Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Diqqatning ko’lami. Odamlar o‘z diqqatlarining ko‘lami jihatidan ham bir-
birlaridan farqqiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami keng bo‘lsa, boshqa 
bir odamlar diqqatining ko‘lami torroq bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqtda 
odamning idrokiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar mikdori bilan belgilanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan 
narsalardan qanchasini ongimizga sig‘dira olishimiz diqqatning ko‘lamini tashkil 
etadi. Diqqatning ko‘lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan 
belgilanadi. Diqqat ko‘lamining keng bo‘lishi odamning turmush tajribasi va 
mashq bilan bog‘liqdir. 
Diqqatning barqarorligi
Diqqatning 
barqarorligi 
bu 
diqqatni 
muayyan 
maqsadga 
bo‘ysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt 
markazlashtirib 
turilishidir. 


133 
Diqqatning barkarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik saqlangan holda 
ob‘ektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. 
 Diqqatning barqarorligi
Diqqat barkarorligini yukorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha shartlariga rioya 
qilish o‘quvchilarning o‘quv ishlari jarayonida chalg‘ishlarini bartaraf qilish uchun 
juda muhimdir. CHalg‘ish - diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo‘lgan 
holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga og‘ishi 
demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko‘chuvchanligini va turlicha tebranishi 
bilan birgalikda o‘rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko‘chishi bu faoliyat 
maqsadining o‘zgarishi bilan diqqatning bir ob‘ektidan ikkinchisiga o‘tishi 
demakdir. Masalan, dars davomida o‘quvchilar o‘qituvchining tushuntirishini 
eshitib turib, asta-sekin diqqatlarini masalani yechishga bir o‘quvchi masalasini 
yechib turib, boshqasiga ko‘chiradilar va hokazo. Diqqatning ko‘chuvchanligi va 
chalg‘ishini uning beqarorligi bilan chalkashtirish mumkin emas. Bir necha minut 
davomida diqqat bilan soatning chiqillashini eshiting yoki tomir urishini sanab 
ko‘ring biroz vaqtdan keyin diqqatiningiz bir necha chiqirlashni tushurib 
holdairadi, ya‘ni tebrana boshlaydi. Diqqatning tebranishi bu diqqatning muayyan 
ob‘ektga yana qaytishi yoki kuchayishiga bog‘lik holda vaqt-vaqti bilan qisqa 
muddatli chalg‘ishi yoki bo‘shashidir. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling