Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

2. Idrokning konstantliligi qonuni.
 
1. Figura va fonning ilgarigi harakatga bog’liqligi qonuni


105 
podasi sifatida idrok qilgan, pigmey esa ularni chumolilarga oʻxshatib, ularning 
koʻpligi va kichikligidan hayratlangan. Olimda idrokning konstantligi namoyon 
boʻlgan boʻlsa, uning sherigida uning buzilganligi kuzatilgan.
Demak, idrokimizning konstantligi, ya‘ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning 
xossa va xususiyatlarini oʻzgartirmay, turgʻun xolda yaxlit tarzda idrok qilish 
xususiyati bizga tashqi muhitda toʻgʻri moslashuvimiz, narsalar dunyosida 
adashmasligimizni ta‘minlaydi. Konstantlik - «constanta» soʻzidan olingan boʻlib, 
oʻzgarmas, doimiy degan ma‘noni bildiradi. 
Koʻpincha bizning idrokimiz ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga 
bogʻliq boʻlib qoladi. Biz oʻzimiz kutgandan ham koʻp paytlarda oʻzimiz koʻrgimiz 
kelgan narsalarni koʻramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, sonlar 
qatorida paydo boʻlgan V harfi uzoqdan albatta 13 soniday idrok qilinadi, yoki 
aksincha harflar orasidagi 13 «V» ga juda oʻxshaydi. Kechasi yolgʻiz qolib 
kimnidir kutayotgan boʻlsangiz, har qanday juda sekin sharpa ham oyoq 
tovushlariga oʻxshayveradi. Sogʻingan doʻstingizga biror jihati bilan oʻxshash 
boʻlgan odamni koʻrsangiz-chi?
Shunday qilib, inson idroki shaxsiy ma‘no va ahamiyat kasb etgan ma‘lumot 
vositasida ongdagi boʻshliqni toʻldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan 
chaqirishini kutayotgan boʻlsangiz, negadir albatta, bosh harfi toʻgʻri kelgan ismni 
aytsa ham tezginada oʻsha tomonga oʻgirilib qaraysiz. Aynan shunday hodisalar 
ba‘zan idrokdagi xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Amerikalik Dj. Begbi 
degan olim stereoskop orqali amerikalik va meksikalik bolalarga shakli unchalik 
aniq boʻlmagan slaydlarni birin-ketin koʻrsatgan. Amerikalik bolalar ularni beysbol 
oʻyini, oq sochli qiz ifodalangan desalar, meksikalik bolalar ularni buqalar jangi, 
qora sochli qiz, deb ta‘riflaganlar. Koʻpchilik bolalar esa koʻrsatilgan ikkita 
rasmdan faqat bittasini koʻrganini e‘tirof etganlar. Demak, bizning idrokimiz
uning mazmuni madaniy va ma‘naviy muhitga ham bogʻliq boʻlib, bu kutishlar 
tizimidan kelib chiqarkan. 
 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling