiy pedagogikaning bir boʻgʻini sifatida kasbiy-texnik ta‘limning 
rivojlanishi bilan oʻzaro uygʻunlikda amalga oshirishni, taraqqiy etirishni talab 
etmoqda. 
Respublikamizda ta‘limni rivojlantirishning bugungi bosqichida ―Kasbiy 
psixologiya‖ faniga jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab 
chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat 
darajasiga koʻtaradigan mutaxassislarni tayyorlash kabi ulugʻvor vazifalarga 
qaratilgan boʻlishi zarur.
Vatanimizda mustaqil xuquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yoʻlida
yosh avlodlarimizning imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish uchun keng shart-
sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu oʻz navbatida yoshlarimizning halqimiz va butun 
insoniyat yaratgan fan, texnika va madaniyat boyliklarini oʻzlashtirishiga, bilim 
ortirishiga va oʻz kasbini chuqur oʻrganishiga chanqoqligini yuzaga keltiradi. 
Ushbu taqdim etilayotgan ―Kasbiy psixologiya‖ nomli oʻquv-uslubiy majmua 
kelajagimiz boʻlgan yoshlar oldiga mutaxassis-pedagogni keng qamrovli sifatlarini 
(odob-ahloq va vijdoniyligi, insonparvar va vatanparvarligi, tashqi koʻrinishi va 
ichki dunyosi bilan namuna boʻlishi) shakllantirish vazifalari qoʻyiladi. 
Kasbiy psixologiya haqli ravishda mutaxassislik asoslarini oʻrgatuvchi ustuvor 
fanlardan biriga aylanishi kerak. Bu uchun ta‘limning tashkiliy shakllarida katta
oʻzgarishlar boʻlishi lozim. Oʻzgarishlar yangi pedagogik texnologiyalar va 
pedagogik mahoratda oʻz asosini toʻlishi lozim. Bu borada Kasbiy psixologiya ikki 
ma‘noda tushuniladi: oʻz kasbi boʻyicha barcha oʻquv yurtlarning oʻquvchi-
talabalarga ta‘lim-tarbiya berishni yoʻlga qoʻya olish, hamda oʻz kasbi boʻyicha 
oʻrta maxsus kasb-xunar oʻquv yurtlarning oʻquvchilarni aniq mutaxassislikka 
oʻrgatish nazarda tutiladi. ―Kasbiy psixologiya‖ fanini oʻqitishda xorijiy 
mamlakatlarda toʻplangan ilgʻor tajribalar ham hisobga olingan.
«Kasbiy psixologiya» fanini oʻrganish davomida talabalar zamonaviy ta‘lim 
texnologiyasi, kompyuter, axborot texnologiyasi, psixologik vaziyatlarni 
modellashtirish, psixologik mazmundagi amaliy oʻyinlar, oʻquv-uslubiy va ilmiy-
tadqiqot topshiriqlarini bajaradilar.




Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling