Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Kasbiy psixologiyaning tabiiy ilmiy asoslari
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
1.3. Kasbiy psixologiyaning tabiiy ilmiy asoslari.
14 Psixologiya fani bundan 2500 yilcha ilgari Qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Aristoteloʻzining ―Jon‖ haqidagi kitobida ―Insonning ruhi uning tanasini boshqarib turadi, ya‘ni tana bizning ruhimizga boʻsunadi‖ degan gʻoyalari bilan psixologiya faning mavjudligini va fan sifatida falsafadan ajratib oʻrganish kerakligini asoslab bergan. Ibn Sino oʻzining ―Tib qonunlari‖ asarida kishilarning mijoziga qarab muomala qilishda, bemorga nisbatan ham uning individual tipologik xususiyatlarini bilgan holda kasalini qaysi koʻrinishda ekanligini aytishda psixologik bilimlarning ahamiyati haqida gapirilgan. Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi mutaxassisning psixik faoliyati qonuniyatlarini oʻrganishdir. Kasbiy psixologiya psixik hodisalarning odam hayoti va faoliyatining ob‘ektiv shart-sharoitlariga bogʻliq ekanligini: masalan, hayot va tarbiya sharoitlarining ta‘siri bilan oʻsmir xarakterining qanday vujudga kelishini, unda mehnatsevarlik , oʻqishga vijdonan yondoshish va shu kabilarning qanday tarkib topishini oʻrganib boradi. Hozirgi zamon psixologiyasi etishib kelayotgan yosh avlodda keng dunyoqarashni va milliy qadriyatlarimizni tashkil topishini va ularni psixologik bilimlar bilan mustahkamlashni ta‘minlaydi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida inson psixikasi oʻzgarib, takomillashib boradi, buning natijasida uning bilan bogʻliq qonun va qonuniyatlar ham zamon talabi, taqozosi tufayli oʻziga xos ma‘no, mohiyat kasb etadi. Ijtimoiy munosabatlar koʻlamining kengayishi, shaxslararo muomala maromining yangi muloqot shakllari paydo boʻlishi, tabiatga, jamiyatga nisbatan insoniyatning yaqinlashuvi darajasi kuchayishi yangicha qarashlarini vujudga keltiradi. Ijtimoiy ong darajasining yuksalishi, mukammallashuvi narsa va hodisalarga boʻlgan kishi munosabatining yangilanishiga olib keladi, qolaversa mezonlar, munosabatlar, ularningbaholanishi asta-sekin sifat jihatdan, oʻzgarib boradi. Bu ijtimoiy va ijtimoiy- psixologik jarayonga mafkura oʻz ta‘sirini oʻtkazadi, buning oqibatida ichki (sub‘ektiv) vatashqi (ob‘ektiv) omillarning ijobiy yoki salbiy ta‘siri ortadi. 15 SHuning uchun muayyan davr oʻtishi bilan psixikaning oldingi qonun va qonuniyatlari oʻz ahamiyatini yoʻqota boradi. Ijtimoiy taraqqiyot bu asnoda etakchi vazifani bajaradi, yangilanishlarning ustuvor negizini tashkil kiladi. XXI asrga kelib, psixikaning ob‘ektiv qonuniyatlarining kompleks masalalarini yaxlit holda tadqiq etishni taqozo etadi va quyidagilarni talab qiladi: a) ularning metodologik, nazariy, eksperimental jihatdan oʻrganish; b) ularga oid nazariy-tadbiqiy jabhalarini amaliyotda sinab koʻrish; v) natijalarning ishonchliligi, validliligi va reprezentativligini tekshirish. SHuning uchun psixologiya fanining markaziy masalasi psixikaning ob‘ektiv qonunlari mohiyatini chuqur va atroflicha ochishdan, tavsiflashdan iborat. Ushbu muammo bilan shugʻullangan B.F.Lomovning fikricha, qonun moddiy hodisalar, sifatlar, munosabatlar oʻrtasida barqaror aloqani (bogʻliqlikni) oʻzida gavdalantiradi. Qonunni bunday tushunish inson psixikasidagi, jamiyatdagi, tabiatdagi barcha ob‘ektiv qonunlarga bevosita daxldordir. B.F.Lomovning ta‘biricha, qonunni bilish hodisalar mohiyatini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi, uning mohiyatini tadqiq qilish esa qonun harakatini bilishga, uni toʻgʻriroq ochishga, tavsiflashga imkoniyat beradi. B.F.Lomovning bayon qilishicha, sistemali yondashduv qonun tabiatini ochishga, toʻlaroq tushunishga sharoit tugʻdiradi, undan foydalanish esa uning mohiyatini tushunishga imkonni vujudga keltiradi. Uning ta‘biricha, qonun har qanday sistemaning ob‘ektiv tavsifi sifatida mujassamlashadi. Qonunda boshqa sistemalar boshqariluvining oʻzaro ta‘siri va oʻzini oʻzi boshqariluvining imkoniyatlari aks ettiriladi. Qonun oʻz ehtiyojlariga muvofiq tarzda oʻzaro munosabat va oʻzaro ta‘sirning boshqacha shakllarida namoyon boʻladi hamda oʻzaro harakatni amalga oshiradi. Agar ehtiyojlar qondirilmasa, unda qonun oʻz funksiyasini va nimaga yoʻnaltirilganini bajarmagan boʻladi. SHuni ta‘kidlab oʻtish joizki, odatda psixika oʻzida oʻziga xos sistemani mujassamlashtiradi. SHuning uchun psixika tadqiq etishning oʻta qiyin, murakkab, dinamik xususiyatga ega boʻlgan sistemasi hisoblanadi. Psixikaning mustaqil hukm surishi boshqa sistemalarni mutlaqo alohida yashashini bildirmaydi, chunki u sistemalararo munosabatlar ichida mavjuddir. Psixologiya fanida metodolog psixologlarining aksariyati "qonun" va 16 "qonuniyat" tushunchalarini farqlashga harakat qiladilar, bizningcha, bunday tabaqalanish ma‘lum ma‘noda shartli hisoblanadi. Umumlashma ta‘kid va tavsiflarga koʻra, "qonun" sistemaning barqarorligi daqiqalarini aks ettiradi, "qonuniyat" atamasi esa sistemaning dinamikligini, uni rivojlanish davrini, uning qaytatan yangilanishi hamda oʻzgarishini oʻzida aks ettiradi. Holbuki shunday ekan, qonuniyatning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi, barqarorlashuvi, takomillashuvi toʻgʻrisida mulohaza yuritish mumkin. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling