Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

 Tafakkur operasiyalari 
Bundan tashqari, psixologiya bizdagi fikrlash jarayonini ta‘minlovchi 
alohida operasiyalarni ham oʻrganadi. Bular: 
Fikrlash jarayonini ta’minlovchi operasiyalar klassifikasiyasi 

Analiz; 

Sintez; 

Mavhumlashtirish; 

Taqqoslash; 
 
Xulosalar - mantiqiy tafakkurning yana bir shakli bo‘lib, ular fikrlar, 
xukmlar va tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishdan yangi bir fikrlarni 
keltirib chiqarishni nazarda tutadi.


161 

Umumlashtirish. 
Fikrlash operasiyalariga analiz (fikran narsa va hodisalarga taalluqli sifat va 
xususiyatlarni alohida qilib ajratish, tahlil qilish), sintez (analiz jarayonida 
ajratilgan qismlarni yana fikran birlashtirish, qoʻshish), mavhumlashtirish (alohida 
biror xususiyatni ajratib, boshqalaridan fikrni chalgʻitish, ayrim xossani 
mavhumlashtirish), taqqoslash (predmetlar va ularga xos boʻlgan xususiyatlarni 
fikran bir - biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarini topish), 
umumlashtirish (umumiy va muhim sifatlariga koʻra predmetlarni guruhlashtirish, 
umumiylashtirish) kabilar kiradi.
Shaxs oʻz fikrini bayon etishi, boshqalarni tushunishida tafakkur muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tafakkurning turlari: mantiqiy, nazariy. 
amaliy, konvergent, divergent, produktiv, reproduktiv, koʻrgazmali harakat, 
koʻrgazmali obrazlini bilish, tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosalarni 
bilish, tafakkur operasiyalari: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, 
mavhumlashtirishni bilish zarur. Mustaqil fikrlash – talaba-yoshlarda atrof-borliq 
toʻgʻrisida xolis va obyektiv tasavvurlarning shakllanishi uchun psixologik shart-
sharoit boʻlib, yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini oʻstirish va erkin fikrlashni 
tarbiyalash muhimdir. 
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‗ziga xos aqliy opersiyalar vositasida 
o‗rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, abstraksiya 
va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi. 
Analiz – bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar, 
munosabatlarga ajratish.Stolni, masalan, qopqog‗i, tirgaklari, g‗aladonlari va 
boshqalarga bo‗lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevositanutqiy faoliyatga 
kiritilganida analiz amaliy, va nazariy holatda aqliy bo‗ladi. 
Sintez – bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. 
Xuddi shunday, o‗quvchi biror mavzuni o‗rganishda matnning hammasini o‗qib 
chiqadi, so‗ngra esa alohida ma‘noga ega bo‗lgan qismlarni ajratadi, ya‘ni matnni 
tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‗ladi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling