Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy 
voqelik to‘g‘risida ongda qay miqdorda, ko‘lamda mulohazalar, muhokamalar, 
fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab 
o‘tilgan xarakterdagi g‘oyalar to‘lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor 
bo‘ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan 
tafovutlanadi.
Tafakkurning 
chuqurligi 
deganimizda 
moddiy 
dunyodagi 
narsa-
hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o‘zaro 
bog‘lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to‘liq aks etganligini tushunishimiz 
kerak. 
Tafakkur 
arsenalida 
joylashgan 
narsalarning 
qay 
yo‘sinda 
sistemalashganligiga qarab to‘g‘ri va ratsional yo‘l nazarda tutiladi, u yoki bu 
shaxsning tafakkur chuqurligi to‘g‘risida qat‘iy bir qarorga kelish mumkin. 
Tafakkurning kengligi o‘zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari 
bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim 
belgi, xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘tmish yuzasidan, hozirgi davr 
haqida, shuningdek, kelajak to‘g‘risida mulohazalar, muammolar va 
tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng 
bilim saviyasi yuqori serg‘oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon 
yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, 
bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi. 
Inson tafakkuri o‘zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil 
tafakkurga ajratiladi. Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy 
tashabbusi bilan o‘z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo‘ya bilishi, ular 
yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko‘z oldiga 
keltira olishi, qo‘yilgan vazifani hech kimning ko‘magisiz, ko‘rsatmasisiz o‘zining 


164 
aqliy izlanishi tufayli turli yo‘l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal 
qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning 
mustaqilligi 
aqlning 
sertashabbusligi, 
pishiqligi 
va 
tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o‘z 
oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishni, ana shularning 
barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda echimni qidirishda usul va 
vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taaalluqli 
qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon 
bo‘lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish 
paytida yangi usul va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, trafaretga aylangan 
eski yo‘l hamda usullardan forig‘ bo‘lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi. 
O‘zining o‘zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin 
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo‘lgan mulohazalarga, muhokamalarga, 
muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rolo‘ynaydi. 
Tafakkurning tanqidiyligi ob‘ektiv va sub‘ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. 
Mazkur sifat insonni baholash, o‘z-o‘zini baholash kabi tafakkurning individual 
xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Agar tanqidiylik oqilona, 
muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri ochilishiga, ba‘zan etalonga 
asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob‘ektiv tanqidiylik deb ataladi. 
Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub‘ektiv xatolarga, umuman sub‘ektivizmga 
og‘ib ketsa, bunday holda sub‘ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub‘ektiv tanqidiylik 
salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o‘rtasida anglashilmovchilik 
g‘ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o‘rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo‘ladi. 
Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda 
shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin. 
Maqsad, muammo va vazifalar o‘zga shaxslar tomonidan qo‘yilib, tayyor usul 
va vositalarga tayangan holda o‘zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga 
oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. 
Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o‘sishdan 
orqada qolish xavfi tug‘iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo‘lish o‘rniga, kaltabin, 
aqldan erinchoq, behafsala odam bo‘lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning 
nomustaqillik illati rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, yakka shaxs uchun esa tragediya 
rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog‘langan. Agar inson 
tomonidan muayyan vaqt ichida ma‘lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, 
g‘oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan 
bo‘lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt 
oralig‘ida bajarilgan ish ko‘lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur 
mahsuldorligini o‘lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.


165 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling