Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


- MAVZU. KASBIY PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

1- MAVZU. KASBIY PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH. 
 1.1. Kasbiy psixologiyaning tarixi haqida tushuncha.
1.2. Kasbiy psixologiyaning muhim va xarakterli muammolari.
1.3. Kasbiy psixologiyaning tabiiy ilmiy asoslari.
1.4. Psixika va ong rivojlanishining nazariy va kontseptual asoslari. 
1.5. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bogʻliqligi 
Tayanch ibora va tushinchalar: psixologiya, ijtimoiy psixologiya, kasbiy 
psixologiya, psixika, kasbga yoʻnaltirish, kasb va kasbiy xususiyatlar. 
1.1.Kasbiy psixologiyaning tarixi haqida tushuncha. 
Kasbiy psixologiya fanini oʻrganish davomida mutaxassislar mehnat 
jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning psixologik 
mexanizmlarini 
anglash 
bilan 
birga 
umuman 
olganda 
shaxslararo 
munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning 
umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng oʻrganishga erishadilar.
Ijtimoiy taraqqiyotni roʻyobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash va ularni jaxon standartlari darajasiga koʻtarmoq lozim, 
fan va texnikaning bugungi kundagi taraqqiyotiga javob berish uchun keng 
saviyali, bilimdon, oʻz kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali 
davlatimizga bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar 
yartuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga ogʻishmay 
javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr 
yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon – e‘tiqodli insonlar 
boʻlib voyaga etishsin. 
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha 
mutaxassislariga muxtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab 
oʻquvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy 
qobiliyatiga qarab hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, soʻngra kasbga 
yoʻllash kerak. 
Yoshlarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb – 
hunarini oʻz qobiliyatlariga yarasha toʻgʻri tanlashlariga erishish uchun



oʻqituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, 
akdemik, tashkilotchilik, perseptik va h.k.) qobiliyatlari yuksak boʻlishi, fan 
asoslarini turmush bilan bogʻlab oʻrganilishi, toʻgarak va qoʻshimcha yordamchi 
kurslar oqilona uyushtirilishi, ta‘lim muassasalarida kasb – hunar toʻgʻrisida 
ma‘ruzalar oʻqilishi, suhbatlar, munozaralar oʻtkazilishi, sayoxatlar, uchrashuvlar, 
kasb – hunar fotokoʻrgazmalarini tashkil qilishlari zarur. 
Kasbiy psixologiya 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan 
sohasida 
ajoyib 
muvaffaqiyatlarga 
erishdi. 
2-jahon 
urushidan 
buyon 
psixologiyaning talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi 
muvaffaqiyatlarga erishdi. 1961-yillarda Amerika Psixologlari Assosatsiyasining 
soʻnggi prezidenti E.L.Kelli Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani 
Amerika Qoʻshma shtatlarida qabul qilingan. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling