Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Kasbiy psixologiya fanining predmeti. Kasbiy psixologiya, oʻz mohiyatiga
koʻra, ijtimoiy psixologiya fanlar tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya oʻziga xos predmet boʻlib, odam-texnika oʻrtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi. Insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bogʻliq jarayonlarni oʻrganadi. Psixologiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq- atvori va turli faoliyatlarining oʻziga xos tomonlarini oʻrganadi. Bundan koʻrinadiki, har ikkala fanning ob‘ekti va sub‘ekti shaxs, inson hisoblanadi. Yuqorida ta‘kidlab oʻtganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy psixologiya tarkibida yuzaga kelgan boʻlib, aniq faoliyat, ya‘ni soxaviy, masalan, texnik muxandis kadrlarning faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini oʻrganishga bagʻishlangan fan hisoblanadi. Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan boʻlib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini oʻrganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis kadrlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini oʻrganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini 9 oʻrganish maqsad qilib qoʻyilgan. Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – texnik muxandis kadrlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan oʻzaro munosabatlar jarayonida psixologikbilimlardan foydalana olish koʻnikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat: – texnik muxandis kadrlarining psixikasini har tomonlama oʻrganishdan hosil boʻlganbilimlar; – texnik muxandiskadrlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil boʻlgan xulosalar; – texnik muxandis kadrlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini oʻrganish orqali olingan nazariy va amaliyxulosalar. Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham oʻz ob‘ekti mavjud, ular quyidagilardan iborat: – texnik muxandis idoralar kadrlariningpsixologiyasi; – texnika inson munosabatlarida inson omili vapsixologiyasi; – fuqarolarning onglilik va ongsizlikholatlari; – shaxsning tuzilishi; – shaxsning faoliyati; – shaxsning faolligi va uningshakllari. Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi mavjud: 1-bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yoʻnalishlarini paydo boʻlishi, shuningdek psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va usullari, ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi. 2-bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson 10 psixologiyasining mehnatda namoyon boʻlishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 3-bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarning xal qiluvchi mehnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyadagi vazifalarni paydo boʻlishi mehnat psixologiyasining bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana boshlandi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash boʻyicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi va birinchilardan boʻlib AQShda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida koʻzga tashlangan. Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida ―Kasb tanlash‖, ―kasbga yoʻnaltirish‖ kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib borgan. Xususan,―Differentsial diagnostik soʻrovnoma‖ (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga oʻrganib ketishi emas,balki alohida kasbiy bilim, koʻnikma va malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb psixologiyasi masalalarini oʻrganish boʻyicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov, B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shugʻllanganlar. Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muxandis kadrlarining faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fandir. Respublikamiz aholisini, ayniqsa yoshlarni turli tarmoqlarda mutaxassislar qilib tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat koʻnikmalari va malakalari bilan boʻlgʻusi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Boʻlgʻusi mutaxassislarni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qoʻyiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo boʻlib hisoblanadi. Oʻzbekistonning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha oʻrganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya hodisasi, qishloq aholisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning 11 oqilona yoʻllari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning oʻzgarishiga oʻxshash muammolar qariyb oʻrganilmagan. Quyidagi mavzular yuqoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga xizmat qiladi. Inson-tabiat munosabatini oʻzida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz boʻlib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida mutaxassislarni tayyorlash uchun texnik oliy oʻquv yurtlari intilmoqlari lozim. Inson psixologiyasi tabiatini tushuntirish va psixik jarayonlarini taqozo qiladi va olimlar fe‘l atvor uchun xulq atvorni oʻzgartirishda xavfli qiyinchiiklar boʻlishini isbotlagan. Koʻpgina psixologik jarayonlarni izohlash uchun qayta qidirishni ishonchni ta‘minlaydi ammo inson psixologiyasining boshqa nazariyalari muammolarining yechimi oʻta murakkab boʻladi va buni tushunish judayam e‘tiborga molik. Bu koʻpgina murakkab jarayonlar uchun toʻgʻri ya‘ni tez tez psixoterapiyaning manbasi sifatida qayd etiladi. Koʻpgina asosiy psixologik fenomenlarning tafsilotlarini tavsiflash katta hajmda qabul qilingan, lekin bu yerda postdoctoral psixologiya assosatsiyasi hamda hamkorlik markaziga doir talab qilingan soha savollari boʻyicha qatiy pozitsiyasida qoldi va psixologik markazga hujjat taqdim etish jarayonida ularning nazariy orientatsiyasini hamda qay darajada uning konsepsiyasi va amaliyotida ta‘sirini soraydi. Talabalarning bu judayam muhim tanlov haqida tajribalari yyetarli emas. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling