Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Idrok qilish qonunlari 
 
Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab, xilma-
xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan 
obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni 
ta’minlaydi.
 
Fon aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo‘lib, aniq 
obyektni ajratishga yordam beradi. 


104 
Shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos boʻlgan bir nechta qonuniyatlar psixolog 
olimlarning yozgan ilmiy adabiyotlarda keltirilgan, biz ularning ayrimlarini 
belgilaymiz: 
Bu qonunning ma‘nosi: odam ilgarigi tajribasida boʻlgan, bevosita toʻqnash 
kelgan narsalarini idrok qilishga moyil boʻladi. Agar biror predmetni u ilgari figura 
sifatida idrok qilgan boʻlsa, demak, keyingi safar ham uni aynan figuraday idrok 
qiladi, agar fon boʻlgan boʻlsa, tabiiy, fonday qabul qiladi. Bu qonunning 
hayotdagi oʻrni chet davlatlarda borgan turistlar tajribasiga tayanib tushuntirilishi 
mumkin. Oʻzbekistonliklar Yer kurrasining qaysi burchagida boʻlmasin, oʻzbek 
duppisi yoki atlas koʻylakni juda tez ilgʻab oladilar va suyunib ketadilar ham. 
Yonidagi sheriklari oʻzbek boʻlsa ham, aynan doʻppili oʻzbekni koʻrib, koʻzlari 
yashnab ketadi. Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik ham milliy kuylagida 
yurgan boʻlishi mumkin, lekin oʻzbek turist uchun bu kiyim fon edi, fonligicha 
qoladi ham. 
Bu qonun ma‘lum ma‘noda oldingisiga bogʻliq. Ya‘ni bunda ham ilgarigi 
tajriba katta rol oʻynaydi. Ma‘nosi: odam oʻziga tanish boʻlgan narsalarni oʻsha 
xossa va xususiyatlar bilan oʻzgarishsiz idrok qilishga moyildir. Masalan, samolyot 
ichida oʻtirib yerga qaraganmisiz? Avtomobil yoʻllari, ularda harakat qilayotgan 
mashinalar kichkina koʻrinadi, lekin biz ularni hozir kichrayib qolgan, deb idrok 
qilmaymiz-ku? Aslida koʻz korachigʻimizdagi aks kichkina boʻlsa-da, ularni 
oʻzimiz «toʻgʻrilab» alohida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz.
Bu oʻrinda bir etnografning Afrikadagi kuzatishi haqida misol keltirish 
joizdir. U kunlarning birida pigmeylar deb ataluvchi qabila vakillaridan biri bilan 
quyuq oʻrmondan chiqqan (bu qabilaning umri kalin oʻrmonda oʻtadi). Roʻparada 
yaylovda sonsiz mollar podasi oʻtlab yurgan boʻlgan. Etnograf ularni oddiy mollar 
 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling