Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Xorij psixologiyasida sezgi nazariyalari


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Xorij psixologiyasida sezgi nazariyalari
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mobodo inson 
axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu faoliyatiga 
sho‘ng‘iydi. Masalan, teri tuyish sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam 
(ko‘pincha vaqtincha muvaqqat) ko‘rish, eshitish, hid sezgisidan mahrum bo‘lishi 
mumkin. Mobodo axborotlarni kuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida 
buzilsa, kar yoki ko‘r bo‘lib holsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin 
to‘xtalish, vaqtincha orqada qolish yuzaga keladi. Agar bola maxsus usul yoki 
 
3) proprioreseptiv sezgilar, ya‘ni inson tanasi va gavdasidagi turli 
holatlarni va harakatlarni muskullar bilan bog‘lovchi sezgilar. 


100 
uslubga o‘rgatilmasa, tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib 
bo‘lmaydi. 
Madaniyat va sharoitning ayol boshiga ta‘siri. Bir tekshiruvda deyarli barcha 
sharqiy Afrikaliklar bilan savol-javob o‘tkazilganida, ular ayolni metall qutida 
muvozanat saqlagan holda va oilasi bir daraxt ostida o‘tirishini tasvirlashdi. 
Burchaklar va qutisimon binolar urfda bo‘lgan g‘arbliklar oilani uy ichida 
derazaning oldida ayoli bilan o‘tirgan holda tasavvur etishadi. (rasmga 
qarang)
7
Sezgining emotsiyaga ta‘siri 
Qanday qilib sezgi biz kutgan narsamizga, emotsiyalarmizga ta‘sir etadi? 
Hamma ko‘rgan narsasiga ishonadi. Bizda kam bo‘lsada to‘liq ma‘lumot 
bo‘lsa, biz unga ko‘proq ishonamiz. Tajribamiz, kutgan narsamiz bizni 
sezishimizni ta‘minlaydi, yoki aqliy qobiliyatimiz sezgi hissimizga katta ta‘sir 
ko‘rsatadi. Odamlar o‘spirinlarning o‘ziga o‘xshagan juftiga ularning ota-ona yoki 
bolasi bo‘lishsa ularga ishonishadi. (Bressan & Dai Martello, 2002). Va ular 
shunday hisoblashadi: Qo‘yidagicha rasmdagi ayolmi yoki saksafon chalayotgan 
insonmi deb tasavvur qilishadi? Rasmdagi ikkita rasmga qarasak, ularning har 
ikkovida ham yaqqol tasvirni ko‘rishimizga ta‘sir etadi. 
7
David G. Myers Psychology.2010by Worth Publishers 278 бет 


101 
Ikki yoqlama tasvir 
Bir paytlar biz reallik haqida noto‘g‘ri xulosaga borgan edik, va natijada 
haqiqatni ko‘rish biz uchun biroz qiyin bo‘lgan edi. 
Bunga sezgiga oid bir qator misollarda duch kelamiz. 1972-yilda Britaniya 
gazetalarining birida SHotlandiyadagi Loch Ness qo‘lidagi mahluq haqida 
ma‘lumotlar bosib chiqarilgan edi. Va undagi rasm olingan rasmlar ichidagi eng 
hayratlilaridan bir bo‘lgan edi. Agar bu ma‘lumot sizda ham ishonch hissini 
uyg‘otgan bo‘lsa demak, siz ham xuddi ko‘plab mushtariylar singari 32-1-rasmda 
bu mahluqning rasmini ko‘rishga musharraf bo‘lasiz. 32-2-rasm: Ishontirish. 
Do‘stingizga ikkala rasmni ham ko‘rsating. Va rasm markazini ko‘rsatib o‘rtada 
nimani ko‘rayotganini so‘rang agar do‘stingiz bir qarashda ikkala rasmda 
saksafonchi va ayolning rasmini payqayolsa, demak bunda u ishonchiga 
asoslangani aniq bo‘ladi. 
Psixologik ma‘lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik 
sezgilarda o‘z ifodasini topadi.
Gavdaning fazodagi holati . 
Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib o‘zaro bir-biriga 
perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining 
o‘zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
a) o‘zgarish endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish; 
b) eshitish nervi; 


102 
v) vestibulyator nerv; 
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi; 
d) miya apparatiga o‘tadi.
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni 
orientirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomabilьning yo‘ldan o‘tishi 
(qatnovi), halin o‘rmonni kesib o‘tish payti va hakazo. Xuddi shunday holat 
uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday 
jarayonga duch kelinadi.
Ekstroretseptiv sezgilar moddalikdan (5 tadan) tashqari intermodalь 
nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi (a‘zosi) 
orqali sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki 
suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash – 
vibratsiya sezgirlik deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarning idrok qilishi, 
pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda vibratsion 
sezgirlik intermodalь sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir 
ko‘rinishi mana bunday holatda namoyon bo‘ladi: 
a) hid, ta‘m va maza sezgilarida; 
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda; 
v) tricheminal, ya‘ni uch xil ta‘sirning uyg‘unlashgan, integrativ holatida 
kabilar.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling