Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

7. Kuchli taassurotlar qonuni.
 
6. Birin - ketinlik qonuni.


151 
narsalarimizning barchasi ma’noli, kerak boʻlsa, ma’nili boʻlishini xohlaymiz. 
Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan 
ma‘no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim 
uchun har qanday kitob - hayotining ma‘nosi boʻlsa, dexqon uchun yer va undan 
olinadigan hosil - ahamiyatli hisoblanadi. hattoki, bitta narsaning oʻzi turli odamlar 
uchun turli xil ma‘no va mazmun kasb etadi. Oʻsha kitob misolini oladigan 
boʻlsak, kitob industriyasi bilan shugʻullanuvchi muhandis uchun - ishlab chiqarish 
mahsuloti, kitob doʻkoni sotuvchisi uchun - tovar - mahsulot, oʻquvchi uchun - ilm 
manbai, muallif olim uchun - ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir. Har bir 
alohida narsaga boʻlgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita 
ta‘sir etadi, u gox ijobiy, gox salbiy boʻlishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ham biz 
narsa va hodisalarga tanlab munosabatda boʻlamiz. Tilshunoslikni kasb etib 
tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bagʻishlangan ma‘ruza 
qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi boʻlganlar uchun 
pul, foyda va daromad olish yoʻllari haqidagi ma‘lumotlar shunchalik ahamiyatli
oddiy soʻzning morfologik tahlili - shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. 
Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa 
va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana 
shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni 
bildirib, izxor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, 
fikrlash deb ataladi. 
Tafakkur muammolari uzoq vaqtgacha oʻzining murakkabligi bilan 
psixologlar nazaridan chetda boʻlgan, u asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr 
yuritadigan masala hisoblangan. Psixologiya ilmining otaxoni hisoblanmish nemis 
olimi Vilgelm Vundt ham psixologiyani ikkiga boʻlib - fiziologik psixologiya 
(eksperimental yoʻl bilan bilish jarayonlarini oʻrganuvchi fan) va halklar 
psixologiyasi kismlariga boʻlib, oxirgi psixologiyaning tarkibiga nutq va tafakkur 
 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling